Yozish – koʻplab nomzodlar uchun ingliz tili imtihonining eng qoʻrqinchli qismi boʻlishi mumkin, lekin bunday boʻlmasligi kerak. Oʻqish va tinglashdan farqli ravishda, bunda kontent sizning nazoratingizda boʻladi – siz bilmaydigan hech qanday soʻz uchramaydi, chunki yoziladigan barcha soʻzlarni oʻzingiz tanlaysiz! Shuningdek, gapirish qismidan farqli oʻlaroq, oʻzingizga qulay surʼatda oʻylab olish va tayyorlanish uchun vaqtga ega boʻladi, hech sizni kuzatib turmaydi.
Bu post imtihonlarda tez-tez uchraydigan yozma ish turlari va ular qayerda kelishi mumkinligi haqida maʼlumot beradi. Imtihon formati haqidagi soʻnggi maʼlumotlar uchun har doim bevosita asl manba – IELTS yoki Cambridge English Writing teslariga (bu yerdan namunaviy savol va matnlarni ham topasiz) kirish kerakligini yodda tuting.
IELTS topshiruvchilar uchun: bepul onlayn Academic Writing testlar yoki General Training Writing testlari bilan mashq qilishingiz mumkin. Shuningdek, javobingizni IELTS Writing javoblar varaqasiga yozish orqali mashq qilishingiz ham mumkin.
Insho
Bu qayerda keladi?
Bu Birinchi, Maktablar uchun birinchi, Ilgʻor va Oliy daraja imtihonlarining 1-qismida majburiy savol boʻlib kelishi mumkin.
Bu oʻzi nima va kim uchun?
Insho – bu akademik yozma ishdir. U oʻquvchi tomonidan oʻqituvchi yoki professor uchun yoziladi va uning ohangi neytral boʻlishi kerak.
Qanday qilib yaxshi insho yozish mumkin?
Savolni diqqat bilan oʻqing. Aksariyat imtihonlarda ishnoga kiritilishi kerak boʻlgan ayrim kontent elementlari beriladi, ayrimlarida esa ularni oʻzingiz oʻylab topishingiz kerak. Savolga toʻgʻri javob berish uchun ularning barchasini qamrab olganingizga ishonch hosil qiling.
Kontent masalasini hal qilib olgach, mavzudan chetlashmang. Yozma kontentingiz shaxsiy boʻlmasligi kerak, shu sababli, shaxsiy latifalarni ishlatishdan saqlaning va har qanday misollarni umumiy xususiyatga ega tarzda keltirishga harakat qiling.
Xat yoki email
Bu qayerda keladi?
Bu Birinchi, Maktablar uchun birinchi, Ilgʻor va Malakali daraja testlarining 2-qismida ixtiyoriy savol boʻlib kelishi mumkin.
Bu oʻzi nima va kim uchun?
Imtihonda xat va email aslida bir xil narsadir. Kerakli rasmiylik darajasini aniqlash maqsadida xat kimga atalganini, shuningdek, xatni qabul qiluvchi shaxs xatingiz mazmunidan qanchalik xabardor ekanini bilish uchun savolni oʻqing. Ulardan kelgan xatga javob yozyapsizmi yoki oʻzingiz birinchi boʻlib xat yuboryapsizmi?
Qanday qilib yaxshi xat yoki email yozish mumkin?
Xuddi inshodagi kabi, savolni oʻqib, nimalarni kiritish kerakligini qayd qilib qoʻying. Aloqador boʻlmagan maʼlumotlarni kiritmang. Masalan, boshligʻingizga biror muammo haqida xat yozayotgan boʻlsangiz, oʻzingizni tanishtirmang – boshligʻingiz sizni shundoq ham taniydi!
Yozishni boshlashdan avval yozish uchun sabab haqida oʻylang. Shikoyat qilishni xohlaysizmi yoki yordam soʻrashnimi yoki biror narsani taklif qilishnimi? Kontent va ohangning yozish uchun sababga mos ekaniga ishonch hosil qiling.
Yozish uchun sabab (va ehtimoliy rasmiylik) |
Foydali iboralar |
Shikoyat qilish (rasmiy) |
I feel I must draw… to your attention. I was disappointed to find/see that... |
Yordam soʻrash (neytral va norasmiy daraja orasida) |
I was wondering if you could… Would it be possible (for me) to…? |
Taklif berish yoki kelishuv (neytral va norasmiy daraja orasida) |
How would you like to…? Would you be interested in ...ing…? You are very welcome to stay at my place/use my office/car/bike. |
Maslahat berish (neytral va norasmiy daraja orasida) |
Have you considered … ing…? You shouldn’t …. Try not to worry/overthink it…. |
Fikr yoki tajriba bilan boʻlishish (neytral va rasmiy daraja orasida) (Yodda tutin, bu baʼzida Ilgʻor yoki Oliy daraja imtihonlarida keladi hamda koʻproq “muharrirga xat” shaklida maqolaga oʻxshaydi. Xatni oʻquvchi kimligini bilish uchun har doim savolni oʻqing). |
I am writing in response to your request for readers’ experiences of/ thoughts on... |
Sharh
Bu qayerda keladi?
