Going Global Partnership dasturi doirasida, "Universitetni samarali boshqarishni nimani anglatadi?" mavzuida vebinar tashkil etildi.
Vebinar Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, 'El-yurt umidi jamg`armasi hamda Advance HE agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Vebinar mazmuni
Oliy taʼlimni to‘g‘ri boshqarish shartlarini o‘rganuvchi oldingi vebinarimizga asoslanib, ushbu vebinar samarali boshqarish aspektlari va institutsional avtonomiyani qo‘llab-quvvatlashni chuqurroq muhokama qiladi. Biz samarali boshqaruv bilan bog‘liq holda oliy taʼlim muassasalar va ularda ishlaydiganlar uchun amalda yaxshi boshqaruv nimani anglatishiga eʼtibor qaratamiz. Universitet rahbarlari o‘z institutlarini boshqa oliy taʼlim muassasalaridan farqlanishi, shuningdek, universitet qadriyat va maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydigan strategiya va tuzilmalarni ishlab chiqishda ijodiy yondashishlari kerakligi haqida fikrlarimiz haqida o‘rtoqlashamiz. Biz Buyuk Britaniya sektorining tajribasiga tayanamiz va O‘zbekiston sharoitida maʼlumot beruvchi va qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yondashuvlar va kelajakni shakllantirishda samarali boshqaruvning ahamiyatini ko‘rsatamiz.
Vebinarning fasilitatorlari:
Alison Jons – Advance HE Bosh ijrochi direktori
Alison Advance HE ning Bosh ijrochi direktori lavozimiga 2017 yilning kuzida tayinlangan.
Bunga qadar esa Alison Leadership Foundation ijrochi direktori lavozimida ishlagan. U Oliy taʼlim sohasida 25 yillik ish tajribasiga egadir. Ijrochi direktor lavozimiga tayinlanishidan oldin, U HEFCE (Buyuk Britaniya Oliy taʼlimni moliyalashtirish kengashida, hozirgi nomi Talabalar bilan ishlash byurosi) da etakchilik siyosati, boshqaruv va menejment rahbari bo‘lib ishlagan. U erda Elison Leadership Foundation (Liderlik jamg‘armasi) hamda Equality Challenge Unit (Gender tengligi muammolari bo‘limi) ga asos solgan.
Alison Universitet maʼmurlari assotsiatsiyasining (AUA) sobiq prezidenti va Hamdo‘stlik universitetlari assotsiatsiyasining Inson resurslari tarmog‘ida Buyuk Britaniyaning tamsilchisi hamdir. Yaqinda Alison Britaniya Kengashining yirik xalqaro oliy taʼlim konferensiyasi – Going Global ni rejalashtirish qo‘mitasiga qo‘shildi.
Alison oliy taʼlim sohasida katta xalqaro tajribaga ega, shu jumladan Avstraliya hukumati uchun Taʼlim va tarbiya uyg‘unligini qayta ko‘rib chiqish loyihalariga rahbarlik qildi. Bu Avstraliya oliy taʼlim tizimida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan Office for Learning and Teaching (Taʼlim va Tarbiya idorasi) ni yaratishga olib keldi. Alison muntazam ravishda milliy va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar va tadbirlarda qatnashib, u erda etakchilik, menejment va universitet boshqaruvining o‘ziga hos jihatlari haqida gapirib beradi.
Professor Shan Vering, prorektori, the University of Northampton, BA, MLitt, PhD, AdDip, NTF, PFHEA
Shan 2019 yil noyabr oyida Northampton universiteti prorektori sifatida o‘z faoliyatini boshladi va shu kunga qadar universitetning o‘quv jarayonini boshqarib kelmoqda.
U Suonsida o‘sgan, umum taʼlim maktabida o‘qigan va Oxford universitetida ingliz tili va adabiyotini o‘rgangan, so‘ngra Stratklid universitetida tilshunoslik magistri hamda gender hamda kommunikatsiya fanlari doktori darajasini olgan. U o‘qitish va taʼlim jarayoniga alohida eʼtibor qaratadi, Milliy o‘qituvchilik stipendiyasiga ega, UCL Taʼlim Institutining oliy taʼlim bo‘yicha diplomiga ega va Oliy taʼlim akademiyasining aʼzosi hisoblanadi.
U 20 yildan ortiq universitet rahbariyatida ishlaydi va beshta universitet uchun Taʼlim strategiyalarini ishlab chiqqan. Uning roli ilmiy xodimlarning rivojlanishini loyihalash va yetkazib berish, raqamli texnologiyalarga asoslangan institut tashkiliy o‘zgarishlariga rahbarlik qilish, yuzma-yuz dasturlarni onlayn masofaviy taʼlimga o‘tkazish, IT va kadrlar bo‘limlarini qayta tashkil etish, baholash, talabalar shikoyatlari va ish jadvallarini tuzishda siyosat va amaliyotlarni qayta ishlab chiqishdan iborat. Shan konferensiyalar va siyosiy tahlil markazlariga, xususan raqamli transformatsiya, gender va liderlik, tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik hamda universitet strategiyasi sohalarida muntazam ravishda taklif qilinadigan maʼruzachi hisoblanadi. U bloglar orqali milliy munozaralarga hissa qo‘shishni yoqtiradi, uning ikkita blogi milliy mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Vebinar ingliz tilida o`zbek tilida sinxron tarjima qilingan holda tashkil etiladi.