Britaniya Kengashi madaniy aloqalar va ta'lim imkoniyatlari bo'yicha Buyuk Britaniyaning xalqaro tashkilotidir.

Biz bolalarni himoya qilishning sifatli tizimini ta`minlash uchun har bir inson mas`uliyatili bo`lishi kerak deb hisoblaymiz. Bolalarga g'amxo'rlik va ularning farovonligi birlamchi hisoblanib, barcha bolalar har qanday zarar va xaqorat qilinishdan himoyalanish huquqiga egadir. Britaniya Kengashi o`z loyihalarida hamkorlik qilayotgan bolalarni har qanday yomon munosabatdan himoya qilishni muhim deb biladi. Bunga bolalarga zarar yoki xavf tug`diradigan qiyidagilardan himoya qilish majburiyati kiradi:

  • xodimlarimiz yoki hamkorlarimiz tomonidan noto'g'ri xatti-harakat
  • yomon na`muna bo`ladigan harakatlar
  • loyiha va dasturlarimizga yaxshi tayyorlik ko`rmaslik 

Biz bunga Buyuk Britaniyaning bolalarni himoya qilish to'g'risidagi qonuni va biz faoliyat yuritayotgan mamlakatga tegishli qonunlarga ko’ra hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasining (UNCRC) 1989 yildagi 19-moddasiga amal qilgan holda erishamiz.

Britaniya Kengashida 18 yoshga to'lmagan har bir kishi, yashaydigan mamlakatidagi yoki vatanidagi yetuklik yoshidan qat'iy nazar, voyaga yetmagan bola deb hisoblanadi (UNCRC 1989). 

Britaniya Kengashi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

  • bolalarni qadrlash, hurmat qilish va tinglash
  • xodimlarni ishga olishda barcha zarur tekshiruvlar o'tkazilishi ta'minlash
  • xodimlar uchun bolalarni himoya qilishning barcha tizimlariga va jarayonlariga rioya qilish
  • bolalarni himoya qilish masalalari bo'yicha umumiy tushunchalarni berish hamda hodimlar o`z faoliyatini rejalashtirish ushbu masalalarga e`tibor qaratish 
  • xodimlar, bolalar va ota-onalar/vasiylar bilan bolalarni himoya qilish haqida va shu jarayondagi ilg'or tajribalar haqida ma'lumot almashish
  • mavjud muammolar  to'g'risida bilishi kerak bo'lgan agentliklar bilan tajriba almashish va tegishli ravishda ota-onalar va bolalarni unga jalb qilish
  • nazorat, qo'llab-quvvatlash va o'qitish orqali xodimlarni samarali boshqarish.

Biz ushbu siyosatni amalga oshirish uchun etarli va tegishli manbalar bilan ishlaymiz va uning to’g’ri yetkazilishini va tushunilishini ta'minlaymiz.

Britaniya Kengashi har yili yangi huquqiy va me'yoriy o'zgarishlarni aks ettirish va eng yaxshi amaliyotni ta'minlash uchun ushbu siyosatni qayta ko'rib chiqadi.