IELTS One Skill Retake nima va u qanday ishlaydi?
IELTS One Skill Retake – bu imtihonni toʻliq qayta topshirmasdan kerakli bahoga erishishingizga yordam berish uchun moʻljallangan yangi funksiyadir. Agar bitta imtihon bo'limidagi bahoingizni yaxshilamoqchi boʻlsangiz, IELTS bo'limlaridan istalgan biri – tinglash (Listening), oʻqish (Reading), yozish (Writing) yoki gapirishni (Speaking) qayta topshirishingiz mumkin.
IELTS One Skill Retake xizmati quyidagi test turlari uchun mavjud
- Kompyuterda IELTS Academic yoki General Training
- Kompyuterda IELTS UKVI (Academi yoki General Training)
IELTS One Skill Retake xizmatining afzalliklari
- Bitta bo'limga eʼtibor qaratish: Agar birinchi imtihonda yaxshi natijaga erisha olmagan boʻlsangiz, One Skill Retake toʻliq imtihonni qayta topshirmasdan ingliz tili darajangizni koʻrsatish va balingizni yaxshilash uchun ikkinchi imkoniyatni beradi. Barcha toʻrtta bo'lim uchun qayta imtihon topshirmasdan, bitta bo'lim doir imtihonni qayta topshirish orqali vaqtingiz va pulingizni tejang.
- Sizga tanish bo'lgan imtihon: IELTS One Skill Retake ham odatiy IELTS imtihoni formati va vaqtiga amal qiladi. Bu siz allaqachon imtihon bilan tanish boʻlasiz degani. Yangi imtihonga tayyorlanish va turli vazifa turlarini oʻrganishingiz shart emas.
- Yangi imtihon sertifikatini olish: Siz IELTS One Skill Retake balingiz bilan yangi IELTS imtihoni sertifikatini olasiz. U asl imtihoningizdagi ball va umumiy CEFR balingizni oʻz ichiga oladi.
- Asl imtihon balingiz avvalgidek qoladi: Asl imtihoningizdagi boshqa ballaringizga oʻzgarish kiritilmaydi. Natijalaringizni olganingizdan keyin asl balingizdan foydalana olasiz.
IELTS One Skill Retake'ga qanday ro'yxatdan o'tish mumkin
- Agar yaqinda kompyuterda IELTS imtihonini topshirgan boʻlsangiz, imtihonga yozilishingiz mumkin.
- Shuningdek, IELTS One Skill Retake taklif qiluvchi imtihon markazidan natijalaringizni olgan boʻlishingiz kerak.
- Siz har bir asl imtihonga bitta bo'limni qayta topshira olasiz va One Skill Rerake imtihonini asl imtihonni topshirganingizdan keyin 60 kun ichida topshirishingiz kerak.
- One Skill Retake ro'yxatdan o'tish uchun Test Taker Portaliga kiring, u yerda IELTS natijalaringizni ko'rasiz. Agar siz bitta natijani yaxshilashni istasangiz, qayta olmoqchi bo'lgan bo'lim uchun "Qayta topshirish" tugmasini bosing.