Eslatma:Mazkur qoidalar faqat UKVI uchun IELTS imtihoniga, jumladan, IELTS hayotiy koʻnikmalar imtihoniga amal qiladi.UKVIga aloqador boʻlmagan IELTS imtihonlari haqida maʼlumot olish uchun tegishli hujjat bilan tanishib chiqing.

 A. Bekor qilish 

IELTS imtihoni registratsiyasini imtihon olinishidan oldin, oʻz imtihon markazingizni xabardor qilgan holda, istalgan payt bekor qilishingiz mumkin.Imtihon toʻlovini qaytarish shartlari qachon bekor qilishingiz va istisno holatlar amal qilish yoki qilmasligiga bogʻliq. 

1.Imtihon sanasigacha qolgan muddat 

1.1.Imtihondan 14 kundan koʻproq muddat oldin: 

Agar IELTS imtihoni registratsiyasini imtihondan 14 kundan koʻproq muddat oldin bekor qilsangiz, sizga umumiy imtihon toʻlovining 75% miqdori qaytariladi. 

1.2.Imtihondan oldin 14 kun ichida, lekin ikki kundan koʻproq muddat qolgan davr ichida: 

Agar IELTS imtihoni registratsiyasini imtihondan oldin 14 kun ichida, lekin ikki kundan koʻproq muddat qolgan davr ichida bekor qilsangiz, sizga umumiy imtihon toʻlovining 50% miqdori qaytariladi.  

1.3.Imtihondan oldingi ikki kun ichida: 

Agar IELTS imtihoni registratsiyasini imtihondan oldingi ikki kun ichida bekor qilsangiz, sizga umumiy imtihon toʻlovining 25% miqdori qaytariladi. 

1.4.Imtihon kuni yoki imtihondan keyin: 

Agar IELTS imtihoni registratsiyasini imtihon kuni yoki imtihondan keyin bekor qilsangiz, toʻlovi qaytarilmaydi. 

2.Imtihon topshiruvchilar uchun istisnolar  

Imtihondan oldin va imtihonga kelmagan boʻlsangiz, imtihon sanasidan boshlab besh ish kungacha boʻlgan muddat ichida istisno holatlar boʻyicha daʼvo kiritishingiz mumkin. Imtihon markazi yozma shakldagi daʼvoni qabul qilib olgan paytdan boshlab etti ish kuni ichida sizga javob qaytaradi.Imtihon markazi istisno holatlar boʻyicha daʼvongizni koʻrib chiqadi. 

Istisno holatlar yuzasidan barcha vajlar va tasdiqlovchi dalillar belgilangan imtihon sanasidan keyin besh ish kundan kechikmagan muddat ichida imtihon markazi tomonidan qabul qilib olinishi lozim. 

Agar imtihon markazi daʼvongizni qanoatlantirsa, imtihon toʻlovi, maʼmuriy toʻlov uchun 25% foizdan koʻp boʻlmagan miqdori ushlab qolingan holda, toʻliq qaytariladi. 

Agar imtihon markazi daʼvongizni qanoatlantirmasa, 1-boʻlimda keltirilgan shartlar amal qiladi. 

Biz quyidagilarni istisno holatlar deb baholaymiz: 

  • Imtihonda ishtirok etishingiz yoki imtihonni normal topshirishingizga xalal beruvchi jiddiy kasallik; bu kabi hollarda malakali tibbiyot xodimidan olingan tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma talab etiladi 

  • Yaqin kishilardan birini yoʻqotganlik, jarohat yoki jiddiy qiyinchilikning boshqa koʻrinishlarini isbotlovchi hujjat 

  • Harbiy xizmat 

3.Imtihon markazi uchun istisnolar 

Imtihon markazi nazoratidan tashqari boʻlgan muayyan holatlarda imtihoningizni bekor qilishimizga toʻgʻri kelishi mumkin.Ushbu holatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin shular bilangina cheklanmaydi: favqulodda ob-havo sharoiti, tabiiy ofatlar, fuqaroviy tartibsizliklar va ish tashlash harakatlari. 

