Image of Nodira

Nodira Isamuxamedova

Kanadada yashab va ishlab turib, O‘zbekistonda ingliz tilini rivojlantirishga hissa qo‘shishni davom ettirish mumkinmi? Nodira Isamuxamedova misolida ko‘rinib turibdiki, bu mumkin. Ayniqsa, Britaniya Kengashi sizga o‘qituvchilik kasbingizni sevishingizga yordam bergan bo‘lsa.

Bugungi kunda Nodira Nurpulatovna Kanadadagi Polycultural Immigrant and Community Centre da onlayn ta'lim bo‘yicha katta o‘qituvchi. Ushbu ta'lim dasturi Kanadaga ko‘chib kelgan va davlat tomonidan homiylik qilinganlar orasida ingliz tilini bilish darajasini oshirishga qaratilgan. Kanadalik mutaxassislar orasidan o‘z o‘rnini topishga esa, o‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, unga Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi loyihalarida ishtirok etish bo‘yicha katta tajribasi yordam bergan, ular haqiqiy kasbiy va hayotiy maktabga aylangan.  2019-yilda ijtimoiy tarmoqlarda guruh ochib Nodira Isamuxamedova ayni paytdaToronto shahrida istiqomat qilib 7 mingga yaqin ingliz tili o‘qituvchilarini birlashtirgan ushbu guruh orqali O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishda katta hissa qo‘shib kelmoqda. Ammo bu haqda keyinroq to‘xtalamiz.

Hammasi talabalik yillarida, 1998-yilda Nodira ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha yangi bilimlarga qiziqib, o‘z mahoratini oshirish maqsadida Toshkentdagi Britaniya Kengashi kutubxonasiga borganida boshlangan. Bir yildan so‘ng O‘zDJTU tarjimonlik bo‘limini tamomlab, ingliz tilidan dars bera boshladi va o‘sha kutubxonadan darslari uchun materiallar qidirishda davom etdi. Binobarin, bu tinimsiz mustaqil izlanish yo‘li yosh o‘qituvchi uchun qaysidir ma’noda yangi imkoniyatlarni ochib bergani tabiiy.

“2004-yilda men Britaniya Kengashida Hornby Educational Trust grant dasturida qatnashish imkoniyati haqida eʼlonni koʻrdim. Unga ariza topshirdim, kerakli bosqichlardan o‘tib, ushbu grantning baxtli sohibiga aylandim va Buyuk Britaniyaning Leeds universitetida magistratura bosqichida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldim”. 

Nodira Isamuxamedova ushbu muhim g'alabani omad deb ataydi. Omad orqasida doimiy ravishda yangi bilimlarni izlash, yosh o‘qituvchining ilmiy faoliyati, qiziqarli g'oyalari bor. Magistrlik ishini O‘zDJTUda o‘z tajribasidan foydalangan xolda talabalarga yozma matnni o‘rgatishdagi muammolarni o‘rganish,  va bu yo‘nalishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga bag‘ishladi. Aytgancha, 15 yil oldin bo‘lgani kabi bugun ham Nodira Nurpo‘latovna “talabalar va o‘qituvchilar uchun eng zaif nuqta” yozma nutq ekanligiga amin bo‘lmoqda.

Buyuk Britaniyada bir yillik o‘qish yosh o‘qituvchi hayotida tub burilish yasadi va bu o‘zgarishlarda asosiysi ingliz tili o‘qituvchisining tanlagan kasbi nafaqat tanlov, balki bir umrlik kasbiga bo‘lgan  muhabbat ekanligini angladi. 

“Angliyada o‘qish davrida dunyoqarashim ko‘p jihatdan o‘zgardi, kasbim haqida butunlay boshqacha tasavvur paydo bo‘ldi, men o‘z kasbimni sevib qoldim”.

Keyinchalik  shunday salohiyatiga ega yosh o‘qituvchi Britaniya Kengashi loyihalarida ishtirok etish uchun taklif qilindi.

“2005-yilda qaytib kelganimdan so‘ng men darhol qo‘shilgan birinchi loyiham ingliz tili o‘qituvchilarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha "INSETT: Ingliz tilini isloh qilish" loyihasi bo‘ldi”.

