Loyiha to’g’risida
2016 yilda Britaniya Kengashi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Respublika Ilmiy-amaliy innovatsion markazi bilan hamkorlikda mamlakatdagi nofilologik ta’lim muassasalarida o'quv rejasi, materiallar va baholash ishlarini isloh qilishga qaratilgan EnSPIRe-U (O’zbekistonda muayyan maqsadlar uchun integratsiyalashgan islohotlar doirasida ingliz tili) dasturini ishga tushirdi.
Sinov loyihasida ishtirok etish uchun 31 ta oliy o'quv yurtlari taklif etildi.
Loyihaning umumiy maqsadi milliy darajada muayyan maqsadlarga yo’naltirilgan islohotlar doirasida ingliz tiliga (ESP) yaxlit yondashuvni ishlab chiqish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asosiy jarayonlar xaritasini tuzishdan iboratdir. EnSPIRe-U loyihasi ostida ESP sohasida yangi o'quv rejasi, o'quv dasturlari, o'quv materiallari, baholash mezonlari va o'quv tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga yaxlit yondashuvni joriy etish rejalashtirilgan.
Loyiha ESP islohotlari doirasida asosiy manfaatdor tomonlarni, bir nechtasini nomlaydigan bo’lsak, jumladan ta'lim muassasalari (ularning xodimlari va talabalari), bitiruvchilar, ota-onalar, mustaqil baholash va ekspertiza idoralari, ish beruvchilar, mijozlar, noshirlar va ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, birgalikda ish olib boradi.
Pirovard natija o’laroq, loyiha O'zbekistondagi nofilologik ta’lim muassasalarida ingliz tilini bilish darajasini oshirish va ingliz tilini o'qitish va baholashni kuchaytirishga qaratilgan. Bundan tashqari, loyiha o'quv rejalarini ishlab chiqish, materiallarni tayyorlash, o'qitish va baholash bo'yicha milliy ekspertlar tarkibini shakllantirishga qaratilgan.
Loyihani amalga oshrish orqali biz:
- 2016 yilda 31 ta nofilologik ta’lim muassasalarida talabalar, o'qituvchilar, mutasaddi rahbarlar va ish beruvchilar tomonidan to'plangan ma'lumotlar asosida mavjud standartlar, baholash mezonlari, ingliz tilini o’rgatish (ELT) amaliyoti, materiallar, dars rejalari va o'quv rejalarini tuzish bo'yicha bazaviy tadqiqotlar o'tkazdik
- Barcha ishtirok etuvchi ta’lim muassasalaridagi tanlangan o'qituvchilar orasida Britaniya Kengashining Aptis testini o'tkazdik
- To'plangan dalillarga asoslanib, O'zbekistonda ESPga yaxlit yondashuvni ishlab chiqdik
- 2017 yil sentyabr va 2018 yil yanvar oyida biz loyiha jamoasi uchun ko’nikmalarga asoslangan ESP o'quv rejasi va moslashuvchan dars rejalarini ishlab chiqish bo'yicha o'quv tadbirlarini o'tkazdik
2018-2019 yillardagi rejalarimiz:
- Har qanday ESP holatiga moslashtirilishi va tadbiq etilishi mumkin bo'lgan zamonaviy, moslashuvchan materiallarning modellarini ishlab chiqish;
- xalqaro standartlarga (CEFR) muvofiqlashtirilgan, o'quv materiallari asosida hamda o'quv rejasi va dars rejalarini moslashtirish orqali, baholash usullari va mezonlarini ishlab chiqish;
- yangi o'quv rejasi asosida o'quv materiallarini ishlab chiqish va yangi uslublarni joriy etish bo'yicha o'quv tadbirlarini ishlab chiqish va o'tkazish;
- ishtirok etayotgan ta’lim muassasalarida talabalarning ingliz tilini bilish darajasini oshirish;
- zamonaviy uslublar va ESP bo’yicha mahoratni oshirish mashg'ulotlarini o'z ichiga olgan, kurs materiallarini samarali yetkazib berish orqali, sinflarda o'qitish va o'rganishni takomillashtirish;
- xalqaro standartlarga muvofiq ESP talabalari uchun imtihon topshirish vositalarini ishlab chiqish;
- O'zbekiston bo'ylab oliy o'quv yurtlarida ingliz tilini o'qitish va o'rganish standartlarini takomillashtirish.
Loyiha besh yo'nalishdan iborat::
- O'quv rejasi
- Materiallar ishlanmasi
- Baholash
- Murabbiylarni tayyorlash
- Har bir yo'nalish uchun asosiy tamoyil hisoblanuvchi standartlar
O'quv rejasi qanday ko’rinishda:
CEFR standartlariga asoslangan umumiy, moslashuvchan, ammo batafsil hujjat, u har qanday mutaxassislik sohasi bo’yicha ta’lim berishni o'z ichiga oladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan hujjat har bir muassasaga yetkazlilishi kerak.
Materiallar ishlanmasi qanday ko’rinishda:
Biron umumiy darslik ko’rinishida emas, biroq ta’lim muassasasi tomonidan predmetga xos materiallarni ishlab chiqish uchun andoza sifatida qo’llanishi mumkin bo'lgan, materiallarning umumiy namunalaridir. Tayyorlangan bir guruh murabbiylar butun mamlakat bo'ylab ESP o'qituvchilariga materiallarni ishlab chiqish bo'yicha treninglar o'tkazadilar.
Baholash qanday ko’rinishda:
Baholash o'quv materiallari asosida va CEFRga muvofiqlashtirilgan bo’lishi kerak. U milliy umumiy andozaga asoslanishi kerak, keyinchalik uni har qanday ta’lim muassasasi talabalarning predmetga xos talablariga moslashtirishi mumkin.
O’quv tadbirlari qanday ko’rinishda:
O'qituvchilar uchun o'quv tadbirlari bir nechta yo'nalishga – o'qituvchilarga yangi dasturni amalga oshirishga imkon beradigan yangi uslubiyatga, ESP materiallarini ishlab chiqish va baholash bo'yicha ko'nikmalarga qaratilishi kerak.
Loyiha ishtirokchilari:
- Andijon mashinasozlik instituti
- Buxoro davlat universiteti
- Farg'ona politexnika instituti
- Guliston davlat universiteti
- Jizzax politexnika universiteti
- Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
- Qarshi davlat universiteti
- Namangan davlat universiteti
- Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
- Navoiy davlat konchilik instituti
- Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
- Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti
- O'zR Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi
- Toshkent avtomobil va yo'llar qurilishi instituti
- Toshkent kimyo texnologiyalari instituti
- Toshkent moliya instituti
- Toshkent san'at va madaniyat instituti
- Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
- Toshkent fizkultura instituti
- Toshkent temir yo'l muhandislari instituti
- Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti
- Toshkent tibbiyot akademiyasi
- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
- Toshkent davlat agrar universiteti
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
- Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Termiz davlat universiteti
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti
- Urgench davlat universiteti
- Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti