Mijozlarga xizmat ko'rsatuvchi jamoamiz British Council dasturlari va faoliyati haqida ma'lumot va metodik yordamlarni taqdim etadi.
Mijozlarga xizmat ko'rsatish jamoasi bilan bog'lanish uchun hech qanday to'lov olinmaydi, lekin sizga u haqida ma'lumot berilayotgan yoki tavsiya qilinayotgan ba'zi British Council mahsulotlari va xizmatlarining narxiga barcha to'lovlar kiritilgan.
Mahsulot yoki xizmat yuzasidan qanday shikoyat qilish mumkin
Agar siz shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, buni elektron pochta, xat yozish yoki telefon orqali amalga oshirishingiz mumkin, ammo iloji boricha shikoyatingizni yozma ravishda yuborishingizni tavsiya qilamiz. Barcha shikoyatlar voqea sodir bo'lgan yoki muammo sizning e'tiboringizga tushgan kundan boshlab 90 kun ichida amalga oshirilishi kerak.
Buyuk Britaniyada
British Council mijozlarga xizmat koʻrsatish Buyuk Britaniya bo'limi bilan bogʻlanish:
Telefon: +44 (0)161 957 7755
E-pochta: veb-shaklni to‘ldiring
Quyidagi manzilga xat yuboring: British Council Customer Service UK, Bridgewater House, 58 Whitworth Street, Manchester M1 6BB, UK
Buyuk Britaniyadan tashqarida
Sizning davlatingizdagi mahalliy ofisning British Council Mijozlarga xizmat ko'rsatish jamoasi bilan bog'laning. Ularning aloqa maʼlumotlarini topish uchun ushbu veb-saytning bosh sahifasiga oʻting va 'British Council Worldwide' ostida ochiladigan roʻyxatdan davlatingizni tanlang.
Iltimos shuni esda tuting ki, biz faqat shaxsiy ma'lumotlarni muhokama qilishimiz va mijozning shikoyatlari bilan shug'ullanishimiz mumkin, masalan, imtihon topshirish uchun nomzodlarimizdan biri yoki British Council dasturida ishtirok etuvchi tashkilotning tasdiqlangan vakili bilan.
Sizning xohshingizga ko'ra sizning nomingizdan uchinchi shaxs harakat qilishi va u boshqa shaxs yoki tashkilot bo'lishi mumkin. Uchinchi shaxslarga maslahat beruvchi tashkilotlar ham kirishi mumkin; advokatlar yoki ta'lim beruvchi mutaxassislar yoki oila a'zolari va do'stlar kabilar. Bunday hollarda, buning uchun sizdan yozma shakldagi rozilik talab qilinadi. Shikoyatingiz haqida biz bilan muloqot qilayotganingizda, bu haqda qo'shimcha ma'lumot olishingiz mumkin.
Jiddiy huquqbuzarlik haqida qanday shikoyat qilsa bo'ladi
British Council hududida yoki British Council xodimlari, hamkorlari yoki mijozlari tomonidan quyidagi sodir etilgan harakatlarga guvoh bo‘lgan bo'lsangiz yoki boshdan kechirgan bo‘lsangiz, bizga Safecall orqali xabar bering:
- bolalar yoki nogironlar xavfsizligiga ziyon yetkazish
- tegajolik
- firibgarlik.
Shikoyatingiz, kechiktirilgan toʻlovlar yoki imtihon oʻtkaziladigan standart joyni tayyorlash yoki imtihon tartib-qoidalari haqida boʻlsa, Safecall ga murojaat qilmang. Iltimos, bu uchun, ushbu sahifaning yuqori qismidagi shikoyat qilish jarayonidan foydalaning. Bu bizga odamlarning xavfsizligiga ziyon yetkazadigan muammolarga ustunlik berish va shikoyatingizni tezkor boshqarish imkonini beradi.
Safecall - tashvishlaringiz haqida xabar berishning mustaqil va maxfiy usuli. Ushbu xizmat butun dunyoda bir nechta tillarda mavjud.
Siz Safecall bilan telefon yoki onlayn shakl orqali bog'lanishingiz mumkin. Siz anonim qolishni tanlashingiz ham mumkin.
Biz sizning fikringizni qadrlaymiz
British Council biz bilan hamkorlik qiladigan har bir kishiga shaffof, yuqori sifatli va barchaning foydalanishi mumkin bo'lgan xizmatni taqdim etishga intiladi va biz bilan hamkorlikdagi tajribangiz a'lo darajada bo'lishiga umid qilamiz. Biz bilan bog'langaningizda yoki mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimizdan foydalanganda olgan xizmatingiz haqidagi sharh va takliflaringizni eshitishni istaymiz. Shuningdek, ba'zida ishlar noto'g'ri ketishini bilamiz va bunda bizning shikoyatlar siyosatimiz amal qilishni boshlaydi. Agar sizda bildirmoqchi bo'lgan sharhingiz yoki shikoyatingiz bo'lsa, bizga bu haqida aytib berishingiz tavsiya etiladi, chunki bu xatolarimizdan hulosa chiqarishga va imkon qadar xizmatimizni yaxshilashga yordam beradi.
