IELTS imtihonidan istalgan balni olishingiz uchun to'rttala bo'limda birdek eng yaxshi natijalarni ko'rsatishingiz lozim. Yozish qismi asosan nomzodlar tomonidan testning eng qiyin bo'limi sifatida tilga olinadi. Shu sababli, biz IELTS Global mutaxassislarining biridan insho ballarini qanday ko'tarish mumkinligi haqida so'zlab berishini iltimos qildik.
Bugun Alina Promskaya bizga imtihon topshiruvchilar sinov kuni qanday qilib eng yaxshi natijalarni ko'rsatishi mumkinligi haqida to'qqizta eng yaxshi maslahatni beradi.
IELTS imtihonining yozish qismi o'zi nimalardan iborat?
Maslahatlarimga o’tishdan avval, IELTS imtihonining yozish qismini bafurja tushunib olaylik.
Avvalam bor, yozish qismi ikki turdan iboratdir: IELTS General Training IELTSva IELTS Academic IELTS. Qaysi OTM ga kirishingizga qarab ulardan birini tanlaysiz. Qaysini tanshlashingizdan qat'iy nazar siz ikki xil turdagi inshoni yozishingiz kerak bo’ladi.
- Task one (Birinchi vazifa) – IELTS General Training imtihoni uchun maktub yozsangizIELTS, IELTS Academic imtihoni uchun esa grafik, jadval yoki diagrammani tanlab, taqqoslashingiz va umumlashtirishingiz lozim bo'ladi.IELTS
- Task two (Ikkinchi vazifa) – IELTS imtihonining ikkala turi uchun insho yozishingiz talab etiladi, lekin ta'kidlashim joizki, IELTS General Training umumlashtirilgan mavzularni o'z ichiga oladi IELTS.
Keyingi bilishingiz zarur bo'lgan ma'lumot bu baholash mezonlaridir. To'rtta (4) asosiy mezonlar quyidagilardan iboratdir:
- Topshiriqni bajarish – bu yerda berilgan topshiriqning asosiy fikrlarini qanchalik sinchikovlik bilan ko'rib chiqib tasvirlay olganingiz tekshiriladi.
- Mantiqiy izchillik va uyg'unlik - fikr va ma'lumotlarning qanchalik tushunarli qilib ifodalanganligi hamda bog'lovchilardan keng va to'g'ri foydalanganligi tekshiriladi (masalan: ‘in addition’- bundan tashqari, ‘for instance’- misol uchun, ‘furthermore’- qo'shimcha ravishda, ‘however’- ammo, biroq, va hokazo).
- Leksik manba - lug'at boyligingizdan qanchalik keng va to'g'ri qo'llanganingiz va tilda kam ishlatiladigan iboralardan foydalanganingiz tekshiriladi (idiomatik ifodalar yoki professional jargon shular jumlasidandir).
- Grammatik shakl va imlo – grammatik shakllardan samarali va bexato ishlatilganligi va imlo xatolardan holi ekanligi tekshiriladi (masalan: shart mayli, nisbiy olmoshlar, modal fe'llar va inversiya kabi murakkab gaplarda ishlatiladigan grammatik shakllar).
IELTS ning insho yozish bo'limidan yuqori bal olish sirlari
Sizlar bilan imtihon tekshiruvchilarining yozma bo'limida nimalarga e'tibor berishini ko'rib chiqdik, endi esa imtihon kuni nimalarga urg'ru berishingiz kerakligi haqida gaplashsak.
1. Vaqtdan unumli foydalaning.
Sizga bu bo'limda atigi 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Task 2 (ikkinchi vazifa)ga ko'proq baho berilishini inobatga olsak, Task 1 ga 20 daqiqadan oshiq vaqt sarflamang degan bo'alrdim. Berilgan mavzuni obdon rejalashtirib nimalar yozganingizni tekshirib olish uchun yetarlicha vaqt ajrating. Bunga erishish uchun 60 daqiqali insholarni ko'p va ho'p yozib mashq qilishingiz lozim bo'ladi.
2. So'zlarni sanab borishni unutmang.
Task 1ga kamida 150 ta so'z va 2 chi insho uchun esa 250 so'z yozishingiz kerak bo'ladi. So'zlarning kamligi balingizga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
3. Berilgan vazifani to'liq tushunib oling.
Berilgan ko'rsatmani obdon o'qib chiqib, kalit so'zlar yoki iboralarni tagiga chizib chiqing. Inshoda qanday ma'lumotni ishlatishingiz va savol(lar)ga qanday javob berishingiz lozimligini tahlil qilib oling.