Materiallar ishlab chiqish, o‘nlab treninglar o‘tkazish, so‘ngra loyiha koordinatori bo‘lish bilan birga Nodira Isamuxamedovaning o‘zi ham Britaniya Kengashining o‘ziga xos maktabidan o‘tgan va bu uni ko‘p jihatdan shakllantirgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha natijasi bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida qabul qilingan va qo‘llanilayotgan ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish bo‘yicha yangilangan metodika bo‘ldi.

Bunga parallel ravishda Britaniya Kengashining boshqa loyihalarida, jumladan, 2008-yildan buyon PRESETTda ishtirok etdi, uning maqsadi mamlakatdagi filologiya universitetlarining bakalavriat bosqichida o‘quv dasturlarini isloh qilishdan iborat edi. Eng ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ushbu yangilangan dastur hozirda O‘zbekistondagi ingliz tili o‘qituvchilari tayyorlanayotgan 18 ta ta’lim muassasasining barchasida qo‘llanilmoqda. 

“Bundan tashqari, men 2007-yildan beri Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan “Encouraging Learner Autonomy” loyihasida ishtirok etib kelaman. Bu ingliz tilini mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun juda qiziqarli loyiha. O‘sha paytda Britaniya Kengashining turli mamlakatlardagi vakolatxonalari qoshidagi kutubxonalar ham mustaqil til o‘rganish markazlari bo‘lib xizmat qilgan, ularda xodimlar ham ushbu yo‘nalishda maslahatchi bo‘lgan. Loyiha doirasida biz ushbu maslahatchilar va amaliyotchilar uchun o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqdik”.

Bu tajriba Nodira Isamuxamedovani o‘z loyihasiga - O‘zbekiston universitetlarida mustaqil ta'lim kurslarini ishlab chiqishga olib keldi. Uni Hornby jamg'armasi qo‘llab-quvvatladi.

 “Men hamkasbim bilan kurs dasturini ishlab chiqdik va uni amalga oshirdik, shuningdek, boshqalarga ham uni amalga oshirishni taklif qildik. Bizning davrimizda bu dolzarbdir, chunki ko‘plab talabalar mustaqil o‘rganish ko‘nikmalariga ega emaslar. Bundan tashqari, o‘qituvchilar tomonidan mustaqil ish nima ekanligini har doim ham to‘g'ri tushunish mumkin emas. Loyiha muvaffaqiyatli o‘tdi, ko‘plab universitetlar hali ham undan foydalanmoqda, ular mustaqil egallash ko‘nikmalarini o‘rgatishadi, biz ko‘plab ijobiy fikrlarni eshitamiz”.

Bugungi kunda, ehtimol, ko‘pchilik mustaqil o‘rganish onlayn ko‘nikmalarni o‘z ichiga olishini tushunishadi. 2020-yildan beri pandemiya davrida bu ko‘nikmalar ko‘pchilikka o‘z ish joylarini saqlab qolishga va ta’lim va malakasini oshirishda davom etishga yordam berdi. Bizning qahramonimiz boshqalar qatori ushbu mustaqil o‘quv loyihalari orqali o‘qituvchilar va talabalar uchun bu ko‘nikmalarni ilgariroq targ'ib qilgan va ba'zilar uchun bir yildan ortiq vaqt davomida pandemiya ta'kidlagan onlayn faoliyatga o‘tishni osonlashtirgan.

Shu sababli, 2011-yildan beri Kanadaga yashayotgan bo‘lsa ham, u Britaniya Kengashi loyihalarida - allaqachon onlayn tarzda ishtirokini davom ettirgan bo‘lsa, ajablanarli emas. Qolaversa, u yerda ushbu tashkilotdan ko‘p narsalarni olgan, mashg‘ulotlarning sobiq ishtirokchilarining savollariga javob berishda davom etgan Nodira Isamuxamedova boshqa davlatda bo‘lganida ham O‘zbekistonda unga talab borligini his qiladi.

