Saodat Xasanova
Bugungi kunda Saodat Xasanova Navoiy viloyatidagi ingliz tili sohasidagi eng obro‘li mutaxassislardan biri bo‘lib, muvaffaqiyatini har tomonlama Britaniya Kengashi loyihalaridagi ishtiroki bilan bog'laydi.
Saodat Qayumovna bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika instituti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudirigina emas, mutaxassislar ishonch bildirayotgan Test Markazi mudiri hamdir. Joriy yilda Test Markazi universitet bilan kelishilgan holda boshlagan ishi – taraqqiyot yo‘lida yana bir qadam qo‘yildi.
“3 yildan ortiq mening o‘quv markazim IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, ushbu imtihonni Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda Navoiy shahrida o‘tkazish maqsadida faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy yilda Markaz Navoiy pedagogika instituti bilan hamkorlik shartnomasi tuzdi va endilikda ingliz tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha mazkur imtihonlar universitetda o‘tkazilmoqda. Bu esa Markazning universitet bilan birgalikdagi ishining yangi bosqichi bo‘lib, bu menga yanada ishonch bag‘ishlaydi”, - deydi Saodat Xasanova.
Ishonch insonga doimo olg'a intilish, yangi cho‘qqilarni kashf etish va muvaffaqiyatga erishish uchun kuch beradigan muhim fazilatdir. Bunday ishonchga erishish esa Saodat Xasanovani Britaniya Kengashi bilan bog'laydi. Loyihalarida ishtirok etishni 2011-yilda o‘zi yashaydiga viloyatdagi Pedagogika institutining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Bu “PRESETT” dasturining pilot saytlaridan biri boʻlib, 4 yillik sinovdan soʻng milliy va xalqaro miqyosdagi eng yaxshi bilimlarni oʻzida jamlagan Oʻzbekiston filologiya oliy oʻquv yurtlarida ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash boʻyicha yangi uslubiy tizimni joriy etish uchun asos boʻldi.
“2013-yilda murabbiylik kurslarini tamomlab, o‘zimizning o‘qituvchilarimizni tayyorlash ustida ishladim. Bu men uchun kasbiy rivojlanishimdagi juda muhim qadam edi. Bilasizmi, men har doim ingliz tilini yaxshi ko‘rganman, endi esa men dars berishni, o‘z bilimlarimni boshqalarga - o‘qituvchilar va talabalarga yetkazishni ham yaxshi ko‘raman. Tajribali loyiha davomida biz ko‘plab uslubiy modullarni o‘zlashtirdik va men ularni doimiy ravishda o‘qituvchilarga o‘rgatib kelmoqdaman. O‘qituvchilar menga doimo qanday o‘qitish kerak, nimani o‘rgatish kerak, degan savollar bilan murojaat qilishadi. Ularga qayta-qayta hamma narsani tushuntirib bera olganim, barcha savollariga yangi usul yordamida javob bera oladigan mutaxassis bo‘lishim menga yanada zavq bag‘ishlaydi. Menga dars berish katta zavq berishni boshladi va buning uchun Britaniya Kengashi loyihalariga juda minnatdorman”.
Bunday jonkuyar o‘qituvchining Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan London Metropoliten universitetida amaliyot o‘tash uchun tanlangani bejiz emas. Saodat Xasanovaning so‘zlariga ko‘ra, “bu mening hayotimdagi juda muhim voqea, kasbiy o‘sishimda katta yuksalish bo‘ldi”.
Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan yana bir muhim qadam – “O‘zgarishlar akademiyasi” (School of Change) loyihasida ishtirok etish bo‘ldi. Navoiy pedagogika instituti, xususan, Saodat Xasanova, Nodira Rahimovalarni o‘z ichiga olgan jamoasi g‘oyasi nofilologiya yo‘nalishidagi o‘qituvchilarning til bilimini oshirish bo‘yicha intensiv o‘quv markazi tashkil etishdan iborat edi.
Bunday Markazni tashkil etishdan maqsad fizika, biologiya va boshqa yo‘nalishlar o‘qituvchilariga o‘z talabalariga ingliz tilida dars berish imkoniyatini yaratishdir. Sir emaski, bugungi kunda yoshlar til o‘rganishga katta ahamiyat bermoqda va ko‘plab abituriyentlar chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat bilan turli oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirmoqda. Shunday qilib, turli fanlar o‘qituvchilari ingliz tiliga ega bo‘lishi tobora dolzarb ehtiyojga aylanib bormoqda. Shu bois universitet jamoasining loyiha taklifi Britaniya Kengashi tomonidan dolzarb deb topilib, kuchli o‘ntalikka kirgan bo‘lsa ajab emas. Natijada tajribali o‘qituvchilar guruhi intensiv til o‘rgatish kursidan o‘tdi va bu yildan ular o‘z fanlarini ingliz tilida o‘rgatishni boshladilar.
Bugun Saodat Qayumovna o‘zini viloyatda hamma Britaniya Kengashi koordinatori, ya’ni o‘z sohasining nufuzli mutaxassisi, hurmatli ustoz sifatida bilishini faxr bilan aytadi.
“Men Britaniya Kengashidan mening shaxsiy kasbiy o‘sishim, mamlakatimizda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish uchun qilgan barcha ishlari uchun juda minnatdorman. Shuningdek, universitetimiz o‘qituvchilari va uning rahbariyati – rektor, prorektorlar nomidan chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Bugun biz bitiruvchilarimiz o‘zlariga, o‘z qobiliyatiga naqadar ishonayotgani, maktablarga ishga qabul qilinganidan xursand ekanliklari, xalqaro universitetlarning magistraturasiga o‘qishga kirayotganini ko‘rib juda faxrlanamiz. Britaniya Kengashi bilan yanada ko‘proq loyihalarni amalga oshirishni xohlayman. Ular faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman!”.