Tinglash koʻnikmasi – ingliz tilini oʻrganish jarayonining nihoyatda muhim qismidir, lekin buni qanday yaxshilash mumkin
Bu post tinglashning uchta qiyinlik darajasiga bagʻishlangan: qulay tezlikda tinglash, tabiiy tezlikda tinglash hamda turli aksent va lahjalarni tinglash. Agar darajangiz C1 yoki C2 boʻlsa, birinchi boʻlimni tashlab ketishingiz mumkin. Bundan quyi darajalar uchun, agar oʻzingizni chindan oʻrganuvchi sifatida his qilishni va haqiqatan ham tinglash koʻnikmangizni yaxshilashni xohlasangiz, barcha qiyinlik darajalari kombinatsiyasi zarurdir.
Darajasi quyi boʻlgan koʻplab oʻrganuvchilar ingliz tilini turli aksentlarda tabiiy tezlikda tinglashni xohlamaydi, chunki oʻzlarini bunga “tayyor” emasdek his qiladi, lekin aslida esa, boshlash uchun juda erta degan tushuncha mavjud emas, shu sababli, agar darajangiz boshlangʻich boʻlsa, bu postning qulay tezlik boʻlimidan boshqa qismlarini ham oʻqib chiqishingiz kerak!
Agar imtihonga tayyorlanayotgan boʻlsangiz, imtihon formati haqidagi soʻnggi maʼlumotlar uchun har doim bevosita asl manba – IELTS yoki Cambridge English vebsaytiga kirish kerakligini yodda tuting. IELTS topshiruvchilar bepul onlayn Listening testlar bilan mashq qilishi mumkin.
Qulay tezlikda tinglash
Deyarli barcha kurslar va darsliklar oʻrganuvchilar darajasiga moslangan tinglash mashqlariga ega va mutlaq darajadan notabiiy darajagacha sekinlashtirilgan, soddalashtirilgan nutqni alohida tinglash foydasiz boʻlishi mumkin boʻlsa-da, darajalangan tinglash mashqlari, shubhasiz, oʻzingizga boʻlgan ishonchni nihoyatda oshiradi.
Biroq, agar sizda ingliz tili kursi uchun vaqt yoki pul boʻlmasa yoxud qatnayotgan kursingizni qoʻshimcha darajalangan tinglash mashqlari bilan toʻldirmoqchi boʻlsangiz, siz uchun mos qiyinlik darajasidagi tinglash mashqlarini qayerdan topish qiziq boʻlishi mumkin. Mana ayrim variantlar.
Voice of America’s Learning English saytida sodda ingliz tilidagi yangiliklar mavjud. Yangiliklar ham audio, ham yozma matn shaklida berilgan, audio esa tabiiy tezlikdan ancha sekin. Istasangiz, birgalikda oʻqishingiz mumkin. Xuddi shu veb-sahifada ikki xil darajadagi ingliz tili kurslariga havolalar mavjud. Bu Amerika mahsuloti boʻlgani sababli, ushbu darajalar Yevropa standarti bilan bogʻliq emas, biroq 1-daraja oʻrganishni endigina boshlaganlar uchun, 2-daraja esa A2/B1 oʻrtachadan oldingi (pre-intermediate) darajali oʻrganuvchilar uchun foydalidir. Bu daraja sizga mos yoki mos emasligini bilishning eng yaxshi usuli – birortasini tinglab koʻrishdir.
Agar sizga kengroq qamrovdagi darajalangan tinglash mashqlari kerak boʻlsa, Britaniya Kengashining LearnEnglish vebsayti tinglashga bagʻishlangan butun boshli boʻlimga ega. U yerdan Beginner A1 dan Advanced C1 gacha daraja asosida tartiblangan oʻnlab tinglash mashgʻulotlarini topasiz. Bu tinglash mashqlari ishga oid va ijtimoiy vaziyatlar, shuningdek, kvartirani ijaraga olish kabi foydali syujetlarga asoslangan boʻlib, tayyorlanishingiz uchun tayyorgarlik mashgʻulotlari bilan birga keladi.
Tinglashni qulayroq qilishning yana bir usuli – bu biz eshitishni yoqtiradigan narsalarni tinglash va ularni sekinroq tezlikda ijro etishdir. Masalan, YouTube platformasida videoning quyi qismidagi sozlamalar tugmasini bosing va ijro tezligidan 0.75 darajani tanlang, bu haqiqiylik saqlab qolinadigan nisbatan sekin tezlikdir. 0,5 daraja biroz gʻalati eshitiladi, lekin shunda ham tabiiy nutqning barcha koʻtarilish, tushish va ulangan soʻzlashuv xususiyatlarini olasiz, shu sababli, agar bu siz uchun qulay boʻlsa, ikkilanmay foydalanavering! Aksariyat audio kitoblar va podkastlarda ham bu xususiyat mavjud.
