Biz Aptis ESOL testi ochiq va adolatli bo'lishini ta'minlashga intilamiz. Agar imtihoningiz uchun maxsus qulaylik va/yoki o‘zgartirilgan Aptis versiyalari uchun a qilsangiz, bizning Aptis jamoamiz sizga yordam berishi mumkin.
Maxsus Qulayliklar uchun qanday va qachon murojaat qilishim mumkin?
Maxsus qulayliklar yoki moslashtirilgan versiyalar uchun arizalar sinov sanasidan olti-sakkiz hafta oldin topshirilishi kerak.
Maxsus qulayliklar qulayliklar yuqorida ko‘rsatilgan muddatgacha quyidagicha ma’lumotlar bilan +998 71 205 0660 yoki info@britishcouncil.uz elektron manziliga murojaat qilishingiz kerak:
- imtihon sanasi va o’tkazilish joyi
- sizga kerakli maxsus qulaylik turi
- avvalgi imtihondagi maxsus qulayliklar
Sizning arizangiz 2 yildan ortiq bo’lmagan tibbiy ko’riknoma bilan tasdiqlanishi kerak va quyidagi me’zonlarga javob berishi kerak:
- ingliz yoki o'zbek tillarida tushunarli bo'lishi kerak
- ro'yxatdan o'tgan amaliyotchi shifokor ismi va imzosi bo'lgan qog'ozdagi asl hujjat bo'lishi kerak
- sizning holatingiz va bu qanday qilib maxsus sharoitga bo'lgan ehtiyojga to’g’ri kelishligi haqida aniq bayonot.
Britaniya Kengashi arizangizni ko'rib chiqadi va imtihon uchun mavjud imkoniyatlar bo’yicha imkon qadar tezroq javob beradi. Biz har bir nomzodlarimizga yaxshi sharoit yaratib beramiz, lekin barcha so'ralgan maxsus qulayliklar bo’yicha imtihon tashkil qilinmaydi.
Sizga qanday maxsus qulayliklarni va yordamni taklif qilishimiz mumkin?
Garchi kelishuvlar quyida mavjud variantlardan taqdim etilishi mumkin bo'lsa-da, har bir ariza individual hisoblanadi va ko'rib chiqiladi.
Ikki xil maxsus qulaylik mavjud:
- Moslashtirilgan imtihon test materiallari
- Tashkiliy qulayliklar (masalan, qoʻshimcha vaqt).
Moslashtirilgan test materiallari
Eshitish yoki ko‘rish nuqsonlari tufayli sizga maxsus qulayliklar kerak bo‘lsa, siz moslashtirilgan imtihon materiallardan foydalanishingiz mumkin, jumladan:
- Brayl yozuvlari (1-daraja/un-contracted yoki 2-daraja/contracted)
- tinglash materiallari: (a lip-reading test)
- an amanuensis (javoblaringizni yozib oladigan hodim)
- matnni o’qib berish
- nusxa ko‘chirib beruvchi (so‘zma-so‘z transkript)
- kattalashtirilgan bosma: A4 oʻlchami (18pt qalin shrift) yoki A3 oʻlchami (15,5pt shrift)
- nutq materiallar: Brayl alifbosi yoki kattalashtirilgan hajmda
Moslashtirilgan materiallari yozma formatini yoki boshqa moslashtirilgan formatni o'z ichiga oladi.
Tashkiliy qulayliklar
Disleksiya yoki kognitiv yoki jismoniy qiyinchilik uchun tashkiliy qulayliklar uchun murojaat qilishingiz mumkin. Kompyuterga asoslangan imtihon uchun quyidagilar kiradi:
- qo‘shimcha vaqt: test topshiruvchining ehtiyojiga qarab 25-100 foiz qo‘shimcha vaqt
- imtihon jarayonida nazorat qilinadigan tanaffuslar
- alohida xona
- alohida nazoratchi
- uzoqroq, rejalashtirilgan tanaffuslar
- moslashtirilgan baholash
- shaxsiy kompyuter uskunasidan foydalanish.