Akademik ingliz tili bo’yicha test sinovlari millionlab talabalar uchun ta’lim jarayonining bir qismi hisoblanadi. Shu sababdan, biz ingliz tilini bilish darajasini baholash yo’nalishida butun dunyodagi tendentsiya va ilg’or tajribalar to’g’risida bilishni istaydigan oliy ta’lim sohasi xodimlari uchun mo’ljallangan, bepul onlayn anjumani uyushtirdik.  

Ishtirokchilar ingliz tilini bilish darajasini baholashda dunyodagi yetakchi tendentsiyalar yuzasidan Birlashgan Qirollik tajribasini bevosita o’rganish imkoniga ega bo’ldilar. Har bir amaliy taqdimot, har qaysi mavzu yuzasidan hududiy istiqbollar haqida axborot bergan mahalliy ekspertlar ishtirokidagai alohida muhokamalar bilan davom etdi. Anjumanning yakunida bo’lib o’tgan “Savol va javob” sessiyasi ishtirokchilarga to’g’ridan-to’g’ri ekspertlarimizga murojaat qilib, ularning yo’llanmalari va maslahatlarini olishdek, ajoyib imkoninyat taqdim etdi.   

ANJUMANNING YOZIB OLINGAN TASMASINI TOMOSHA QILING