Date
chorshanba 13 October 2021 -
15:00 to 16:30

Creative Spark dasturi doirasida " Kreativ tadbirkorlik ta'limida barqaror rivojlanish: ta'lim sohasi global muammolarni qanday kutib olmoqda?” mavzusida davra suhbati tashkil etilmoqda.

Vebinar Britaniya Kengashi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda El-Yurt Umidi Fondi, bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun 

Kreativ industriya jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Ushbu sektor Buyuk Britaniyaning YaIMga katta hissa qo'shib kelayotganini inobatga olsak, Buyuk Britaniyaning ta'lim sohasi milliy va global iqtisodiyotning ushbu jadal o'sib borayotgan sektorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kreativ industriyani jahon iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida tan oldi. Faktlarga ko’ra, to'g'ri hamkorlik, dinamik tarmoqlar, to'g'ri potentsial, statistik va ilmiy - tadqiqotlardan ehtiyotkorona foydalanish bilan kreativ industriya iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikdagi qator o'zgarishlarga ham ijobiy rol o’ynashi mumkin. 2019 yilda O'zbekiston “Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va targ’ib qilish to'g'risida”gi xalqaro konvensiyani imzoladi. Ushbu Konvensiya, ayniqsa, madaniy va kreativ sohalarini dunyodagi eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biriga aylanganini alohida ta’kidlaydi. 

2021 yil 1-2 noyabrda Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha 26-konferentsiyasi (COP 26) bo'lib o'tadi. Sammitga dunyoning turli burchaklaridan kelgan 30 mingdan ortiq delegatlar, jumladan, davlat rahbarlari va iqlim bo'yicha ekspertlar yig'ilib, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish uchun chora -tadbirlar to'g'risida kelishib oladilar. 

COP26 ambitsiyalarini qo'llab -quvvatlash maqsadida Britaniya Kengashi hamkorlar bilan global iqlim sohasidagi hamkorlik, muloqot va harakatlar uchun platforma yaratish ustida ishlamoqda: 

Butun dunyodagi oliy o'quv yurtlari ekologik barqarorlikni asosiy qadriyatlaridan biriga aylantirib, "iqlimga mos" va BMTning BTM (barqaror taraqqiyot maqsadlari) maqsadlariga muvofiq bo'lishga intilishadi. Universitetlar barqarorlik elementlarini o'z o'quv dasturlari va ta'lim amaliyotlariga kiritmoqdalar, uglerodsiz taraqqiyot strategiyalarini ishlab chiqmoqdalar va o'z faoliyati doirasida chiqindilar haqida hisobot berishmoqda. 

Muhokamaning asosiy nuqtalari 

  • Barqaror rivojlanish sohasini ijodiy tadbirkorlik ta'limiga integratsiyalashuvining asosiy omillari nimada? Nima uchun bugungi universitetlar uchun bu juda muhim? 
  • Barqaror rivojlanish sohasi ilm olish, ta'lim va universitet o'quv dasturiga qanday integrasiyalashadi? Ushbu jarayon ta'lim standartlari va tuzilmalarida qanday aks etadi? 
  • Yangi universitet darajalari dasturlarini ishlab chiqishda nimalarga e’tibor qaratiladi? Bilishingiz kerak bo’lgan muhim ma’lumotlar. 
  • Universitetning barqaror rivojlanish sohasi / uglerodsiz strategiyalarining asosiy maqsadlari nimalardan iborat va ularga qanday erishiladi? Keys stadilar (amaliy holatlar va misollar) 
  • Universitetlar va korxonalar barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo’lida qanday hamkorlik qiladilar? 
  • Barqaror rivojlanish sohasi va “yashil tiklanish” (ekologik) dasturlari mamlakatga investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatning biznes obro'sini oshirishga qanday yordam berishi mumkin? 
  • Ekotizimni mahsuldorligini oshirsih va uni qo'llab -quvvatlash maqsadida nimalarga e’tiborni qaratish lozim? 
  • Barqaror rivojlanish sohasi va kreativ tadbirkorlik ta'limi integratsiyalashuvi qanday yo’sinda olib borilishi zarur? 

Tadbir quyidagi mehmonlar tomonidan ochib beriladi:  

  • Jamilya Gulyamova, Direktor vazifasini bajaruvchi, Britaniya Keganshi, O’zbekiston 
  • Komiljon Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari  
  • Tim Torlot, Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi elchisi 
  • Adkham Bekmuradov, El- yurt umidi jamg’armasi, Direktor 

Vebinar suhbatda quyidagi oliy ta`lim vakillari ishtirok etishdi: 

  • Dilorom Fayziyeva, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
  • Fraser Burt, Goldsmiths Universiteti, London 
  • Prof. John Whitton, University of Central Lancashire
  • Kate Tetley, People 1st International 
  • Prof. Claire Seaman, Qirolicha Margaret Universiteti, Edinburg, Shotlandiya 
  • Marc Robertson, Qirolicha Margaret Biznes Maktabi, Edinburg, Shotlandiya 
  • Chris Lane, London Metropolitan Universiteti 
  • Lola Saifi, Human House Gallery, Toshkent

Vebinar Komiljon Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan olib boriladi.  

ID: 836427721137
Parol: 1