IELTS imtihon kuni haqida ma'lumot va maslahat

Siz IELTS imtihon kunida  bir oz asabiylashingiz mumkin. Shuning uchun imtihonda iloji boricha yuqori saviyada bo’lishiga yordam berish maqsadida biz shu kuni nima bo'lishi haqida ba'zi ma'lumot va maslahatlarni to'pladik.

Siz IELTS imtihoniga o’z vaqtida kelishingiz kerak. Agar kech qolsangiz, imtihonga kirishga ruhsat berilmasligingiz mumkin. Siz imtihondan kamida uch kun avval  elektron pochtangizga qachon va qayerda bo’lishi haqida ma’lumot olasiz. 

Agar siz nogironlik yoki boshqa vaziyat tufayli maxsus sharoitlarni so’rasangiz, test kunida siz uchun sharoit yaratiladi. Iltimos, test markazi  xodimlarimizga olti hafta oldin murojat qiling.

Imtihonga avvaldan tayyorgarlik ko'rishingiz va oldindan ovqatlanib  olishingiz kerak. Sinov xonasiga oziq-ovqat olib kirishga ruxsat berilmaydi va siz shaffof idishda suv olishingiz mumkin.

Imtihon qancha davom etadi?

Eshitish, o'qish va yozish testlari 2 soat 40 daqiqa davom etadi va test qismlari o'rasida tanaffuslar bo'lmaydi.

Sizning nutqingiz testi sinovning boshqa bo'limlari bilan bir kunda yoki bir hafta oldin yoki undan keyin taqdim etilishi mumkin. Agar sizning nutqingiz testi boshqa kunga kelib qolsa, sizga oldindan xabar beriladi.

 

Imtihon xonasiga nima olib kirsam kerak?

Quyidagi narsalarni olib kelishingiz kerak:

  • Sizning passportingiz
  • Qalam va ruchka (qalam tishlash va o’qishda kerak bo’ladi)
  • O’chirg’ich

Sizga olib kelishni maslahat beramiz:

  • Shaffof idishda suv

Sizga imtihon xonasiga boshqa hech narsa olib kirishga ruxsat berilmaydi.

Imtihon kuni shaxsiy narsalarimni qayerga qo’yib turaman?

Imtihon kuni shaxsiy narsalaringiz uchun maxsus qo’riqlanadigan joy ajratiladi. Shaxsiy narsalaringizni test binosida yo’qolishi yoki shikastlanishiga Britaniya Kengashi javobgar emas. Shuning uchun, qimmatbaho narsalaringiz ya’ni uyali aloqa yoki kompyuterlaringizni uyda qoldirib keeling.  

Mening shaxsimni tasdiqlovchi hujjatni qchon tekshirishadi?

IELTS testining mahalliy ishchilari sizni chaxsingizni tekshirishadi.

Iltimos imtihonga ro’yxatdan o’tayotganda foydalangan pasportingizni olib keling. 

Yaroqsiz yoki muddati tugagan passport qabul qilinmaydi. Agar siz kerakli hujjatni taqdim etmasangiz, imtihonga qo’yilmaysiz. 

Men imtihon kuni uchun kerak bo’ladigan rasmga qchon tushaman?

Sizning suratingiz imtihon bo’ladigan kuni qo’shimcha havfsizlik uchun olinadi va test natijasi sertifikatida ko’rsatiladi.

Imtihon paytida menga yordam kerak bo’lsa nima qilaman?

Agar sizda imtihon kuni xar qanday savol paydo bo’lsa qo’lingizni ko’tarib yordam so’rang.

Tinglash imtihoni paytida, sizga tovush yaxshi kelayotganini tekshirib olishiz mumkin. Agar sizga tovush yaxshi kelmasa, qo’lingizni ko’taring hamda nazoratchiga bu haqida xabar bering. 

Iltimos yodizda bo’lsin, Tinglash qismi tugaganidan so’ng sizda o’n daqiqa javoblar varoqasini to’ldirish uchun vaqt bo’ladi. O’qish qismida esa sizda javoblarni ko’chirish uchun o’n daqiqa bo’lmaychi shuning uchun javoblarni bira to’la belgilab keting. 

Agar siz imtihon paytida xojatxonaga bormoqchi bo’lsangiz, qo’lingizni ko’tarib nazoratchiga murajat qiling. Qolgan imtihon topshiruvchilarni bezovta qilmang. 

Imtihon so’ngida nima bo’ladi?

Xodimimiz ro'hsat bermaguncha, o'rningizdan turmang.

Imtihon jarayonoda, sizga halaqit beruvchi biror bir nojo'ya harakatni sezgan bo'lsangiz, zudlik bilan xonadagi xodimimizga xabar bering. 

Agar siz imtihon bilan bog’liq savolni ko’tarmoqchi bo’lsangiz yoki ariza qoldirmoqchi bo’lsangiz, iltimos nazoratchidan Imtihon Muammo Ilovasini so’rang va to’ldiring.

Britaniya Kengashi xavfsizligingizga jiddiy ahamiyat beradi

British Council tomonidan o’tkaziladigan IELTS imtihonida xavfsizlik juda muhimligini unutmang. Qo'shimcha chora sifatida barcha imtihon topshiruvchilar IELTS ma'muriyati xodimlari tomonidan imtihon kunida suratga tushadilar. Iltimos, ro’yhatdan o’tgandan so’ng rasmga olish hususida berilgan yo’riqnoma bilan tanishib chiqing. Ba'zi test markazlarida  barmoq izlarini skanerdan o’tkaziladi. 

Imtihon zaliga uslubi va ko’rinishiga  qaramasdan barcha turdagi soatlarni olib kirish man etiladi. Siz soatlaringizni shahsiy buyumlar uchun maxsus xavfsiz hududida qoldirish kerak bo'ladi. Imtihon zallarida soatlar bo’ladi.