Teaching English Reform Project ©

Mat Wright, British Council Photos

Bizning “Ingliz tili o’qituvchilarini tayyorlash tizimida islohotlar” deb nomlangan loyihamiz bo’lajak ingliz tili o'qituvchilarining sifatli bilim olishlarini kuchaytirish va xalqaro standartlarga muvofiq keladigan aniq ta’lim standartlarini o'rnatish orqali, O'zbekistonda ingliz tilini o’qitish me’yorlarini doimiy ravishda yaxshilashga qaratilgan. 

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekistondagi 17 ta o'qituvchilarni tayyorlash institutlari va Norvich til ta'limi instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o'qituvchilarni tayyorlash bo’yicha yangi dastur, endi barcha bo’lajak o’qituvchilarni (yiliga 1700 nafar) yosh avlodning ortib borayotgan talablariga javob bera olish ko’nikmalari va tajribasi bilan ta’minlaydi.

PRESETT O'quv rejasi qabul qilingan bo’lib, u 2013 yildan beri ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlashga mas'ul bo'lgan barcha oliy o’quv yurtlarida joriy qilingan. Bu yilgi loyiha faoliyati ushbu dasturni butun mamlakat miqyosida yanada kengaytirishni o'z ichiga oladi; islohotning asosiy yo'nalishlari bo'yicha murabbiy va o'qituvchilarni tayyorlash, shu jumladan baholash va materiallarni ishlab chiqish; loyihani tashqi baholash; Ingliz tili o'qituvchilariga ta'lim berishda sifat madaniyatini yanada oshirish strategiyasini shakllantirish maqsadida loyihada ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar va xalqaro hamkorlarni birgalikda ishlashlari uchun siyosiy muloqotlar o’tkaziladi.

Sentyabr oyidan boshlab yangi dastur 4-kurs talabalariga ilk bor o’tiladi. O'qituvchilarga o'quv rejasini izchil amalga oshirishga yordam berish maqsadida, ularning 130 nafariga avgust oyida o’quv mashg’uloti o’tkazish rejalashtirilgan. O'quv mashg’uloti dasturi iyul oyi oxiriga qadar ishlab chiqiladi va ishtirokchilar u haqda bizning internet sahifamizdan bilib olishlari mumkin. Kelgusi o'quv yilidagi yana bir muhim vazifa barcha 17 ta oliy o’quv yurtida yakuniy imtihonlarni boshqarishdan iborat.  Yakuniy attestatsiya instrumentariyi xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqildi va iyun oyida beshta o’liy o’quv yurtida sinovdan o’tkazildi: Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

PRESETT loyihasi haqidagi so'nggi yangiliklarni ushbu axborot byulleteni dan o'qishingiz mumkin.