Creative Spark dasturi doirasida "Kreativ tadbirkorlik ta`limida xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida davra suhbati tashkil etilgan .
Vebinar Britaniya Kengashi, El-Yurt Umidi Fondi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Ushbu vebinar Buyuk Britaniya hamda O`zbekiston oliy ta`lim mutaxassislari o`rtasidagi bilim va fikr almashish imkonini yaratilgan.
Vebinar davomida muhokama qilingan savollar:
- Oliy ta`lim muassasalarida xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish madaniyati bo`yicha xozirgi kundagi ilg`or ta`lim amaliyoti qanday?
- Bu jarayondagi qanday asosiy stereotip va noto`g`ri munosabatlar mavjud?
- Ta`lim, ilmiy-tadqiqot va biznes sohalarida yuqori lavozimlarni egallashlari uchun xotin-qizlarni qanday tayyorlash va rag`batlantirish imkoniyatlari mavjud, hamda rol-modeling, ustoz-shogird va hamkasblar o`rtasida qo`llab quvvatlash orqali bunga qanday erishish mumkin?
- Xalqaro dasturlar va tashkilotlarning yangi yondashuvlarni qo`llab quvvatlash va rivojlantirishdagi ahamiyati qanday?
- Oliy ta`lim muassasalari kasbiy faoliyatga qizlarni qanday tayyorlashlari mumkin, oliy ta`lim muassasalari ishlab chiqarish bilan qanday hamkorlik qiladi hamda qizlarda o`ziga ishonch, to`g`ri yondashuv va boshqaruv ko`nikmasini qanday rivojlantiradi?
- Jamoat ishlarida faol bo`lishlari, o`z biznesiga ega bo`lish hamda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytish uchun makro-darajada nimalar qilish zarur?
Tadbir quyidagi mehmonlar tomonidan ochib berishdi:
- Adkham Hudojkulov, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, tadqiqot va innovatsiyalar bo'limi boshlig'i
- Odiljon Sattarov, “El Yurt Umidi” jamg‘armasi direktor o‘rinbosari
- Uktam Umurzoqov, O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim kengashi raisi
- Tim Torlot, Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi elchisi
- Rachel Ireland, O`zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori
- Jamilya Gulyamova, O`zbekistondagi Britaniya Kengashi direktor o‘rinbosari
Vebinar suhbatda quyidagi oliy ta`lim vakillari ishtirok etishdi:
- Dilorom Fayzieva, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqa qo`mitasi
- Xalida Komilova, Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti
- Kleir Simen, Queen Margaret University, Edinburgh
- Shian Praym, Goldsmiths, University of London
- Marta Gasparin, University of Leicester
- Kayt Tetli, People 1st International
- Sara Ann Kennedi, University of Central Lancashire
- Natasha Triay, London Metropolitan University