"Oliy ta‘limda Ishga joylashish ko‘nikmalari" dasturi doirasida “Universitetlar reytinglari va kredit trasfer tizimi" mavzusida veb-seminar muhokamasi tashkil qilindi.
Veb-seminar Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi hamda Respublika Oliy Ta‘lim Kengashi hamda Advance HE agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Vebinar mazmuni:
Buyuk Britaniyadagi universitetlar reyting jadvallari raqobatbardosh bo‘lib, unda 160 dan ortiq oliy o‘quv yurtlarini qamrab olangan va bu Buyuk Britaniya oliy taʼlimning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Universitetni tanlashda talabalarning qaror qabul qilishiga reyting jadvallari katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, reytinglar xalqaro miqyosda moliyalashtirish organlari, talabalar, universitetlar va hukumatlar tomonidan qaror qabul qilishda qo‘llaniladi. Buyuk Britaniyaning universitetlarida o‘qitish, o‘rganish va talabalar tajribasini oshirishda reyting jadvallari o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. Ushbu seminar Buyuk Britaniya Universitetlarning reytinglari bilan tanishish hamda bu haqida umumiy maʼlumot olish, shuningdek, reyting jadvallarida qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar qanday qilib o‘qitish va o‘qish sifatini oshirishi mumkinligi to‘g‘risida amaliy misollar beradi. Shuningdek seminar Buyuk Britaniyaning kredit trasfer tizimini va akademik kredit transferga o‘tkazish jarayonini haqida tushuncha beradi.
Vebinarning fasilitatorlari:
Alison Jons – Advance HE Bosh ijrochi direktori
Alison Advance HE ning Bosh ijrochi direktori lavozimiga 2017 yilning kuzida tayinlangan.
Bunga qadar esa Alison Leadership Foundation ijrochi direktori lavozimida ishlagan. U Oliy taʼlim sohasida 25 yillik ish tajribasiga egadir. Ijrochi direktor lavozimiga tayinlanishidan oldin, U HEFCE (Buyuk Britaniya Oliy taʼlimni moliyalashtirish kengashida, hozirgi nomi Talabalar bilan ishlash byurosi) da etakchilik siyosati, boshqaruv va menejment rahbari bo‘lib ishlagan. U erda Elison Leadership Foundation (Liderlik jamg‘armasi) hamda Equality Challenge Unit (Gender tengligi muammolari bo‘limi) ga asos solgan.
Alison Universitet maʼmurlari assotsiatsiyasining (AUA) sobiq prezidenti va Hamdo‘stlik universitetlari assotsiatsiyasining Inson resurslari tarmog‘ida Buyuk Britaniyaning tamsilchisi hamdir. Yaqinda Alison Britaniya Kengashining yirik xalqaro oliy taʼlim konferensiyasi – Going Global ni rejalashtirish qo‘mitasiga qo‘shildi.
Alison oliy taʼlim sohasida katta xalqaro tajribaga ega, shu jumladan Avstraliya hukumati uchun Taʼlim va tarbiya uyg‘unligini qayta ko‘rib chiqish loyihalariga rahbarlik qildi. Bu Avstraliya oliy taʼlim tizimida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan Office for Learning and Teaching (Taʼlim va Tarbiya idorasi) ni yaratishga olib keldi. Alison muntazam ravishda milliy va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar va tadbirlarda qatnashib, u erda etakchilik, menejment va universitet boshqaruvining o‘ziga hos jihatlari haqida gapirib beradi.
Doktor Endryu Tyorner - Koventri Universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
Doktor Endryu Tyorner - Koventri Universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori hisoblanadi. U o‘qitish va taʼlim olish strategiyasi uchun javobgar bo‘lib, talabalar tajribasini oshirishda o‘qitish va taʼlim olishda strategik yetakchilik tajribasiga ega. Endryu boshchiligida Universitet miqyosidagi muhim loyihalar Koventrida talabalar tajribasini oshirishda katta rol o‘ynadi. Yaqinda u anʼanaviy virtual taʼlim muhitini o‘rnini bosuvchi Aula innovatsion yangi o‘quv tajribasi platformasini amalga oshirishga rahbarlik qildi. Aula yangi Taʼlim Texnologiyalari ekotizimining markazi bo‘lib, taʼlim jarayonida ijtimoiy va faol yondashuvni taʼminlaydi.
U pedagoglarning malaka oshirishi uchun ham masʼul bo‘lib, akkreditatsiyadan o‘tgan pedagog kadrlarning liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini beradigan portfolioni shakllantirishga rahbarlik qilib kelmoqda.
Endryu Yaqin Sharq va Afrikadagi xalqaro hamkorlikdagi sheriklarimiz bilan xalqaro miqyosda katta ish olib borgan hamda Ummon va Ganada aspiranturadan keyingi akkreditatsiyadan o‘tgan kurslarni boshqarish va tashkil etishla muhim rol o‘ynagan. 2019 yilda u Ummonda Tadbirkor Liderlar Dasturini ishlab chiqdi va unga rahbarlik qildi. Bu loyiha Buyuk Britaniya hukumatining Gulf Science, Innovation and Knowledge Economy (GSIKE) tomonidan moliyalashtirilib, tadbirkorlik taʼlimi bo‘yicha Milliy Kengash va Yaqin Sharq kolleji (National Council for Entrepreneurship Education and the Middle East College) bilan hamkorlikda amalga oshirildi.