Mazkur holatlarda, imtihon markazi sizni imkon qadar koʻproq xabarlar bilan taʼminlaydi va quyidagi tanlovlardan birini taqdim etadi: 

  • Imtihon toʻlovining toʻliq qaytarilishi yoki, 

  • Imtihon sanasining siz uchun qulay boʻlgan kunga koʻchirilishi. 

Imtihon markazi oʻz nazorati ostidagi holatlarda imtihonni bekor qilsa, imtihon toʻlovining toʻliq qaytarilishi yoki imtihon sanasining boshqa kunga koʻchirilishiga qoʻshimcha ravishda, siz tomoningizdan qilingan xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya talabini kiritish huquqiga ega boʻlishingiz mumkin.Ushbu huquqdan foydalanish talabingiz asosli yoki asossiz ekanligi imtihon markazi tomonidan baholanadi va toʻlanadigan har qanday kompensatsiya badali quyidagi shartlar asosida belgilanadi: 

  • Imtihon markazi bekor qilish haqidagi qaror oʻz nazorati ostidagi holat asosida qabul qilinganmi yoki nazoratidan tashqaridagi holat asosida qabul qilinganmi, baholaydi. 

  • Toʻlanuvchi kompensatsiya badali faqatgina safar va turar joy xarajatlari doirasida belgilanadi hamda bu xarajatlar: 

  • bevosita imtihon kuni imtihonga kelishingizni rejalashtirish natijasida yuzaga kelgan, 

  • toʻlov chek(lar)i bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak, 

  • bekor qilingan safar va/yoki turar joy toʻlovlari xizmat koʻrsatuvchi tomonidan qaytarib berilmasligini isbotlovchi dalil mavjud boʻlishi kerak, 

  • koʻrib chiqilayotgan xarajatlar uchun oqilona past bozor qiymatlari bilan solishtiriladi (bu imtihon markazi tomonidan amalga oshiriladi). 

 Agar odatiy yashash joyingizga eng yaqin boʻlgan imtihon manzilidan uzoqroqqa safar qilgan boʻlsangiz, imtihon markazi talabingizni asossiz deb topadi. 

 B. Sanani koʻchirish 

4.1.Imtihondan 14 kundan koʻproq muddat oldin: 

Imtihondan 14 kundan koʻproq muddat oldin istalgan payt imtihoningiz sanasini oʻzgartirishingiz mumkin. 

Bunda dastlabki imtihon sanasidan keyingi uch oy ichida keltirilgan imtihon sanasini, agar mavjud boʻlsa, tanlashingiz lozim.Siz afzal koʻruvchi sana dastlabki imtihon sanasidan uch oydan keyingi davrga toʻgʻri kelgan hollarda, imtihon sanasini koʻchirish imtihonni bekor qilish deb hisoblanadi. 

Bitta imtihonning sanasini faqat bir marta koʻchirish mumkin. 

Imtihon markazi sizdan umumiy imtihon toʻlovining 25% iga teng miqdorda maʼmuriy toʻlov undirishi mumkin. 

4.2.Imtihondan oldingi 14 kun ichida: 

Imtihondan oldingi 14 kun ichida amalga oshirilgan sanani koʻchirish soʻrovi imtihonni bekor qilish hisoblanadi. A boʻlimga qarang. Mazkur hujjatning “Bekor qilish” boʻlimi. 

Eslatmalar: 

i. Toʻlovlarni qaytarish va sanalarning koʻchirilishini tashkillashtirish uchun imtihon markazingiz masʼuldir. 

ii. A. 2. boʻlimiga asosan, imtihon topshiruvchining istisno holatlar boʻyicha daʼvolariga oid qarorlar yuzasidan imtihon markazi javobgar hisoblanadi. 

iii. A. 3. boʻlimiga asosan, kompensatsiya, jumladan, kompensatsiya olish huquqidan foydalana olish masalasi va toʻlanadigan kompensatsiya badali miqdorlariga oid qarorlar yuzasidan imtihon markazi javobgar hisoblanadi. 

iv. Agar IELTS imtihonini topshirish uchun siz roʻyxatdan oʻtgan davlatdagi isteʼmolchi huquqlari himoyasiga oid mahalliy qonunlarda imtihon topshiruvchiga koʻproq imtiyozlar berishni nazarda tutilgan boʻlsa, isteʼmolchi huquqlariga oid mahalliy qonunlar amal qiladi.