Azimjon Xusanov
“Biz Britaniya Kengashi 87 yildan beri butun dunyo bo‘ylab va O'zbekistonda 25 yillik faoliyat yuritishi, biz bilan bebaho tajriba bo‘lishayotgani va hamkorligimizdan faxrlanamiz. Bizning hamkorligimiz bizning malakamizni va taqdim etilayotgan xizmatlar darajasini oshirishga yordam bermoqda va shuningdek, biznesni yangi bosqichga ko‘tarishga imkon berdi! Bugungi kunda xalqaro tashkilotlar va mahalliy hokimliklar “RIKS Education” Britaniya Kengashining hamkori ekanligini bilganida, biz bilan hamkorlik qilishni taklif qiladi”, - deydi “RIKS Education” o'quv markazi asoschi Azimjon Xusanov.
Azimjon Xusanov 15 yildan ortiq xususiy va xalq ta’limi sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekiston Milliy universitetining Xalqaro biznes fakultetida tahsil olgan. Azimjon uzluksiz o‘z-o‘zini tarbiyalash muvaffaqiyat va professionallik garovi, deb hisoblaydi. U dunyoning turli mamlakatlarida, shu jumladan Buyuk Britaniyada, Oksford universitetida qisqa muddatli kurslar va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan.
“Hamma Oksfordga kirishni deyarli imkonsiz deb hisoblaydi. U yerda faqat ajoyib iste'dod va mahoratga ega odamlar o‘rganishi mumkin deb yashaydi. Ammo men o‘z tajribamdan amin bo‘ldimki, agar siz chin dildan o‘rganishni istasangiz va o‘z-o‘zingizni anglash uchun intilsangiz, har qanday maqsadingizga erishishingiz mumkin!” – deya ta’kidlaydi Azimjon Nozimjonovich.
Azimjon RIKS Education ni 2007-yilda ochgan. Bugungi kunda RIKSda 2000 dan ortiq talaba tahsil oladi. A.Xusanov COVID-19 karantini davrida va undan keyin ham boshdan kechirgan barcha qiyinchiliklarga qaramay, ularning markazi o‘z faoliyatini davom ettirayotganidan faxrlanishdan to‘xtamaydi.
O‘zbekistonda 2016-yilda boshlangan faol islohotlar va ochiqlik sari yo‘l xalqaro tashkilotlar va o‘zbek xususiy biznesi o‘rtasidagi hamkorlikka yashil chiroq yoqdi va yangi istiqbollar ochdi. Ta’lim sohasidagi islohotlar, xususan, xorijiy tillarni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash Britaniya Kengashiga «IELTS Partnership Programme» ni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish imkonini berdi.
Toshkentdagi birinchi o‘quv markazlaridan biri bo‘lgan “RIKS Education” Britaniya Kengashining hamkori bo‘ldi va bu yil muvaffaqiyatli hamkorlikning 6 yilligini nishonlaydi. Shuningdek, “RIKS Education” Britaniya Kengashining “Golden Status”iga sazovor bo‘lgan yagona o‘quv markaziga aylandi. Markaz uzoq vaqtdan beri Toshkent shahrida ro‘yxatga olishlar soni bo‘yicha rekordchi bo‘lib kelgan.
“Bizning talabamizmi yoki yo‘qmi, biz har doim IELTS bo‘yicha barchaga maslahat berishga tayyormiz. Ko‘p odamlar test uchun ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Talabalar orasida hali elektron pochtadan foydalanmaganlar ham bor bo‘lib turadi. Shuning uchun biz Britaniya Kengashining vakolatli hamkori sifatida imtihonga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha barcha batafsil ma’lumotlarni taqdim etamiz”, — deydi Azimjon Xusanov.
2019-yilda Azimjon va uning hamkasblari «English UK Partner Agency» dasturida ishtirok etishdi, shuningdek, 2020-yilda «Quality English associate school» tomonidan sertifikat olishdi. RIKS jamoasining yana bir yutug‘i «Premier Agency Business Awards - 2020» tanlovidagi g‘alaba bo‘ldi. "Ushbu loyihalarda ishtirok etish muvaffaqiyatiga Britaniya Kengashining fikr-mulohazalari ta'sir ko'rsatdi, bu boshqa tashkilotlarga bizning professionalligimizni ko'rishga yordam berdi", - deydi “RIKS Education” direktori.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan Azimjon Xusanov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Chet tillarni o‘rganishga ko‘maklashish agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.
“Ayni paytda biz chet tillarni o‘rganishni ommalashtirish uchun ko‘proq xorijiy kompaniyalarni jalb qilish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni amalga oshirmoqdamiz, – deydi Azimjon, – Britaniya Kengashi bilan hamkorlik bizga ko‘plab muvaffaqiyatlar, kompaniyamiz rivoji uchun muhim ko‘nikmalar olib keldi. Britaniya Kengashi bilan hamkorlik qilgan 6 yil davomida men ular uchun muhimi miqdor emas, ish sifati va natijasi ekanligini angladim. Shu tufayli tashkilot shuncha yillardan beri gullab-yashnamoqda. RIKS jamoasi Britaniya Kengashini O‘zbekistonda tashkil etilganining 25 yilligi bilan tabriklaydi va biz bundan keyin ham samarali hamkorlikka umid qilamiz. Talabalar manfaati yo‘lida ularga sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish uchun ishlaymiz”.