Bu Birinchi, Maktablar uchun birinchi, Ilgʻor va Malakali daraja testlarining 2-qismida ixtiyoriy savol boʻlib kelishi mumkin.
Bu oʻzi nima va kim uchun?
Sharh odamlarga biror filmi tomosha qilish, biror kitobni oʻqish yoki biror turdagi mahsulotni sotib olish haqida qaror qabul qilish uchun yordam beradi. Sharhlarni jurnal va veb-saytlarda koʻrish mumkin va keng doiradagi odamlar tomonidan oʻqiladi – ulardan ayrimlarining didi siznikidan farq qilishi mumkin.
Qanday qilib yaxshi sharh yozish mumkin?
Muvozanatni saqlang. Oʻz fikringizni bildiring, lekin hamma ham aynan shu sifatlarni qidirmasligini yodda tuting. Men shaxsan romantik komediyalarni unchalik yoqtirmayman, lekin hatto men ham “Garri va Salli uchrashganida” yaxshi film deb bilaman – unda haqiqiy yumor, hissiy qizgʻinlik mavjud hamda u hatto bugungi kunda ham nihoyatda mashhur. Bularning hammasi sharhda ekani tan olinishi kerak, chunki yuqoridagilarning barchasi, sharh foydali boʻlishi lozim.
Maqola
Bu qayerda keladi?
Bu Birinchi, Maktablar uchun birinchi va Oliy daraja imtihonlarining 2-qismida ixtiyoriy savol boʻlib kelishi mumkin.
Bu oʻzi nima va kim uchun?
Imtihonlarda maqolda – bu “fikr” boʻlib, u insonlarni koʻnglini ochishi va xabardor qilishi kerak. Sharhlar kabi, maqolalar jurnal va veb-saytlarda chiqariladi va keng doiradagi odamlar tomonidan oʻqiladi, shu sababli, ularda oʻquvchi haqida juda koʻp taxminlar qilinmasligi kerak.
Qanday qilib yaxshi maqola yozish mumkin?
Qiziqarli boʻling. Agar mavzudagi savol sizni qiziqtirmasa, boshqa savolni tanlang. Agar unga nisbatan ishtiyoqingiz boʻlsa, bu ajoyib, lekin fikrlaringizni sabab va/yoki misollar bilan mustahkamlashga tayyor turing, shuningdek, agar Oliy daraja imtihonida boʻlsangiz, qarama-qarshi nuqtayi nazarni ham eʼtirof etishingiz kerak. Maqola uslubi haqida tasavvurga ega boʻlish uchun internet va jurnallarda ingliz tilidagi maqolalarni oʻqing.
Hisobot
Bu qayerda keladi?
Bu Birinchi, Maktablar uchun birinchi, Ilgʻor va Oliy daraja imtihonlarining 2-qismida ixtiyoriy savol boʻlib kelishi mumkin.
Bu oʻzi nima va kim uchun?
Hisobot oʻquvchiga sodir boʻlgan biror hodisa, masalan, biror voqea yoki soʻrovnoma natijalari haqida soʻzlaydi. Siz bu voqeani baholashingiz yoki natijalarni umumlashtirishingiz hamda xulosa yozishingiz kerak, xulosaga tavsiyalaringizni ham kiritishingiz mumkin.
Hisobotlar odatda boshliq yoki oʻqituvchi uchun yoziladi.
Qanday qilib yaxshi hisobot yozish mumkin?
Kichik sarlavhalardan foydalaning. Ushbu blogpostni kichik sarlavhalarsiz oʻqishni tasavvur qilib koʻring – ehtimol, post sizga nihoyatda noqulay boʻlib tuyulsa kerak! Oʻquvchi uchun foydali boʻlishidan tashqari, kichik sarlavhalar..
- fikrlaringizni tartibga solishga yordam beradi
- imtihon oluvchiga hisobot qanday yozilishini tushunishingizni koʻrsatadi
Savolni oʻqib, talab etiladigan kontentni aniqlang (masalan, soʻrovnoma qanday oʻtkazilgan, natijalar, tavsiyalaringiz). Bu kontent hisobotingizning har biri kichik sarlavhalarni oʻz ichiga olgan boʻlimlarini (odatda uchta) tashkil qiladi.
