Creative Spark dasturi doirasidagi tadbirkorlar bilan suhbat onlayn sessiya orqali tinglovchilar o`z bizneslarini boshlash bo'yicha maslahat va tajribalari bilan o'rtoqlashadigan muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan tanishishlari mumkin. Ushbu onlayn-sessiya tinglovchilarimizni o'zbekistonlik ikki kreative tadbirkor va mutaxassislar bilan tanishadilar.
Yoshligingizdan kreativ iste'dod va salohiyatni qanday rivojlantirish, shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun professional netvorkingni yaratishni o'rganmoqchimisiz? Qanday qilib qiziqishlaringizni foyda keltiradigan biznesga aylantirish hamda koronavirusdan keyingi davrda qanday qilib boshqalardan ajralib turishni bilmoqchimisiz? U holda 6 noyabr kuni soat 17.00 da eng yaxshi mutaxassislarimiz bilan bizning Facebookdagi jonli efirimizga qo'shiling.
Ma'ruzachilar:
Aziz Murtazaev
Aziz Osiyo Tinch okeani uchun Butunjahon hunarmandchilik kengashining MarkaziyA Osiyo bo'yicha vitse-prezidenti hisoblanadi. 1999 yildan buyon Aziz hunarmandchilik va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq sohalarda ishlaydi. 2009 yildan buyon an'anaviy ikat va tabiiy rang berish bo'yicha usta sifatida faoliyat yuritadi. 2016 yilda Aziz Marg'ilonda IkatUz hunarmandchilik ustaxonasiga asos solgan. Aziz an'anaviy hunarmandchilikni targ'ib qilish va xalqaro bozorlarga eksport qilish, O'zbekistonda hunarmandchilik, dizayn va kreativ sohalarni rivojlantirish bo'yicha 10 yillik tajribaga ega.
Saidazim Fazilov
Saidazim kreativ direktor, prodyuser, fotograf va Toshkentdagi xalqaro ma'ruzachi hisoblanadi. Saidazimning asosiy tajribasi yirik reklama agentliklari va ko'rgazma loyihalari, moda namoyishlari, jurnallar va turli brand do`konlari uchun savdo-sotiq bilan ishlashni o'z ichiga oladi. Saidazim Londonning Conde Nast kolleji tomonidan Fashion Media Excellence (2017) mukofotiga sazovor bo'ldi. 2016 yilda Uels universitetida bakalavrlik darajasini oldi. 2017 yilda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida biznesni boshqarish bo'yicha magistraturani tamomlagan. Saidazim badiiy menejment, media ishlab chiqarish, raqamli marketing, moda tadbirlarini boshqarish, reklama va fotografiya sohasida katta tajribaga ega.