Tabiiy tezlikda tinglash
Chaqaloqligimizda bizning til bilan dastlabki toʻqnashuvimiz tinglash orqali yuz beradi, lekin katta yoshli til oʻrganuvchilari uchun taxminlar va tashvishlar baʼzan tushunishga xalaqit berishi mumkin. Ayrim oʻrganuvchilar tabiiy tezlikdagi nutqqa uchraganda vahimaga tushadi va bu koʻpincha har bir soʻzni ilgʻab olishimiz kerak, degan yanglish tushuncha sababli kelib chiqadi, aslida esa biz oʻzimiz tushunadigan narsaga diqqat qaratishimiz kerak. Agar tinglash koʻnikmamizni yaxshilamoqchi boʻlsak, notanish soʻz va tovushlar oldidagi qoʻrquvni yengib oʻtish nihoyatda muhimdir.
Xoʻsh, ingliz tilini tabiiy tezlikda, hatto pastroq tezlik darajalarida tinglash orqali erishish mumkin boʻlgan maqsadlarni qanday qilib oʻz oldimizga qoʻyamiz?
Agar siz oʻrganishga endigina kirishgan boʻlsangiz, oʻz tilingizdagi tagyozuvga ega seriallarni ingliz tilidan koʻrish yoki ovqat tayyorlash vaqtida radioni yoqib qoʻyish orqali boshlashingiz mumkin. Audiodan koʻra tagyozuvni koʻproq kuzatasizmi yoki shunchaki radiodagi qoʻshiqlarga raqs tushasizmi, bu ahamiyatsiz, tabiiy tezlikdagi ingliz tili tovushlar va ulangan soʻzlashuv kabi xususiyatlar bilan tanishish boshlash uchun yaxshi nuqtadir. Bu holatda koʻzlangan maqsad – shunchaki, oʻzingiz eshitadigan tovushlarga koʻnikish, ular bilan bir xonada boʻlish va oʻtmishdagi ingliz tili darsi travmalaridan sovuq terga botmaslikdir.
Agar darajangiz boshlangʻichdan yuqoriroq boʻlsa, oldingizga biroz yuqori maqsadni qoʻyishingiz mumkin. Masalan, oʻsha serialdagi sevimli epizodingizgni qayta tomosha qiling, lekin bu safar tagyozuvsiz. Bunda filmda nima boʻlishini allaqachon bilasiz, shu sababli, biror narsani oʻtkazib yuborishdan xavotir olmasangiz ham boʻladi, shuningdek, kontekst qanchalik tushuna olishingizni koʻrish imkonini ham beradi. Yoki soddaroq syujetga ega yangi serial tanlang va uni boshidan ingliz tilida, dastlab inglizcha tagyozuv bilan, tayyor boʻlganingizdan keyin esa tagyozuvsiz tomosha qiling.
Film tomosha qilish – ingliz tilini tabiiy tezlikda tinglashning maroqli usuli uchun ajoyib gʻoya hamdir.
Turli aksentlar va talaffuzlarni tinglash.
Malagada bir yil yashaganimdan keyin ilk bor Madridga borganim hali ham yodimda, bu paytga kelib ingliz tilida bemalol muloqot qila olardim, lekin Madridda qahva buyurtirishda meni tushunishlari va oʻzimning tushunishim qiyin boʻlgan. Albatta, “standart” ispan tili andalus tilidan ancha oson, deyishingiz mumkin, biroq tillar, aksentlar va lahjalar borasida qiyinroq yoki osonroq degan tushuncha mavjud emas, masala – oʻzimiz nimaga koʻnikkanimizdadir.
Fikrimcha, to biz biror tilda yetarlicha qamrovdagi aksentlarni tushuna oladigan boʻlmagunimizcha oʻzimizni bu tilning bilimdoni deb ayta olmaymiz. Siz oʻylagandan farqli oʻlaroq, BBC radiosi buning ustida ishlashni boshlash uchun yaxshi nuqtadir. BBC Sounds ilovasida radio eshittirishlarni bepul tinglashingiz mumkin: DJ aksentlariga ega 6 Music, vazn bilan gapiruvchi Cerys Matthews, Iggy Popʼning boʻgʻiq va choʻziq qoʻshiqlari, nisbatan yoshlarga xos aksent va lugʻatga ega 1Xtra, bir qator Britaniya aksentlariga ega BBC Asian Network va ayrim ajoyib hind ohanglari (bu boʻlimni biror mamlakat/mintaqada BBC radiosidan foydalanishthis imkoniga qarab oʻchirib tashlash kerak boʻlishi mumkin.)
BBC Sounds ilovasida podkast va tahrirlangan audio kitoblar ham mavjud boʻlib, ular ham ijrochi va aktyorlar orasidagi turli aksent va lahjalar bilan keladi. Va eng muhimi, musiqa tinglashingiz mumkin, bu esa, oʻzingiz ham bilganingizdek, qulogʻingizni oʻrgatishning ajoyib usulidir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, tinglash mashqi uchun nimani tanlashingizdan qatʼi nazar, doim eshitganlaringizni toʻliq tushunishingiz shart emas. Baʼzan tagyozuv kabi yordamchi vositalarga tayanish yoki hatto, shunchaki, tovushlar qurshovida qolishingiz mumkin, bu normal, lekin tinglash koʻnikmasini yaxshilamoqchi boʻlsangiz, tushunishingiz uchun ulay boʻlgan ramkadan tashqariga chiqishingiz kerak. Agar aytilgan har bir soʻzni takrorlay olsangiz, bu juda oson kechadi va siz jasurroq boʻlishingiz kerak!