Image of Dilrabo

Dilrabo Axmadaliyeva

Ochiq bo‘lganingizda, ya’ni xatolaringizni tan olgan xolda, hamkasblaringizdan yordam so‘raganingizda, siz haqiqatan ham yangi narsalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Buni menga Britaniya Kengashi o‘rgatdi, - deydi andijonlik o‘qituvchi Dilrabo Axmadaliyeva.

Uning Britaniya Kengashi loyihalaridagi birinchi ishtiroki 2008-yilda boshlangan. Shu davrda Andijon davlat universitetining ingliz tili o‘qituvchisi lingvistik universitetlarda zamonaviy o‘qitish usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan DUET (Development for Uzbekistan English Teachers) dasturiga taklif etilganlardan biriga aylandi. Dilrabo Axmadaliyeva bilim olishdan tashqari tanlagan sohasiga yanada ko‘proq mehr qo‘ya boshladi.

“Loyiha menga ko‘p narsa berdi. Birinchidan, kasbimni qaytadan sevib qoldim. DUETdagi ishtirokim ikki yillik tug'ruq ta'tilidan keyin ishga qaytishimga to‘g'ri keldi. Shu bilan birga, menga nimadir yetishmayotganini, atrofdagilarning hammasi mendan ko‘proq bilishini his qildim. DUET esa menga o‘z ustimda ishlash imkoniyatini berdi va bu menga juda kerak edi”.

Bu haqida gapirar ekan, Dilrabo Tojimamatovna nafaqat o‘sha paytdagi ilk mashg‘ulotlarini, balki yangi bilimlarni muhokama qilish orqali rivojlana boshlagan hamkasblari bilan muloqotini ham mamnuniyat bilan eslaydi. Uning eng yaxshi xotiralari mahalliy mutaxassislardan trenerlar, shuningdek, chet ellik supervayzerlar, xususan, Buyuk Britaniyadan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha jahonga mashhur maslahatchi va ekspert Rod Bolaito bilan bog’liq. Ingliz mutaxassislari dastur tugagandan keyin ham Internetda guruh tashkil qilib, DUET ishtirokchilari bilan muloqotda bo‘lishda davom etishganini o‘qituvchi katta afzallik deb hisoblaydi. Bu yerda har bir savolga Rod Bolayto va boshqa mutaxassislardan malakali javob olish, mamlakatimizning turli hududlardan bo‘lgan hamkasblar bilan tajriba almashish mumkin edi.

“Britaniya Kengashi loyihalarida ishtirok etish tajribasi menga, birinchi navbatda, kasbiy mahoratimni oshirdi. Aytaylik, ikki haftalik treningdan so‘ng men kerakli ma’lumotlarni oldim va mustaqil rivojlanishim uchun turtki bo‘ldi. Men nafaqat o‘z ustimda ishlashni, balki boshqalar bilan, hamkasblarim bilan muloqot qilishni, ulardan maslahat va mulohazalarni so‘rash qobiliyatini ham o‘rgandim. Siz yanada ochiqroq bo‘lasiz va bu, ma'lum bo‘lishicha, muvaffaqiyatingiz uchun zaruratdir. Siz va sizning hamkasblaringiz, jumladan, xorijiy hamkasblaringiz muvaffaqiyatingiz va tajribangiz muhim bo‘lgan professional jamoaga aylanasiz”.

Yillar davomida loyihalarda qatnashish natijasida Dilrabo Ahmadaliyevaning kasbiy mahoratini muntazam oshib borishiga turtki bo‘ldi. Bugun u ingliz badiiy adabiyotini asl nusxada o‘qishni yaxshi ko‘rishini g‘urur bilan aytadi va o‘quvchilariga kitob tavsiya qiladi. Albatta, bu o‘zgarishlar yangi o‘qitish usullarini ishlab chiqish bilan birga, ularning o‘quvchilarini baholashda ham o‘rgatib boradi. Dilrabo Tajimamatovna ishtirok etgan PRESETT va boshqa loyihalar bunga sabab bo‘ldi. U kamtarin inson, lekin shunday salohiyatga ega o‘qituvchi nafaqat o‘z universitetida, balki hamkasblari va shogirdlari uchun hamisha o‘z sohasining nufuzli mutaxassisi ekanligi ayon.

 Bugungi kunda talabalar buni ayniqsa his qilishadi, chunki ular uchun o‘qituvchi, birinchi navbatda, sherik bo‘lishga harakat qiladi.

“Agar avvalroq darsda biz asosan, matnni o‘qib, tarjima qilgan bo‘lsak, Britaniya Kengashining treninglari orqali darslarni interaktiv tarzda o‘tkazishni o‘rgatdi. Ya’ni hamma narsani o‘qituvchi aytib berishi  emas, balki o‘quvchilarning o‘zlari shu mavzuni ochib berishi, tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatni berishdir. Treninglar menga o‘quvchilar bilan do‘stona munosabatda bo‘lish, ularga qo‘l ostidagilardek munosabatda bo‘lish emas, balki muloqot qilish, ularning qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini o‘rgatdi. Ya'ni, biz Britaniya Kengashining trenerlari va ekspertlari bilan loyihalarni amalga oshirish jarayonida qo‘llanilgan  sherikona munosabatlardir.

Yangi sherikona yondashuv o‘quvchilar bilimini baholashda ham namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi nafaqat yangi baholash metodologiyasini qo‘llaydi, balki qo‘llaniladigan barcha mezonlar ochiq va o‘z tinglovchilariga ma'lum bo‘lishi kerakligiga ishonchi hosil.

Agar ilgari bilimlarni baholash asosan o‘quvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar soniga qarab amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda har bir ko‘nikmaning o‘ziga xos baholash mezonlari, jumladan, o‘qish, yozish, gapirish va hokazolar mavjud. Bu mezonlar bo‘yicha nafaqat o‘qituvchi bilim va tushunchaga ega bo‘lishi, balki o‘quvchilar ham bilishi kerak. Bunday ochiqlik ular uchun yana bir turtki bo‘lib xizmat qiladi”.

Britaniya Kengashi loyihalarida ishtirok etishdan katta ilhom olgan Dilrabo Axmadaliyeva tashkilotning O‘zbekistondagi faoliyatining 25 yilligi munosabati bilan uning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

“Men taʼlim sohasida, ingliz tilini oʻrgatishda koʻproq loyihalar boʻlishini juda xohlayman. Britaniya Kengashi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta ta’lim tizimlarining yaqin hamkori bo‘lib qolishi uchun omad  tilayman”.