Javohir Baxtiyorov

O‘z kasbiy ish faoliyatingizni talaba sifatida boshlashingiz mumkin, ayniqsa bu Britaniya Kengashidagi ish faoliyati bo‘lsa. Bunga bir yil avval talaba bo‘lgan Javohir Baxtiyorovning tanlovini misol qilib keltirish mumkin.

Javohir abituriyent bo‘lib, Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga o‘qishga kirishga endigina hozirlik ko‘rayotgan va IELTS imtihonini topshirgan paytida birinchi bor taqdir uni Britaniya Kengashi bilan birlashtirdi.

“Bu 2017 yilda edi. Shunda ham Britaniya Kengashida uchrashgan ish muhiti menda eng kuchli taassurot qoldirdi, u yerda ishlagan mutaxassislar o‘z sohasining professionallari, muloqot qobiliyatlari, tadbirlarni tashkil etish saviyasi meni hayratda qoldirdi”, - deb eslaydi Javohir.

Universitetga kirganidan so‘ng, birinchi kursdan bitirgach u amaliy ish uchun takliflarni izlay boshladi va Britaniya Kengashi volontyori sifatida amaliyot shaklida bunday imkoniyatni topdi.

“Men darhol arizamni topshirdim va shu zahotiyoq ushbu lavozim uchun juda yuqori darajadagi raqobat mavjudligiga duch keldim. Suhbat jarayonida Britaniya Kengashining uch nafar xodimi ishtirok etdi va savollar birdaniga uch tilda berildi”.

Bir yil oldin maktab o‘quvchisi bolgan Javohirda bu uning kuchlarining raqobatbardoshligi, mavjud bilim boyligi va hatto xarakteri uchun muhim saboq bo‘ldi. Javohir 30 ta abituriyentdan uchta stajyordan biri bo‘lib, o‘z sayohatini Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakili sifatida boshladi.

2018-yil yozda boshlangan amaliyot 9 oyga mo‘ljallangan edi. Shu vaqt ichida ikkinchi kurs talabasi tashkilotning turli tadbirlarida qatnashdi.

“Amaliyot davomida tajribali ustozlar rahbarligida marketing sohasida, mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limida faoliyat yuritib, yirik madaniy tadbirlar, jumladan, poytaxt va viloyatlardagi ko‘rgazmalarda stajyor sifatida qatnashishga muvaffaq bo‘ldim. Amaliyot davomida, qoida tariqasida, bitta yo‘nalishni tanlash va faqat u bilan shug‘ullanish mumkin edi, lekin men uchun shaxsiy tajriba orqali doimiy ravishda turli yo‘nalishlarni o‘rganish qiziq edi”.

Javohir Baxtiyorov Britaniya Kengashidagi hamkasblaridan uning amaliyotini universitetdagi o‘qishi bilan birga yuritib borishi uchun sharoit yaratib bergani, moslashuvchan ish jadvali bilan ta’minlangani uchun juda minnatdor. Bu uning birinchi haqiqiy ish tajribasi, olingan ko‘nikmalar, u bakalavr darajasini tugatgandan so‘ng keyingi ishga joylashishda raqobatdosh ustunliklarga ega bo‘lish uchun juda muhim deb hisoblaydi.

Stajyor Baxtiyorovning maqsadliligi va mehnatsevarligi yuqori baholanib, amaliyotni tamomlagandan so‘ng Britaniya Kengashining Mijozlar bilan aloqalar bo‘limiga to‘liq bo‘lmagan ish kuni bo‘yicha ishga taklif qilindi. Bu TATU talabasi uchun nafaqat axborot texnologiyalarini o‘rganish, balki mijozlar bilan muloqot qilish, imtihon xizmatlari, tarjimalar, turli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishda davom etish imkoniyatiga aylandi.

Yillar davomida Britaniya Kengashidagi mehnat unga qanchalik katta yordam berishini his qilgan TATU bitiruvchisi Javohir Baxtiyorov bakalavriatda o‘qishni tamomlagach, Britaniya Kengashidagi imtihon xizmatlari assistenti bo‘sh ish o‘rni uchun tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshiradi.

“Britaniya Kengashining men allaqachon bilgan anʼanalariga koʻra, kuchli tanlovdan oʻtish kerak edi, chunki tashkilotda boʻsh ish oʻrinlari uchun nomzodlarni tanlash boʻyicha xalqaro standartlar mavjud edi. Barcha kerakli bosqichlarni bosib o‘tib, bu bo‘sh o‘ringa saylanish baxtiga muyassar bo‘ldim”, – deb eslaydi Javohir.

Bugungi kunda bu lavozimda qariyb 9 oy ishlagan yigit turli tashkiliy va rejalashtirish qobiliyatlari, muloqot qobiliyatlari sezilarli darajada yaxshilanganini alohida ta’kidlaydi.

“Britaniya Kengashi menga juda yoqadigan jihati shundaki, unda xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar, jumladan, uzluksiz ta’lim kurslari, onlayn ta’lim va hokazolar mavjud”.

Yosh xodim o‘z kasbiy saviyasini yanada oshirish maqsadida xorijiy nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan birining magistratura bosqichida tahsil olishni ham rejalashtirgan.

“Bugun va kelajakda har qanday faoliyatni amalga oshirishda birinchi o‘rinda bo‘lish, iloji bo‘lsa hamkasblarim bilan birgalikda Britaniya Kengashining rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shish, Britaniya Kengashining rivojlanishiga, har qanday loyihalarni, faoliyatining yangi qirralarini yaratishga hissa qo‘shish men uchun muhim”.

Javohir O‘zbekistondagi 25 yillik faoliyati davomida Britaniya Kengashi munosib nufuzga ega bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, ta’limga ilg‘or ta’lim standartlarini joriy etishda asosiy rollardan birini o‘ynashiga ishonadi.