"Oliy ta‘limda Ishga joylashish ko‘nikmalari" dasturi doirasida " Oliy taʼlim muassasalarini samarali boshqarish uchun sharoit yaratish" mavzusida veb-seminar muhokamasi bo'lib o'tdi.
Veb-seminar Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi hamda Respublika Oliy Ta‘lim Kengashi hamda Advance HE agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Vebinar tarkibi:
Samarali boshqaruv jarayoni manfaatdor tomonlar uchun kerakli ishonchni va dastakni yaratadi, chunki tashkilot kerakli darajadagi maqsadlarga erishishini taʼminlashi kerak. Tobora kengayib borayotgan boshqarish nafaqat moliyaviy barqarorlik va meyoriy hujjatlar muvofiqligi, balki keng maʼnoda qiymat yaratish bilan ham uzviy bog‘liqdir. Ushbu sohalar mohiyatan ham o‘zaro bog‘liqdir. Bularning barchasiga erishadigan samarali boshqaruv tizimi uchun shart-sharoitlarni yaratishda hukumat, kafolat nazorat organlari va OTMlar asosiy rol o‘ynaydi.
2018 yildan buyon Buyuk Britaniya oliy taʼlimning o‘zgaruvchan meyoriy-normativ landshaftiga oid amaliy tajribaga asoslanib, ushbu sessiyada a) OTMlardagidagi samarali boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari va b) hukumatlar, nazorat organlari va muassasalari doimiy ravishda takomillashtirish uchun foydalanishi kerak bo‘lgan turli xil vositalar ko‘rib chiqildi. Bunda biz belgilangan maqsadlarga javob beradigan boshqaruv madaniyatini saqlash uchun yuqori sifatli yetakchilik, xilma-xillik va inklyuzivlik zarurligini taʼkidlaymiz.
Sessiyani olib boruvchilar:
Viktoriya Xolbruk, Advance HE boshqaruv direktorining yordamchisi va Buyuk Britaniya davlat oliy taʼlim idorasining (va keyinchalik nazorat qiluvchi organ) sobiq katta ijrochi direktori. U universitetlarning muvofiqligi uchun masʼul bo‘lgan va ko‘plab boshqaruv va kafolat masalalarini hal qilgan.
Elison Jons, Advance HE, ijrochi direktori. U bugungacha, Buyuk Britaniyaning Oliy taʼlim hukumatidagi etakchilik, menejment va davlat boshqaruvi siyosati guruhini boshqarib kelgan, va u erda Viktoriya Xolbruk bilan tanishgan.
Vebinar ingliz tilidan rus tiliga tarjima qilingan.