Quality Assurance in Higher Education
©

British Council 

Oliy ta'limda sifatni kafolatlash mavzusiga qiziqasizmi? Bizning veb-sahifamizda ekspertlarga murojaat qiling va savollaringizga javob oling.

Biz Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (OO'MTV) bilan hamkorlik qilib, yosh avlodnining istiqboldagi imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror kelajakni yaratishi uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar bilan qurollarntiruvchi milliy ta'lim islohotiga xissa qo'shmoqdamiz.

OO'MTV bilan hamkorlikda muntazam ravishda oliy ta'lim sifatini ta'minlash masalalari mavzusida xalqaro siyosat chora-tadbirlar bo'yicha suhbatlar o'tkazamiz.

Sifatni kafolatlash dasturining bir qismi sifatida, 22 fevral - 1 mart kunlari biz "Sifat nazorati haftaligi"ni o'tkazdik. Haftalikda quyidagi mavzularni muhokama qilishga e'tibor qaratildi:

  • oliy ta'lim tizimida zamonaviy sifatni boshqarish
  • oliy ta'lim tizimida sifatni ta'minlash va monitoring qilishning zamonaviy usullari
  • ta'lim sohasida ish beruvchilar va sanoat bilan hamkorlikda joriy xalqaro va milliy tajribalar.

Britaniya Kengashi kurs ishtirokchilari bilan tajriba almashish uchun Buyuk Britaniyadan etakchi mutaxassislarni taklif qildi. Sifatni kafolatlash agentligidan Stephen Jekson va Bath universiteti professori Ian Krouford Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining vakillari, shuningdek, sifat menejmenti jarayonida ishtirok etadigan boshqaruv xodimlari, ustozlar, kurs ishtirokchilari va oliy ta'limda sifatni kafolatlash jaroyinining boshqa ishtirokchilari bilan suhbatlashdilar.

AKADEMIK ETAKCHINING DAVOMIY RAVISHDA MALAKASINI OSHIRISH

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorligimizning ustuvor yo'nalishlaridan biri akademik rahbarlarning malakasini oshirishga yordam berish va oliy ta'limda sifat madaniyatini rivojlantirish bo'yicha eng yaxshi milliy va xalqaro amaliyotlarni o'rtoqlashishdan iborat.

2015 yildan boshlab OO'MTV va mazkur vazirlik huzuridagi Bosh metodologiya markazi bilan birgalikda o'quv muhitini yaxshilash uchun g'oyalar va eng yaxshi amaliyotlar bilan o'rtoqlashadigan, sifat menejmenti bo'yicha yangi dasturni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish ustida ish olib bordik. Dastur talabalar mahalliy va jahon bozorlari talab etadigan ko'nikmalarga ega bo'lishini ta'minlashga qaratilgan. Sifat menejment dasturi London Metropolitan Universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo'lib, Buyuk Britaniyada sifatni ta'minlash sohasi mutaxassislari tomonidan maslahat va ma'lumotlar bilan kuchaytirildi va endilikda har yili undan 500 nafar akademik rahbar va xodimlar naflanmoqdalar.

2015-2016 yillarda professional rivojlanishdagi hamkorlik muvaffaqiyatidan ilhomlanib, biz ta'lim sohasida sifatni ta'minlash dasturini kengaytirib, ta'limda AT sohasini ham qamrab oldik. Hamkorlarimiz va Buyuk Britaniyaning etakchi e-ta'lim ta'minotchilari bilan e-ta'limning sakkiz darajasini aniqlaydigan dastur AT ta'limni to'liq, mazmunli va samarali tarzda qo'llab-quvvatlashi mumkinligini tadqiq etadi. Dastur shuningdek, universitetning boshqaruvini takomillashtirish va universitetlar va tashqi manfaatdor tomonlar o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida ATni qanday qo'llash mumkinligini tahlil qiladi.

TADQIQOTNI BAYNALMILALLASHTIRISH

Oliy ta'lim dasturimizdagi so'nggi va qiziqarli voqealardan biri OO'MTV va" Istedod "jamg'armasi bilan tadqiqotlarni xalqarolashtirishni rag'batlantirish yo'nalishidagi hamkorligimizdir.

O'tgan 10 oy ichida bizning dasturimiz Buyuk Britaniyaning Bath universiteti, Birmingham City universiteti, Kembrij universiteti va London Metropolitan universiteti kabilar bilan O'zbekistondagi universitetlar o'rtasida beshta tadqiqot hamkorliklarini yo'lga qo'ydi. Tajriba almashish universitetlarda o'qitish va o'qish sifatini yaxshilashga yordam beradi va tadqiqotchilarni moliya, iqtisod, sog'liqni saqlash, tibbiyot, ingliz tilini o'rganish, tarjima va talqin qilish sohalaridagi milliy taraqqiyotning ustuvor yo'nalishlariga javob berishga undaydi.

"Tadqiqotni Baynalmilallashtirish" mavzusidagi davra suhbatimizda O'zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining kelajakdagi yo'nalishi tahlil qilindi. Hamkorlikdagi kelgusi qadamlar, jumladan, milliy tadqiqotchilar tarmog'ini yaratish va xalqaro hamkorlar orqali tadqiqotlar o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Natijada, Erasmus Mobility dasturining bir qismi sifatida tadqiqot hamkorligi davom etmoqda va unda Buyuk Britaniya universitetlari loyiha etakchilari sifatida faoliyat ko'rsatmoqdalar.

"Tadqiqotchilarni bog'lash" (Researcher Connect) 2015 yilda boshlangan va xalqaro miqyosda ishlash uchun tadqiqotchilarning salohiyatini oshirishga qaratilgan dasturdir. Shu kunda qadar undan O'zbekiston barcha hududlari vakillaridan iborat 25 nafar yosh tadqiqotchi va 20 nafar oliy o'quv yurtlari naflandilar. Dastur shuningdek, Davlat Fan va innovatsiyalar qo'mitasidagi 450 nafar yangi ish boshlagan tadqiqotchilar tarmog'iga ham yordam berdi. Trening tadqiqotchilarga xalqaro nashrlar uchun maqola yozishlarida yordam berdi.