Biz qanday choralar ko'ramiz
Shikoyatingiz nima haqida bo'lishidan, dunyoning qayerida joylashganingizdan yoki biz bilan bog'lanish uchun foydalanadigan vositadan qat'iy nazar, sizning murojaatingiz jiddiy va xolisona ko'rib chiqiladi. Biz uch ish kuni ichida sizning shikoyatingizni qabul qilishga va uni o'n kun ichida to'liq hal qilishga harakat qilamiz. Agar holatlar murakkabroq bo'lsa yoki shikoyatingiz kengayib ketsa ("Shikoyatingizni ko'rib chiqish" bo'limida ko'rsatilgandek) uzoqroq muddatlar qo'llanilishi mumkin va siz bilan muloqot qilganimizda bu haqda sizni xabardor qilamiz.
Biz imkon qadar hamma narsani siz uchun to'g'rilashni xohlaymiz va muammolarni tez va adolatli hal qilish uchun harakat qilamiz. Nima va nima uchun noto'g'ri ketganini tushuntirib beramiz va vaziyatni o'nglash uchun choralar ko'ramiz. Ba'zida alohida holatlar uchun uzr so'rashimiz mumkin, ammo kelajakdagi takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berish uchun fikr-mulohazalaringizdan foydalanamiz.
Shikoyatingizni ko'rib chiqish tartibi
Biz bilan birinchi marta bog'langaningizdayoq imkon qadar ko'proq muammolarni hal qilishni maqsad qilamiz. Siz suhbatlashayotgan xodim iloji boricha uni hal qilishga intiladi, ammo buni amalga oshirish uchun u boshqa hamkasblari bilan aloqa o'rnatishi kerak bo'lishi ham mumkin.
Ba'zi hollarda siz javobni ishimizning ushbu tomoni uchun mas'ul bo'lgan shaxs yoki bo'limdan olishingiz mumkin. Shikoyatingiz jiddiy xarakterga ega bo'lgan kamdan-kam hollarda, agar siz bizning xulosamizdan norozi bo'lsangiz, ish yuqori darajaga ko'tarilishi mumkin. Shikoyatingizni ko'rib chiqqanimizda bu haqida batafsil ma'lumot beriladi.
Bartaraf etish yo'llari va vositalari
Biz amal qiladigan umumiy tamoyil shu ki, shikoyatchilar, iloji boricha, holat yomonlashib ketmaydigan vaziyatga keltirilsin.
Maqsadimiz, mumkin bo'lgan hollarda shikoyatlarni bartaraf etishning amaliy yechimlarini taqdim etish. Agar biror narsada muvaffaqiyatsizlikka uchrasak, biz quyidagilarni bajarishga intilamiz:
- chin dildan kechirim so'rab, mas'uliyatni o'z zimmangizga olishga
- nima noto'g'ri bo'lgani va nima uchun unday bo'lganligini tan olishga va tushuntirib berishga
- holatni kechiktirmasdan to'g'rilashga harakat qilishga
- xizmatlarimizni yaxshilash uchun shikoyatingizdan hulosa chiqarishga.
Maxfiylik
Shikoyatingiz Global Axborot Xavfsizligi va Maxfiylik siyosatimizga muvofiq qat'iy mahfiylik bilan ko'rib chiqiladi. Siz haqingizdagi ma'lumotlar faqat shikoyatingizni tekshirish va hal qilish uchun kerak bo'lganda tashkilot ichida baham ko'riladi. Sizning ma'lumotlaringizni faqat sizning roziligingiz yoki qonuniy ravishda buni bajarishimiz kerak bo'lsagina uchinchi shaxslarga oshkor qilamiz.
Buyuk Britaniyaning ma'lumotlarni himoya qilish qonuniga binoan siz bizda mavjud bo'lgan siz haqingizdagi ma'lumotlarning nusxasini so'rash va bu ma'lumotlardagi noaniqliklarni tuzatishimizni so'rash huquqiga egasiz.
Bu haqda qoʻshimcha maʼlumot olish uchun biz bilan bogʻlaning yoki britishcouncil.org/privacy sahifasini ko'rib chiqing.
Mustaqil ekspertiza
Agar sizning shikoyatingiz jiddiy xarakterga ega bo'lib bizning vakolatimizning eng yuqori ichki darajasiga yetgan bo'lsa va shunda ham qoniqarli natijaga kelmagan bo'lsa, sizga javob berayotganda, ishingizni tegishli tashqi tashkilot tomonidan tekshirilishini qanday aniqlanishi haqida ma'lumot beramiz. Biz yaqinda oʻtkazilgan ekpertiza natijalarini eʼlon qildik.
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun shart-sharoitlar
Agar sizning savolingizga to'g'ridan-to'g'ri javob bera olmasak, sizni tashkilotimizdagi shuni amalga oshirishga qodir hodimga yo'naltiramiz. Agar sizning maxsus so'rovingiz bo'lsa, lekin kim bilan gaplashishni bilmayotgan bo'lsangiz, biz sizni kerakli odam yoki jamoa bilan bog'lab qo'yamiz. Bizning xodimlarimiz oddiy ingliz tilidan foydalanishga o'qitilgan va biz taqdim etayotgan ma'lumotlarni iloji boricha tushunarli qilishga intilamiz. Shuningdek, agar kerak bo'lsa, Brayl alifbosi kabi maxsus formatlarda ma'lumotlarni taqdim etishimiz ham mumkin.