Aleksey Petrosov
“IELTS Prize tanlovidagi ishtirokim va g‘alabam – mashaqqatli mehnat maqsadimga erishishda yaxshi yordamchi ekanligiga yorqin misoldir”, - dedi IELTS Prize sovrindori Aleksey Petrosov.
Bugungi kunda Aleksey Petrosov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti talabasi bo‘lib, u yerda m oliya fakultetining 2-kursida tahsil olmoqda. Bolaligidan Alekseyning sevimli mashg'uloti kitob o‘qish edi, buning natijasida u dunyoqarashini kengaytirdi va so‘z boyligini oshirdi. Keyinchalik, maktabda u aniq fanlarga qiziqib qoldi va bu uni universitetga kirish uchun matematikani chuqurroq o‘rganishga undadi.
“Oliy ta’lim muassasasini tanlash vaqti kelganida, Toshkentdagi Vestminster universitetida o‘z omadimni sinab ko‘rishga qaror qildim. Kirish imtihonlari natijalari chiqqach, universitetga o‘qishga kirganimni bilib judayam xursand bo’lganman”, - deydi Aleksey.
“Vestminster universitetiga kirish uchun IELTS imtihonini topshirganimda 7,5 ball oldim. Shu tufayli universitetda ingliz tilidan ichki imtihonlardan ozod etildim. Men va oilam uchun nufuzli xalqaro universitetda o‘qishim g‘urur edi va bu albatta, sa’y-harakatlarimning namunasidir”, - deya ta’kidlaydi talaba.
Aleksey ilk bor Britaniya Kengashi va uning faoliyati bilan 2019-yilda universitetga kirish uchun IELTS imtihonini topshirganida tanishgan edi. U “IELTS Prize” tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirganidan keyin yaqin hamkorlik boshlandi. Britaniya Kengashi tanlovida “Siz nima uchun aynan shu grantni tanladingiz? Qayerga o’qishga kirishga rejalashtiryapsiz?”, kabi mavzularda imzo yozish kerak edi va kamida 5,5 ball to‘plagan IELTS sertifikatiga ega bo’lish kerak edi.
“IELTS Prize” Britaniya Kengashining mukofoti boʻlib, bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabalarga oʻqishlari uchun toʻliq/qisman moliyalashtirishni taʼminlovchi £ 3,000 grantini taqdim etadi. Grant butun dunyo universitetlarida o‘qish uchun keng imkoniyatlar ochadi. IELTS mukofoti butun dunyo boʻylab ingliz tilida soʻzlashuvchi universitetlarda oʻqish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish orqali orzularini roʻyobga chiqarishga yordam berish uchun taʼsis etilgan.
“IELTS Prize”dagi ishtiroki tufayli Aleksey orzusini ro‘yobga chiqardi, ota-onasiga shartnoma pulini to‘lashda yordam berdi va endi u boshqalar qatori xalqaro ta’lim olmoqda.
“Dastlab, “IELTS Prize”ga ro‘yxatdan o‘tganimdan so‘ng, g‘olib bo‘lishdan umidim ham yo‘q edi, shunchaki o‘z mahorat va imkoniyatlarimni sinab ko‘rmoqchi edim. G‘oliblar ro‘yxatida mening ismimni ko‘rish esa men uchun katta sovg’a bo‘ldi. Bir narsani ayta olaman – g‘alaba o‘zimni ko‘proq qadrlashga, sifatlarimni to‘g‘riroq baholashga o‘rgatdi. Barcha qiyinchilik va cheklovlarga qaramay, men o‘zimga va atrofimdagilarga mashaqqatli mehnat va o‘qish tufayli har bir inson o‘z hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkinligini isbotlay oldim”, - aytib o‘tdi Aleksey.
“Avvalo, men Britaniya Kengashiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman va “IELTS Prize” kabi yoshlarga oʻz maqsadlariga erishishda yordam beradigan, nufuzli universitetga kirish orzuyim kabi rejalashtirilgan loyihalarni ishlab chiqishda omad va muvaffaqiyatlar tilayman. Bir necha yil oldin, oilamdagi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Britaniya ta’limini olishimni tasavvur ham qila olmasdim. Lekin bu meni to‘xtata olmadi, bilim va tirishqoqligim bilan orzuyimni ro‘yobga chiqardim.
Shuningdek, ushbu tashkilotning barcha xodimlariga ingliz tilini butun O‘zbekiston bo‘ylab keng tarqatishda davom ettishlarida omad tilayman. Ingliz tili xalqaro muloqot tili bo‘lib, u dunyoning turli burchaklaridagi odamlarga madaniy va etnik farqlarga qaramay, bir-birini tushunishga yordam beradi”, - deya xulosa qildi Aleksey Petrosov