Taklif
Bu qayerda keladi?
Bu Ilgʻor va Oliy daraja imtihonlarining 2-qismida ixtiyoriy savol boʻlib kelishi mumkin.
Bu oʻzi nima va kim uchun?
Taklif joriy vaziyatdan yoki sodir boʻlgan voqeadan kelib chiqib tavsiya yoki tavsiyalar berishdan iborat. U hisobotga oʻxshash boʻlsa-da, ikkalasining farqi shuki, hisobot asosan oʻtmish yoki hozirga qaratilgan boʻladi, taklif esa asosan kelajakka qaratilgan boʻladi.
Taklif boshligʻingiz, mahalliy hokimiyat yoki boshqa tashkilot uchun boʻlishi mumkin.
Qanday qilib yaxshi taklif yozish mumkin?
Yana qaytaramiz, avvalgi boʻlimda keltirilgan barcha sabablarga koʻra, fikrlaringizni tartibga soling va kichik sarlavhalardan foydalaning.
Hikoya
Bu qayerda keladi?
Bu Maktablar uchun birinchi daraja imtihonining 2-qismida ixtiyoriy savol boʻlib kelishi mumkin.
Bu oʻzi nima va kim uchun?
Bu vaqtichogʻlik uchun oʻqiladigan (va yoziladigan) ishdir. Agar boʻsh vaqtingizda hikoyalar yozib yoki oʻqib turmasangiz, bu savol sizga mos boʻlmasligi mumkin.
Qanday qilib yaxshi hikoya yozish mumkin?
Ijodiy gʻayrat va nazorat oʻrtasidagi muvozanatni toping, bunda ham lingvistik nazorat (yozishni boshlashdan oldin fantastik gʻoyani qanday ifoda etishni bilishingizga ishonch hosil qiling!), ham ijodiy nazorat (hikoya yakunga ega boʻlishi lozim) hisobga olinishi kerak.
Qanday tildan foydalanishim mumkin?
Ehtimol, bu savolda siz oʻz tilingizni namoyish qilish uchun eng yuqori darajada erkinlikka ega boʻlasiz. Barcha eng yaxshi soʻzlar, grammatik va iboralaringizni kiritish uchun tasavvuringizga toʻliq erk berishingiz mumkin.
Shunday qilib, 2-qismda eng oson yozma ish turi qaysi?
Agar ingliz tili oʻqituvchingiz boʻlsa va uning portlashini koʻrmoqchi boʻlsangiz, unga shu savolni bering! “Oson” tushunchasi hamma uchun har xil maʼnoni anglatadi – baʼzi insonlar taqriz yoki xat yozishdagi ijodiy erkinlikdan zavqlansa, boshqalar bundan choʻchishi mumkin. Bundan tashqari, qarorni imtihon kuni chiqarishingizga toʻgʻri keladi, chunki:
- Imtihon varaqasini koʻrmaguncha 2-qismda sizga qaysi variantlar tushishini bilmaysiz.
- Tanlovni nafaqat yozma ish turi, balki mavzuni ham hisobga olib amalga oshirishingiz lozim.
Masalan, siz uchun zerikarli boʻlgani sababli taklif yozmaslikka qaror qilib, kinoni yaxshi koʻrganingiz uchun kino uchun taqriz yozishni xohlashingiz mumkin. Imtihon kuni esa taqriz varianti oʻrniga mahalliy kinofestivalga taklif berish varianti tushishi mumkin!
2-qismga kelganingizda, barcha variantlarni oʻqib, oʻzingizdan “Qanday qilib hayotiy tajribam va ajoyib, boy soʻz boyligimni bu savolni yoritish uchun qoʻllashim mumkin?” deb soʻrang. Buni bir qarorga kelmasingizdan oldin, ochiq fikrlik bilan bajaring.
Oxirgi jihat...
Yuqoridagi yozma ish turlarining barchasida fikrlaringizni paragraflarga taqsimlashni unutmang va gʻoyalaringizni tushuntirish uchun bogʻlovchilardan foydalaning. Masalan, bitta fikrni kuchaytirayotganingizni koʻrsatish uchun bundan tashqari, shuningdek (bir yoʻnalishda davom etish) kabi soʻzlarni, qarama-qarshi fikr keltirayotganingizni bildirish uchun esa biroq, shunga qaramay, boshqa tomondan (yoʻnalish oʻzgarishi) kabi soʻz va iboralarni ishlating.