Kreativ tadbirkorlik taʼlimi: taʼlim sohasi bozor ehtiyojlariga qanday javob beradi?
Vebinar Britaniya Kengashi, El-Yurt Umidi Fondi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Ushbu vebinar Buyuk Britaniya hamda O`zbekiston oliy ta`lim mutaxassislari o`rtasidagi bilim va fikr almashinuvi bo`ladi.
Vebinar davomida muhokama qilinadigan savollar:
- Buyuk Britaniyada kreativ tadbirkorlik taʼlimini rivojlantirishning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari nima?
- Yangi dasturlar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish jarayoni qanday rivojlanmoqda va nimalar o`rganildi?
- Dasturlarning dolzarbligi va taʼlim sifati uchun institutsional darajada kim javob beradi, bunga qarshilik ko`rsatayotganlar kimlar, yuqori standartlarga mos bo`lishi qanday taʼminlanadi?
Tadbir quyidagi mehmonlar tomonidan ochib beriladi:
- Inom Majidov, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri
- Adham Bekmurodov, “El Yurt Umidi” jamg‘arma direktori
- Uktam Umirzoqov , O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim kengashi raisi
- Reychel Aylend, O`zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori
- Jamilya Gulyamova, O`zbekistondagi Britaniya Kengashi direktor o‘rinbosari
Vebinar suhbatda quyidagi oliy ta`lim vakillari ishtirok etadi:
- Linsi Koul, Tadbirkorlik, innovatsiya va ilmiy yo`balish bo`yicha direktor, London South Bank University
- Shan Praym, Ijodiy va madaniy tadbirkorlik instituti direktor o'rinbosari, Kurs direktori va o'qituvchi: Ijodiy va madaniy tadbirkorlik kursi magistri Goldsmiths, University of London
- Viren Lal, Change School boshqaruv direktori, Menejment bo`yicha professor, London Business Schoolda rahbarlarni o`qitish bo`yicha trener.
- Kris Leyn, Jamiyatni rivojlantirish, qochqinlar bilan ishlash, ijtimoiy ish va yoshlarni tadqiq qilish daturlari boshlig`i London Metropolitan University
- Paresh Parmar, Katta o`qituvchi, University of Central Lancashere
- Madina Badalova, Ta`lim va inklyuziya bo`limi boshlig`I, Madaniyat va san`atni rijovlantirish fondi
- Kongrat Sharipov, rektor, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Vebinar Komiljon Karimov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori tomonidan olib boriladi.