By Anna Hasper

18 July 2024 - 15:54

Bu maqolada uyda IELTS testiga qanday tayyorlanishni tushuntiruvchi IELTS ekspertlarimizdan amaliy maslahat va tavsiyalarni topasiz.

Agar IELTS testiga ish yoki oʻqish bilan birga tayyorlanayotgan boʻlsangiz, IELTS darsiga qatnashishga kamroq vaqtingiz boʻlishi mumkin. Shunday ekan, agar IELTS testiga uyda qanday tayyorlanish haqida qiziqayotgan boʻlsangiz, quyida testga tayyorlanayotganingizda sizga yordam beradigan amaliy fikrlar keltirilgan.

IELTS Ready bilan tanishib, IELTS testiga eng yaxshi bepul yo'l bilan tayyorlaning

Uyda IELTS testiga qanday tayyorlanish mumkin: Writing

Yozish koʻnikmalaringizni rivojlantirish uchun koʻp mashq qilishingiz kerak. Quyida yozish amaliyotingizni shakllantirishga yordam beradigan baʼzi firklar keltirilgan:  

  • Writing 1-vazifa va 2-vazifa uchun ayrim model javoblar bilan tanishing. IELTS kursi kitoblarini tekshiring yoki bu yerda razm soling. Javobingizni qanday tuzish haqida tasavvur hosil qilish uchun baʼzi modellarni tahlil qiling va foydali soʻz birikmalari uchun matnni oʻrganing. Masalan, Academic Writing 1-vazifada oʻzgarishlar yoki taqqoslashlar uchun qanday soʻzlar ishlatilishini tekshiring. General Training 1-vazifa uchun xatingiz maqsadini koʻrsatishingiz mumkin boʻlgan turli usullarni tekshiring. 
  • Har kuni ta’lim, sog‘lom turmush tarzi, iqlim o‘zgarishi va boshqalar kabi IELTS bilan bog‘liq mavzularda biror narsa yozishga harakat qiling. Uyda muayyan vaqtga mo‘ljallangan mashqlarni bajarish yaxshi fikr, chunki test paytida ikkala yozuv vazifasini bajarish uchun faqat bir soat vaqtingiz bo‘ladi. Shunday ekan, budilnikingizni sozlang va 1-vazifa uchun taxminan 20 daqiqa va 2-vazifa uchun 40 daqiqa ajrating. Ayrim yozish vazifalarini bu yerdan topishingiz mumkin.
  • Mashq qilishning oʻzi yetarli emas – oʻz ishingiz haqida ham fikr yuritishingiz kerak. Agar sizda o‘qituvchi yordami bo‘lmasa, ishingizni tekshirish va hali ham ishlashingiz kerak bo‘lgan narsalarni aniqlash uchun IELTS ball tavsiflaridan foydalaning. Shuningdek, siz EnglishScore Tutors, British Councilʼning yakka tartibdagi repetitorlik xizmati bilan tanishishingiz yoki yozganlaringiz haqida bepul fikr-mulohaza olish uchun ushbu veb-saytdan foydalanishingiz mumkin.

Uyda IELTS testiga qanday tayyorlanish mumkin: Listening

Testning Listening boʻlimi test topshiruvchilar uchun ko‘pincha qiyin bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, quyida IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishda tinglash qobiliyatingizni oshirishga yordam beradigan ba’zi fikrlar keltirilgan: 

  • IELTS testida turli shevada soʻzlashuvchilarni kutishingiz mumkin. Turli shevalar bilan tanishish uchun Listen quyidagilarni tinglang: BBC 6 daqiqa yoki TED Talks. Bu sizga Listening boʻlimdagi soʻzlashuvchilarni oson tushunishingizga yordam beradi. 
  • To‘liq mok Listening testini o‘tkazish nafaqat 30 daqiqalik diqqatni jamlash nimani anglatishini tushunishga yordam beradi, balki hozirgi darajangizni ham aniqlaydi. Javoblaringizni tekshirayotganda eʼtiboringizni xato javoblarga qarating va qayerda xato qilganingiz haqida oʻylang. Matnni eshitmadingizmi? Savolni xato tushundingizmi? Javobni xato yozdingizmi? Agar bitta vazifa turida tez-tez xato qilayotganingizni sezsangiz, ushbu vazifa turini koʻproq mashq qiling.
  • Audioyozuvlarni o‘rganish IELTS uchun lug‘atingizni tayyorlashga yordam beradi. Kontekstda ishlatiladigan tilni eshitish va koʻrish uni qanday ishlatishni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi. Mavzuga aloqador foydali soʻz birikmalarini topish yoki jumlalarni qayd qilish uchun ham audioyozuvdan foydalanishingiz mumkin.

