Kompaniyalar, hukumat va taʼlim muassasalari uchun ingliz tili, muloqot koʻnikmalari va baholash yechimlari.
Tashkilotlar uchun muvaffaqiyatga erishish maqsadida muloqot koʻnikmalarini yaxshilash imkoniyatlarini kengaytirish
Biz 80 tadan ortiq davlatda ingliz tili va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha korporativ, hukumat va taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha 80 yildan ortiq tengsiz tajribaga egamiz.
Biz barcha vazifalar, sohalar va martaba bosqichlaridagi talabalar va mutaxassislar uchun moslashuvchan, qiziqarli va samarali onlayn taʼlim yechimlarini yaratish uchun oʻz bilim va tajribamizdan foydalanamiz. Har xil budjetlarga mos turli narxlardagi kurslar mavjud.
Biz toʻrt bosqichli jarayon yordamida muvaffaqiyatni taʼminlaymiz hamda L&D, HR va biznes menejerlarni qoʻllab-quvvatlash orqali oʻquv kurslarini ishlab chiqish va amalga oshirishni osonlashtiramiz.
1-bosqich – konsultatsiya: Biz tashkilotingiz uchun koʻnikmalarga oid kamchiliklar va taʼlim maqsadlarini aniqlaymiz.
2-bosqich – loyihalash: Moslashtirilgan kontent va ichki imtihonga ega kengaytirish, sozlash mumkin boʻlgan onlayn yechimlarni taklif qilamiz.
3-bosqich – amalga oshirish: Tajribali murabbiylarimiz jamoangiz bilan onlayn tarzda muloqotga kirishadi va xodimlaringizning rivojlanishini taʼminlash uchun tegishli koʻnikmalarni rivojlantiradi.
4-bosqich – baholash: Biz rivojlanish jarayonini kuzatib boramiz, ROI haqida hisobot beramiz va manfaatdor taraflarga natijalar haqida xabar berishda sizga yordam beramiz.
Bepul konsultatsiyaga yozilish
Siz uchun moslangan dasturni yarating
Ingliz tili va professional muloqot koʻnikmalarini oʻqitish boʻyicha yechimlarimiz
Amaliy natijalar va ish joyidagi xulqiy oʻzgarishga erishish uchun butun dunyo boʻylab 80 milliondan ortiq oʻrganuvchilarga qoʻshiling. Onlayn dasturlarimiz quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- maqsadli, tegishli ish joyidagi koʻnikmalarni rivojlantirish
- ROI va oʻquv mashgʻulotlari taʼsirini kuzatish vositalari.
Onlayn taʼlim toʻplami
Ingliz tili va professional muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish uchun universal yechim. Axborot panellari va maqsadli fikr-mulohaza taʼlimning taʼsiri va sarmoyaning oqlanishi haqida hisobot berishingizga yordam beradi. Kurslar ehtiyojlaringizga moslangan holda quyidagilardan tashkil topgan:
- Mustaqil taʼlim: Oʻrganuvchilarga mos boʻlgan vaqt va joyda ijtimoiy yoki ish joyidagi ingliz tili koʻnikmalarini mustahkamlash uchun qulay, moslashuvchan, hamyonbop yoʻl-yoʻriqli taʼlim
- Ish joyida ingliz tili: Moslashuvchan mustaqil taʼlim va oʻqituvchi boshchiligidagi darslarda interfaollik hamda fikr-mulohazani birlashtiruvchi moslashuvchan, tejamkor taʼlim
- Ijtimoiy ingliz tili: Qiziqarli, interfaol, murabbiy boshchiligida ish joyidagi va ijtimoiy ingliz tili dasturlari, premium onlayn oʻquv mashgʻulotlari va imtihonlar bilan birga
- Professional muloqot koʻnikmalari: Maqsadli, taʼsirli, ogʻzaki va yozma ish joyidagi muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish
- IELTS murabbiyi: Biz – IELTS imtihoni hammualliflari bilan nomzodlarning kerakli ballga erishishlari uchun kerakli bo’lgan taʼlimni olishiga yordam berishga qaratilgan IELTS imtihoniga tayyorgarlik.
- Baholash: Rivojlanish jarayonini baholash, kuzatish va yutuqlarga urgʻu berish uchun standartlarni belgilovchi xalqaro miqyosda tan olingan imtihonlar, baholashlar va sertifikatlar. Ular sizga iqtidorlarni jalb qilish, koʻnikmalarni baholash va rivojlanish jarayonini oʻlchash imkonini beradi, shuningdek, talabalarga butun dunyodagi taʼlim muassasalariga kirishda yordam beradi.