Suxrob Saliev
Britaniya Kengashi, men uchun, birinchi navbatda, qadriyatlar va odamlar bilan bog‘liq. Ular bilan hamkorlik qila boshlaganimdan keyin o‘z yo‘limni topdim, – deydi Suxrob Saliyev.
Suxrob Saliyev, ortoped-jarroh, sport tibbiyoti shifokori, O‘zbekiston Gematologiya markazining gematologik kasalliklar bo‘yicha maslahatchisi va menejeri. Britaniya Kengashi loyihalarida ishtirok etishi va Buyuk Britaniyadagi universitetlardan birida olgan bilimlari tufayli Suhrob mamlakat va mintaqadagi yetakchi sog‘liqni saqlash mutaxassislaridan biriga aylandi. Yillar davomida Suxrob Britaniya Kengashi loyihalarida ishtirok etgan va bu uning muvaffaqiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
“Britaniya Kengashi juda faol xodimlarga ega, ular haqiqiy yetakchi va motivatorlar. Ularning barcha dasturlarida mamlakatimizda ta’lim, fan va san’at sifatini oshirishga qaratilgan o‘ziga xos vazifa bor. Bu esa hayotimdagi asosiy maqsadlarimga to‘g‘ri kelgani uchun menda ham aks etadi”, - deydi Suxrob Saliyev.
2016-yilda Suhrob Britaniya Kengashining “Researcher Connect” dasturi doirasidagi treningda ishtirok etish taklifini oldi. Ushbu dasturning maqsadi O‘zbekistonda ilm-fan rivojini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Dastur doirasida yosh olim va tadqiqotchilar uchun qator seminarlar o‘tkazildi. Treningni Buyuk Britaniyaning Kambriya universiteti doktoranti, xalqaro ekspert va trener Jo Chaffer olib bordi. “Researcher Connect” ishtirokchilarda grantlar olish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan muloqot qobiliyatlari va bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan. O‘quv kurslarini tamomlagan yosh tadqiqotchilar ushbu yo‘nalish bo‘yicha professional trener sifatida sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Seminar yakunlangach, Suxrob butun O‘zbekistondagi universitetlarda ushbu dastur bo‘yicha o‘quv treninglarini tashkil etishga yordam bera boshladi.
Suhrob Jo Chafferning maslahati va yo‘l-yo‘riqlaridan so‘ng “Chevening” stipendiyasiga ariza topshirdi va uni qo‘lga kiritdi. U tibbiy ta’limni London Universitet kollejida (UCL) Sport va jismoniy mashqlar dasturi doirasida davom ettirdi. Qahramon hayotining aynan shu bosqichi uning ilm-fan va tibbiyot amaliyotida keyingi rivojlanishiga asosiy ta’sir ko‘rsatdi.
“Buyuk Britaniyada o‘qiyotganimda ham Toshkentdagi Britaniya Kengashi bilan aloqada bo‘lib turdim. Men ham volontyor sifatida tashkilotning mamlakatimizda san’at va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab loyihalarida ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldim. Kengash loyihalarining ko‘p qirraliligi meni hayratda qoldirishdan to‘xtamaydi!”, – deydi qahramon.
Loyihalarda ishtirok etish orqali Suxrob xalqaro va mintaqaviy dasturlarni qanday tashkil etishni o‘rgandi. Ehtiyotkorlik, xushmuomalalik, diplomatiya, uzoqni ko‘ra bilish, tinglash, hamkasblarni hurmat qilish va boshqalar kabi ko‘plab ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
“Britaniya Kengashining menga eng yoqadigan jihati ishning tuzilishi va hamma narsa bilan ta’minlanganligidir. Ularning loyihalari va dasturlari har doim juda tartibli, hamma narsa juda muammosiz, aniq va sifatli o‘tadi. Mutaxassislar va ishtirokchilarning to‘g‘ri tanlangani tufayli men ularda qatnashishdan doim maksimal foyda oldim”, — deya ta’kidlaydi Suxrob.
Britaniya Kengashi dasturlari koʻp tomonlama bilim va koʻnikmalarni taʼminlaydi, ingliz tili koʻnikmalarini oshiradi va tanishlar doirangizni kengaytirish va hamfikrlarni topish imkonini beradi. Suxrobning fikricha: “Yangi odamlar bilan qanchalik ko‘p muloqot qilsak, ular bilan tanishsak, dunyoni, odamlarni, hayotni shunchalik ko‘p bilib olamiz”.
“Men jamiyatdagi eng muhim sohalardan biri: fan va tibbiyot rivojiga hissa qo‘shishni juda xohlayman. Men bu sohalarda volontyor, murabbiy yoki hatto trener sifatida qatnashishga doim tayyorman”, - deya ta'kidladi qahramon.
Britaniya Kengashi bilan hamkorlik bilim va yangi tanishlardan tashqari Suxrob Saliev hayotida alohida iz qoldirdi. Tashkilot faoliyatida faol ishtirok etish uning hayotdagi qarashlari va qadriyatlarini shakllantirishga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Suxrob Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi faoliyatining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda ta’lim, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish yo‘lidagi samarali mehnati uchun minnatdorlik bildiradi.
“Britaniya Kengashining yanada rivojlanish va faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman. Men ushbu tashkilotga a’zo bo‘lganimdan, jamiyatimiz va yurtimiz farovonligi yo‘lida mehnat qilayotgan xodimlari bilan yaqindan tanish bo‘lganimdan juda xursandman”.