Zamira Mahmudova

Britaniya Kengashi –  Inson uchun va Inson haqida bo‘lgan Tashkilotdir. Bu yerga 2002-yilda vaqtinchalik ish bilan kelgan va qariyb 20 yil qolib ketgan Zamira Mahmudovaning fikri shudir.

Shu vaqt davomida u turli lavozimlarda tajriba orttirdi, ya’ni avvalo qabulxonada, keyin kutubxonachi, yoshlar bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va boshqa topshiriqlar, hozir esa - resurslarni boshqarish bo‘yicha menejer lavozimida ishlamoqda. Bunga esa moliyaviy menejment, rejalashtirish, xavflarni minimallashtirish bo‘yicha ishlar, HR majburiyatlari va boshqaruv  kiradi.

Bugungi kunda Britaniya Kengashining boshqaruv guruhi a’zosi bu yerda o‘zining uzoq yillik ishiga nazar tashlar ekan, bu tashkilotning jalb etuvchi, muhim omillari ko‘p va ularning barchasi hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.

“Britaniya Kengashi har doim qimmat kurslar emas, balki rivojlanish uchun imkoniyatlar yaratishi men uchun har doim muhim bo‘lib kelgan, aksariyat hollarda bu “ish bajarsang – ko‘nikmaga ega bo‘lasan” tamoyili asosida sodir bo‘ladi.

Albatta, Zamira Mahmudova maqsadlarga intiluvchi  inson. Uning asosiy yo‘nalishi  - moliya va marketing. Shu bilan birga, u dastlab O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining chet tillari fakultetiga o‘qishga kirdi, so‘ngra Toshkent Politexnika universiteti qoshida tashkil etilgan xorijiy universitetlar filiallari yetakchisi bo‘lgan “Malayziya” fakultetiga o‘tdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmoqda. Zamira fakultet dekani Rustam Sobirovich Qosimovni, uning kursdoshlari orasida hozirgi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, taniqli tadbirkorlar Xusan va Xasan Mamasaidovlar, Zohid Ulmasboyev va boshqalar bo‘lganlarini eslaydi. Demak, o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq yosh mutaxassisning kamolotini belgilovchi omillardan biri bo‘lgan va Britaniya Kengashidagi muhit ham bunga juda mos kelgan.

“Aytish mumkinki, biz bu yerda har oy ko‘nikmalarga ega bo‘lamiz. Nafaqat men, balki hamkasblarim ham. Dunyo o‘zgarishlar yuz berayotganligi sababli, ba’zi yangi bilim va ko‘nikmalar har doim kerak bo‘ladi, masalan, bir xil moliyaviy taomillarda, onlayn ishlashda, mijozlar bilan muloqot qilishda. Ya’ni, har oy bizda qandaydir bilim yangilanishlari bor, bu degani, o‘z ustimizda har kuni ishlaymiz”.

Hamma ham juda chin dildan ishlab, bunday tez ritmda  yashashni xohlamaydi. Biroq Zamira Mahmudovaning ishonchi komilki, Britaniya Kengashida bu jarayon juda oson kechadi.

“Ya’ni siz  doimiy o‘rganishga ishtiyoqmand bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida ham ishlab, ham o‘qiysiz. Bizda “ish va hayot muvozanati” degan yaxshi tushuncha mavjud. Aytaylik, agar pandemiya sababli hozir xizmat safarlarimiz bo‘lmasa, uyda o‘tirib ham internet orqali tajribalaringizni oshirishingiz mumkin. Internet bo‘lmasa ham, siz qiziqarli narsalarni o‘qishingiz va rivojlantirishingiz mumkin. Bugungi kunda onlayn ishlagan holda, biz ko‘pincha birdaniga texnik nosozliklar bo‘lgan vaqtda (chiroq o‘chganda) faqat nima qilyapmiz, qayerga ketyapmiz, strategiyamiz nima, uni qanday ishlab chiqish haqida o‘ylaymiz. Bu vaqt mobaynida o‘ylasa, fikr yuritisa bo‘ladi. Bularning barchasi Britaniya Kengashining o‘ziga xos jihati bo‘lib, u bizga, shaxsan menga ajoyib tarzda ishlaydigan va har birimizga o‘sishimizga yordam beradigan ko‘plab ajoyib ko‘nikmalarni berdi”.

Shuningdek, Zamira uchun juda muhim bo‘lgan Britaniya Kengashining o‘ziga xos muhiti haqida ham gapirib o‘tdi.

“Bizda  o‘ziga xos muhit mavjud, biz bir oiladekmiz. Har bir xodim biz uchun muhim, biz bir-birimizga juda bog'langanmiz. Agar biror xodim boshqa tashkilotga ishlashga o‘tgan bo‘lsa ham, munosabatlar ko‘pincha saqlanib qoladi. Bu oilaviy munosabatlarga juda o‘xshaydi. Men Britaniya Kengashida ishlayotgan davrimda ikki farzandli bo‘ldim. Ba’zilar uchun 20 yil juda ko‘p vaqt tuyulishi mumkin, biroq men uchun bu vaqt juda maroqli hamda judayam tez o‘tdi.”

“Bizda ayollar, nogironlar va boshqalar uchun shaxsiy va kasbiy o‘sishga qaratilgan ko‘plab dasturlar mavjud. Tashkilot zamonaviy sharoitlar bilan hamnafas bo‘lib kelmoqda – 2011-yilgacha bizda odamlar kelib ta'lim resurslaridan foydalanishlari mumkin bo‘lgan o‘quv markazi mavjud edi. Endi esa yangi imkoniyatlari juda ko‘p bo‘lgan onlayn dasturlar mavjud. Va, albatta, Britaniya Kengashi muvaffaqiyatining salmoqli qismi bizning ahil jamoamizdir. Kim bizga bir bora qo‘shilsa,  u biz bilan doimiy qoladi. Xoh u hamkorlarlar bo‘lsin, xoh u yangi xodimlar, bizning muhitni tark etgisi kelmaydi”.

Shu bois Zamira Mahmudova kelajakda ingliz tilini o‘rganish, xorijda ta’lim olish, o‘qituvchilar malakasini oshirishga qiziqish ortib borayotgan O‘zbekistonda Britaniya Kengashi faoliyatiga talab katta bo‘lishiga ishonadi. Britaniya Kengashi esa har doim tegishli rivojlanish dasturlarini taklif qilishga tayyor.

“O‘zbekistondagi faoliyatining 25 yilligi nishonlayotgan Britaniya Kengashi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman! Ushbu tashkilot har bir insonning kasbiy va shaxsiy o‘sishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan insonparvar tamoyillariga ega. O‘zbekistonda doimo rivojlanish uchun shunday imkoniyatlar borligidan juda minnatdorman. Bu yillar davomida Britaniya Kengashida men nafaqat ishlayman, balki odamlardan, tashkilotning o‘zidan ham o‘rganaman. Va nafaqat kasbiy sohadagi mahorat, balki eng yaxshi insoniy fazilat hamdir.”