“2019-yildan boshlab men Oʻzbekistonlik ingliz tili oʻqituvchilari uchun Facebook guruhi ochdim. Bugungi kunda 7 mingdan ortiq faol aʼzomiz bor. Ular orasida bugun va avval ishlagan o‘qituvchilar, O‘zbekistonda o‘qituvchilik bilan shug’ullanadigan xorijlik mutaxassislar, shuningdek, men kabi xorijda ishlab, lekin aloqada bo‘lib turgan vatandoshlarimiz bor. Tajriba almashamiz, turli tadbirlar o‘tkazamiz. 2020-yil mart oyidan boshlab men Mentor Hub guruhida oʻziga xos yangi yoʻnalish ochdim va biz ingliz tili oʻqituvchilari uchun vebinarlarni oʻtkazmoqdamiz, 100 ga yaqin vebinar tashkil etilgan. Britaniya Kengashi ham o‘z mutaxassislarini taklif qilish orqali ushbu faoliyatni qo‘llab-quvvatlamoqda, shuningdek, ushbu guruhni boshqaradigan biz uchun treninglar o‘tkazmoqda. Yoki, aytaylik, o'tgan yili Ustozlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tanlovlar g'oliblariga sovg'alar taqdim etdilar”. 

Shubhasiz, hamma ham aslida loyihaga ko‘p vaqt ajrata olmaydi. Bu mashaqqatli ishda Nodira Isamuxamedovani rag‘batlantirgani natija, uning hamkasblarining o‘z kasbi bo‘yicha o‘sib borayotganini ko‘rish imkoniyatidir, chunki har bir vebinarda 100 nafargacha o‘qituvchi qatnashadi va ularning barchasi bepul. Bundan tashqari, har bir kishi istalgan vaqtda YouTube kanalida ushbu onlayn ta’lim darslarini ko‘rishlari mumkin.

“Maqsad – ingliz tili o‘qituvchilariga zamonaviy uslublar, yondashuvlar haqida ma’lumot olish, nafaqat mahalliy, balki xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashish imkonini yaratish. Biz O‘zbekistondagi turli tashkilotlar – Britaniya Kengashi, AQShning mamlakatdagi elchixonasi, Macmillan nashriyoti, “O‘zbekistonda xorijiy tillarni faol o‘rganish va o‘qitish” jurnali, qayta tayyorlash instituti bilan hamkorlikda turli ekspertlarni jalb qilamiz, tadbirlar va vebinarlar o‘tkazamiz. Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassislari, A.Avloniy malakasini oshirish instituti, Shimoliy-Sharqiy Illinoys universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali, O‘zDJTU va O‘zbekistondagi qator oliy o‘quv yurtlari tomonidan  bizga qo‘shma loyihalar, vebinarlar bo‘yicha qiziqarli takliflar, ekspert tavsiyalari uchun so‘rovlar kelib tushmoqda”.

Nodira Nurpo‘latovna Britaniya Kengashi bilan hamkorlikdan ko‘p narsa olganiga ishonadi va endi o‘zi ham nafaqat ingliz tili, balki boshqa fanlar o‘qituvchilarini ham hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarga, kasbiy mahoratini oshirishga ilhomlantira oladi. Har qanday fanni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi umumiy asosga ega va shuning uchun bugungi kunda matematika, biologiya, fizika va boshqa yo‘nalishlar o‘qituvchilari ularning auditoriyasiga aylanishi uchun o‘zbek va rus tillarida bir qancha veb-seminarlar mavjud.

“Menimcha, bu mening ijtimoiy mas’uliyatimning ifodasidir. Men erishgan narsaga Britaniya Kengashi tufayli erishdim, uning loyihalarida ishlash mening professional fazilatlarim va ko‘nikmalarimni shakllantirdi. Bugun men ham boshqalarning shakllanishiga o‘z hissamni qo‘shishga harakat qilaman, go‘yo o‘zim olgan narsamni boshqalarga qaytaraman yoki ingliz tilida aytilishicha, giving back to the community”.

Uning hayotida Britaniya Kengashi katta rol o‘ynaganini inobatga olib, Nodira Isamuxamedova O‘zbekistondagi faoliyatining 25 yilligi yubileyi munosabati bilan o‘zining eng samimiy tilaklarini izhor etadi.

“Biz O‘zbekistonda yangi qiziqarli, foydali, muvaffaqiyatli va barqaror loyihalarni kutmoqdamiz. Britaniya Kengashiga O‘zbekistonda o‘z maqsadlarini amalga oshirishda davom etishi mumkin bo‘lgan ishonchli hamkorlarni tilab qolaman”.