Shahzoda Aripxo‘jayeva
Ikkinchi kurs talabasi Shahzoda Aripxo‘jayeva Britaniya Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Big Idea Challenge 2020” tanlovida g‘olibi bo‘ldi. Bu uning hayot tarziga katta ta'sir ko‘rsatdi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti an’anaviy tarzda Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi loyihalarida ishtirok etadi. Binobarin, “Creative Spark” loyihasi doirasidagi “Big Idea Challenge” haqidagi ma’lumotlar boshqa talabalar qatorida Xalqaro turizm fakulteti ikkinchi kurs talabalarini qiziqtirib qo‘ydi. Shahzodaning ingliz tilini bilishi ushbu loyihada ishtirof etishiga sabab bo‘ldi.
“Mazkur tanlov tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga, g‘oyangizni nafaqat o‘z mamlakatingizda, balki butun dunyoga yetkazishga xizmat qiladi. 2020-yilda pandemiya sharoiti bo‘lganligi sababli, innovatsion ishlaydigan narsani taqdim etish vaqti kelgan edi”, - deydi Shahzoda.
O‘zbekistonlik yosh tanlov ishtirokchisi qandli diabetga chalinganlar, ayniqsa, bolalar uchun parhezbop pishiriqlar ishlab chiqarishni taklif qildi.
“Ushbu mahsulot, asosan, bolalar uchun moʻljallanganligiga urgʻu berildi, chunki ular shirinliklarni yaxshi koʻrishadi, lekin uni isteʼmol qilmasliklari kerak. Bundan tashqari, mahsulotlarni ijtimoiy platformalarda ko‘rsatish orqali onlayn savdoga e’tibor qaratildi, bu yerda odamlar bizning 4 turdagi parhezbop pechenyelarimizdan ham tanlashlari mumkin edi”.
Arzon va ayni paytda samarali g‘oya tanlov hakamlariga manzur bo‘ldi va Shaxzoda Aripxo‘jayeva O‘zbekistonda g‘olib deb topildi.
Shahzodaning fikriga ko‘ra eng qiziqarlisi shundan so‘ng boshlandi. U tadbirkorlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan turli mamlakatlardan bir xil g'oliblarni qo‘lga kiritishga qaratilgan mentorlik kursining ishtirokchisi bo‘ldi.
“Bu London Metropoliten Universiteti tomonidan tashkil etilgan onlayn kurs edi. Unga tajribali tadbirkorlar Mark va Ozzi rahbarlik qildi, biz Gruziya, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan kelgan g‘oliblarning g‘oyalari bilan tanishdik. Ikki hafta davomida biz biznes yuritishning asosiy tamoyillari, bozorga chiqish strategiyasini yaratish, bozor tadqiqoti vositalaridan foydalanish va boshqalar bilan tanishdik. Ikki haftalik trening ishtirokchilarning o‘z biznes-rejalari bo‘yicha taqdimotlari bilan yakunlandi. Bu jarayonda ustozim, ukrainalik ishbilarmon ayol Lyubov Guk ham menga yordam berdi. Bu fikr almashish va ularni amalga oshirish imkoniyatlarini atroflicha tahlil qilish imkoniyati bo‘ldi”, - deb eslaydi Shahzoda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya Kengashi tanlovi uning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelajakda bu borada ongli ravishda qaror qabul qilishiga turtki bo‘ldi.
“Men Britaniya Kengashi bilan ishlashdan juda mamnunman, chunki bu ishtiyoqmand odamlar va turli g‘oyalar bilan tanishish imkoniyatidir. Men har doim boshqa loyihalarda mamnuniyat bilan ishtirok etishga tayyorman ”, - dedi u.
Shahzoda yoshlar innovatsiyalari kabi tanlovlarni katta yutuq deb hisoblaydi. Ma’lumki, Britaniya Kengashining asosiy loyihalari ta’lim, ingliz tili, bilimlarni baholash, san’atga qaratilgan.
“Bizning yoshlarimizda ko‘p qirrali va Britaniya Kengashining deyarli hamma sohalarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan loyihalari bor. “Big Idea Challenge” tanlovida asosiy e’tibor boshqalarning hayotini yaxshilash maqsadida istalgan sohadagi startaplarni taqdim etishga qaratildi. Agar men qandli diabetga chalinganlarning hayotini yaxshilasam, tengdoshlarim ham boshqalarning, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarning hayotini yaxshilaydi. Asosiysi, har kim har qanday g'oyani taklif qilishi mumkin - bu orqali esa, atrofdagilarga yordam berishi mumkin. Ushbu tanlov g'oyasi bizga haqiqatan ham boshqalarning hayotini yaxshilashimiz mumkinligini tushunishga imkon beradi! O‘zbekistonda Britaniya Kengashining 25 yilligi munosabati bilan uning taraqqiyot yo‘lida muvaffaqiyatlar tilayman!”.
“British Council yanada rivojlanishini istardim, chunki uning loyihalari yoshlarni ragʻbatlantiradi. Uning yordami bilan qisqa vaqt ichida tadbirkorlikning ayni rivojida samarani ko‘rish mumkinligini o‘zim ham boshdan kechirdim. Britaniya Kengashining O‘zbekistonda juda faol bo‘lishi esa juda katta foyda!”