Uyda IELTS testiga qanday tayyorlanish mumkin: Reading

Quyida IELTS muvaffaqiyati uchun sizga kerak boʻladigan oʻqish koʻnikmalarini shakllantirishingizga yordam beradigan baʼzi fikrlar keltirilgan: 

  • Oʻqish odatini yarating va har kuni ingliz tilida oʻqing. Oʻqishning har qanday shakli ravonlikni rivojlantirish uchun yaxshi, lekin testda yaxshi natija olish uchun IELTS uchun foydali bo‘lgan matnlarga, masalan, IELTS mavzularga aloqador matnlarga yoki muayyan uslubda yozilgan matnlarga e’tibor qarating. Boshqacha qilib aytganda, siz testda koʻrishingiz mumkin boʻlgan tsoʻzlarni ichiga olgan matnlar. Masalan, The Guardian, The BBC va The Economist bilan tanishing. 
  • Tezkor o‘qish strategiyalari Reading bo‘limida vaqtingizni boshqarishga yordam beradi. Biror matnni o‘qish va ba’zi Wh-Questions (nima, qayerda, qachon, kim, qanday, nima uchun) savollariga javob berish uchun bir yoki ikki daqiqa vaqt ajratish orqali koʻz yugurtirish va skanerlash koʻnikmalaringizni rivojlantiring. Buni istalgan matn bilan bajarishingiz mumkin, garchi har bir matnda barcha javoblar boʻlmasa ham. 
  • Reading mok testini bajarayotganingizda xato javoblarga diqqat qarating va qayerda xato qilganingizni aniqlang. Bu keyingi safar toʻgʻri javob berishingizga yordam beradi.

Uyda IELTS testiga qanday tayyorlanish mumkin: Speaking

Uyda IELTS testiga tayyorlanayotganingizda gapirishni mashq qilish qiyin bo‘lishi mumkin. Quyida bir nechta taklif keltirilgan: 

  • Agar ravon gapirish kerak bo‘lsa, TED Talkʼni tanlang va 2 daqiqa davomida gaplarini qaytaring: soʻzlovchini tinglang, toʻxtatish tugmasini bosing va u aytganlarini bevosita takrorlang. Bu uslub ravonroq gapirishingizga yordam beradi. 
  • Agar Speaking 2-qismiga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, ba’zi model javoblarni tinglang va uni bogʻlovchi soʻzlar va turg‘un iboralar kabi foydali jumlalar uchun o‘rganing. Keyin taymerni sozlang va xuddi shu savolga javob berishingizni yozib oling. Navbatingizni qanday uzaytirish haqida oʻylab koʻring, masalan, batafsilroq yoki kengaytirish strategiyalari yordamida. 
  • Nutqingiz ustida ishlashning eng yaxshi usuli – bu so‘zlashuvchi do‘st bilan ishlash. Birgalikda ishlash motivatsiyani saqlab qolishga yordam beradi, lekin bir-biringizga fikr bildirishingiz mumkin. Bir-biringiz uchun savol tanlang va Speaking vazifalarini yozing. Bir-biringiz fikr-mulohaza bildirish uchun har bir mezon uchun ball tavsiflaridan foydalaning.

IELTS testiga tayyorgarlikni davom ettirish

Uyda IELTS testiga tayyorlanishning turli xil usullari mavjud bo‘lib, ular pul va vaqtni tejaydi. Boshlashdan oldin qaysi testni (Academic yoki General Training) topshirishingiz va qaysi yetkazish rejimini (qog‘oz yoki kompyuterda IELTS) tanlashingizni aniqlashtirib oling, shunda kerakli kontekst bilan tanishishingiz mumkin.

Tayyorganishni boshlashdan oldin har bir ko‘nikma bo‘yicha kuchli tomonlaringizni bilish va kerak bo‘lgan yoʻnalishlarda ishlay olishingiz uchun amaliy test topshiring. 

Oʻqish jadvali IELTS testiga tayyorlikni kundalik odatga aylantirishingizga yordam beradi. Realist boʻling va tayyorgarligingizni kichik qismlarga bo‘ling va bajarilgan qismlarni belgilab boring.

Muvaffaqiyat kaliti – ishonchli manbalarni topish va harakat qilishdir.

Bizning bepul IELTS tayyorlov veb-seminarlariga qoʻshiling va sizni test kuniga tayyorlaydigan koʻp turdagi bepul tayyorgarlik materiallari uchun IELTS Ready bilan tanishing.