4. Fikrlaringizni mantiqan tartibga solib oling.
Besh daqiqagacha aqliy hujum metodiga va ma'lumotlarni tanlashga sarflang. Fikrlaringizni mantiqan tartibga solib, paragraflar, jumlalar va iboralar orasiga bog'lovchi so'zlarni to'g'risini ishlatish ustida bosh qotiring.
5. Jiddiy yondashing
Har bir vazifa ya'ni insho o'zgacha yondashuvga ega.
1 Mashq (Academic) – grafik yoki diagrammadagi asosiy tendentsiyalar va xususiyatlarni aniqlab oling; kirish qismida sinonimlar va boshqa so'zlar yordamida topshiriqda berilgan ma'lumotlarni ma'no o'zgartirmassdan qaytadan yozing; asosiy paragraflarni mantiqan tartibga soling; barcha ma'lumotlarni tasvirlashga urinmang - faqatgina savolda berilgan ko'rsatmani bajaring; asosiy paragraflarda ta'kidlab o'tgan asosiy tendentsiyalarni xulosada umumlashtiring.
1 Mashq (General Training) – berilgan vazifani tahlil qiling; ishoratlar yordamida aqliy hujum metodini qo'llang; aqliy hujumda qisqacha yozib olgan fikrlaringizni paragraflarga tashlab chiqing.
2 Mashq – inshoni kirish qismidan boshlang, so'ngra kamida 2ta asosiy paragraflar va yakuniy qism bilan tugatishni doim yodda tuting; kirish qismida berilgan savolni ma'no o'zgartirmassdan qaytadan yozing va kirish qismi yakunida asosiy fikr- tezisni (thesis statement) unutmang; har bir yangi paragraph uchun alohida mavzu bayoni (topc sentence) bilan boshlang- bitta fikrga bitta mavzu bayoni; berilgan mavzu bayonini tasdiqlash va qo'llab quvvatlash maqsadida misollar va sharh va izolardan foydalaning; xulosada o'z fikrlaringizni umumlashtiring.
6. O'z uslubingizga ega bo'ling.
Har bir topshiriq turi uchun sizga tegishli uslub (rasmiy, yarim rasmiy yoki norasmiy) kerak, bu sizning grammatik shakl va leksik manbani to'g'ri ishlatishingizda asqotadi.
7. Ishingizni topshirishdan oldin tekshirib oling!
Har bir inshoni tugatishingiz bilan obdon ko'zdan kechiring. Ushbu savollarni o'zingizga bering:
- Grammatik va imlo hatolarim bormi?
- Vazifada berilgan barcha savollarga to'liq javob berdimmi?
- Ma'lumotlarni paragraflarga to'gri joylashtirdimmi?
- Har bir paragrafni mavzu bayoni (topic sentence) bilan boshladimmi?
- Xulosada fikrlarni umumlashtirdimmi?
- Kirish qismida savolni fikrlar yordamida ifoda qildimmi?
- Bog'lovchilar va nutq markerlaridan keng va to'g'ri foydalandimmi?
- Takroran ortiqcha fikrlar ishlatdimmi?
- Murakkab gaplardan foydalandimmi?
8. Grammatik shakl va leksik manba ustida ishlang.
Yangi so'z va iborlarni yod olish maqsadida ingliz tilida turli xil jurnal, gazeta va internet sahifalaridagi maqolalarni, e'lon, broshura va har xil qo'llanmalarni o'qib boring hamda IELTS amaliy testlaridan keng foydalaning. Ushbu yod olgan notanish so'z va iboralardan murakkab gaplar tuzishga harakat qiling. Common European Framework of Reference for Languages (Umumevropa til kompetensiyasi) C1 va C2 ga tegishli grammatik shakllar bilan tanishib chiqing.
9. Xatolaringiz ustida ishlang
Xatolaringizni muntazam ravishda bitta alohida jurnalga qayd qilib boring. IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotgan hamkasaba yoki do'stingiz bilan o'rtoqlashing va maslahat oling. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan maslahatlarga amal qilsangiz, siz kutayotgan natijaga albatta erishasiz!
Agar siz IELTS imtihonining yaqin kunlarini yoki test narxini tekshirishni istasangiz, iltimos bizning sahifamizga o'ting.