Date
chorshanba 28 October 2020 -
15:00 to 16:30

"Oliy ta'limda Ishga joylashish ko`nikmalari" dasturi doirasida "Muvaffaqiyatli transformatsiya dasturlarini loyihalashtirish va boshqarish" mavzusida veb-seminar muhokamasi bo'lib o'tdi.

Veb-seminar Britaniya Kengashi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Respublika Oliy Ta'lim Kengashi hamda Advance HE agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Veb-seminar davomida keng ko'lamli transformatsiya dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun loyihalashtirishning asosiy printsiplar va samarali amaliyotlari muhokama qilindi. Xususan, keng ko`lamli dasturlarning davomiyligida transformatsiya hamda strategiyalarni muhokama qilish, tuzilma, jarayon, odamlar hamda mukofotlash siyosati haqida gaplashdik.

Shuningdek, loyihani amalga oshirishda loyiha va dasturlarni boshqarishning klassik boshqarish uslubi assosiy omillardan biri bo`lishi mumkinligi ham o`rganilib chiqildi. Veb-seminarda milliy va xalqaro darajadagi ta'lim islohotlarini qo'llab-quvvatlovchi ba'zi dolzarb transformatsion muammolar hamda milliy raqamli ta'lim dasturlari, xususan, "Covid-19" davrida o'qitish/ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va tadbirkorlik/tijoratlashtirishga yo`naltirilgan zamonaviy universitet 3.0 modelini ishlab chiqish bo'yicha asosiy maqsadlari haqida so'z bordi. 

Veb-seminar so`ngida ishtirokchilar o'z tashkilot va dasturlariga oid amaliy fikrlar bilan o`rtoqlashdilar, hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarini berish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Ochilish marosimida:

  • Inom Majidov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri
  • Reychel Aylend, O'zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori 
  • Djamilya Gulyamova, O'zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori o'rinbosari

Veb-seminar ma'ruzachilari:

  • Alison Djons, Advance HE kompaniyasining bosh direktori
  • Eamonn Molloy, Advance HE hamkori

Sessiyani Djamilya Gulyamova olib bordi.