Anora Jabborova
Bugungi kunda Anora Jabborova Jizzax Davlat pedagogika instituti kafedra mudiri. Uning Britaniya Kengashi loyihalari bilan tanishishi 2017-yilda ushbu universitetda o‘qituvchi sifatida boshlangan.
Shu davrda chet tillar fakultetining ingliz tili oʻqituvchisi “Turli fanlar oʻqituvchilari uchun ingliz tili” loyihasida oʻz universiteti uchun PRESETT koordinatori etib saylandi.
“PRESETT loyihasi doirasida men boshqa ishtirokchilar qatori O‘zDJTUda tashkil etilgan ingliz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha bir qator treninglardan o‘tdim. Keyinchalik o‘zim ham Jizzax davlat universiteti o‘qituvchilari uchun treninglar o‘tkaza boshladim”, – deb eslaydi A.Jabborova.
Doimiy ravishda yangi narsalarni oʻrganish odati ham Britaniya Kengashining loyihalarida ishtirokim jarayinida shakllangan, - deydi Anora Javliyevna. U tasodifan qatnashgan treninglar va konferensiyalar doimo bilim sari cheksiz zinapoyaning navbatdagi pog'onasi boʻlib kelgan. Bu fazilatlar ustoz Jabborovani yuqori pog‘onaga ko‘targani bejiz emas – axir, bunday tashabbuskor inson boshqalarga ham yetakchilik qila oladi, tanlagan kasbining nufuzli mutaxassisi bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
Bugungi kunda Anora Jabborova o‘zi ham tematik, shu jumladan xalqaro konferensiyalar tashkil qiladi va ularda Britaniya Kengashi vakillarini ishtirok etishini taklif etishini faxr bilan aytadi. Va Britaniya Kengashining treninglarida qatnashgan xolda, o‘qishni, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishni va mahalliy va xorijiy hamkasblari tajribasini o‘rganishni davom ettirmoqda.
“Britaniya Kengashi loyihalari koʻmagida olingan bilimlar menga doim katta yordam berib keladi, ular meni yangi hamkasblar bilan bilimlarni boʻlishishni yaxshi koʻradigan murabbiy sifatida shakllantirdi. Yangi usul va uslublarni o‘rganish, bu jarayonda britaniyalik ekspertlarning ishtiroki mutaxassis sifatidagi saviyamni oshirishga yordam berdi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarni kelajakdagi kasb-hunarga puxta tayyorlash imkonini beradi. Axir, agar birinchi yilda ingliz tilini bilish ko'pchilik uchun B2 darajasi bilan aniqlangan boʻlsa, to'rtinchi yilda u allaqachon C1 edi. Bu esa biz o‘qituvchilar uchun faxr va iftixordir. O‘z ishimda Britaniya Kengashining oliy ta’limda ta’lim darajasini oshirish bo‘yicha ishini davom ettiraman deb hisoblayman”, — deydi Anora Javliyevna.
Biz orqali, universitet o‘qituvchilari orqali Britaniya Kengashi loyihalari talabalarga yaxshi o‘qituvchi bo‘lishga yordam beradi, deb hisoblaydi Anora Jabborova.
“Shaxsan men uchun, karyeram uchun Britaniya Kengashi haqiqatan ham ko‘p ishlarni amalga oshirganini aytmoqchiman. Ishonchim komilki, uning loyihalarida boshqa ko'plab ishtirokchilar uchun ham. O‘zbekistonning 17 ta universiteti Britaniya Kengashi bilan eng yaqin hamkorlik qiladi, uning loyihalari bizni – ushbu oliy ta’lim muassasalari vakillarini ko‘p jihatdan birlashtirdi, o‘zaro tajriba almashish imkonini berdi, samarali treninglar, shu jumladan, xalqaro miqyosda ham o‘tkazishni o‘rgatdi. Shunday ekan, Britaniya Kengashi O‘zbekistondagi faoliyatining 25 yilligini nishonlayotgan yilda shunday ajoyib, yuksak natijalar bilan ishlashda davom etishni tilab qolaman. Mamlakatimizda yana ko‘plab mutaxassislar mana shunday imtiyoz va ilhomni his qilishda davom etaversin. Men o'ylaymanki, Britaniya Kengashi bilan hamkorlik yanada muvaffaqiyatli va bardavom bo’ladi!”