Agar sizda ko’rish, eshitish, gapirish va o’rganish jihatdan qiyinchiliklaringiz bo’lsa bizning rasmiy IELTS test markazlarimiz sizga ko’maklashadi. Agar sizda IELTSning o'zgartirilgan shakliga ehtiyoj bo’lsa test markaziga uch oy oldin habar bering.
Agar maxsus ehtiyojingiz (misol uchun, qo’shimcha vaqt talabi) bo’lsa unda test markaziga olti oy oldin habar bering.
Sizning maxsus extiyojlaringizdan qat’iy nazar Ingliz tilini bilish qobiliyatingiz ob’ektiv tarzda baholanadi.
MAXSUS EHTIYOJLAR QUYIDAGILARNI O`Z ICHIGA OLADI:
- Brayl yozuvdagi test savollari
- Kerakli paytda to’xtatish va pauza imkonini beruvchi maxsus eshitish CD
- Eshitish testining lablar orqali o’qish shakli
- Brayl yozuvidagi yoki harflar hajmi kattalashtirilgan shakldagi og’zaki test savollari yoki savol varaqalari
Qanday turdagi yordamlardan foydalanishim mumkin?
Agar sizda ko’rish bilan bog’liq muammo bo’lsa, biz quyidagilar bilan ta’minlashimiz mumkin:
- kattalashtirilgan harfda imtihon materiallari;
- brayl alifbosida imtihon materiallari;
- sizga javoblarni yozib berish uchun kotib;
Agar sizda eshitish bilan muammolar bo’lsa, biz quyidagilar bilan ta’minlashimiz mumkin:
- maxsus ovoz kuchaytiruvchi uskunalar
- eshitish testining lab orqali o’qish shakli
Agar disleksiya kasalligi bo’lsa, biz quyidagilar bilan ta’minlashimiz mumkin:
- o’qish va Yozish imtihonlari uchun qo’shimcha vaqt;
Agar sizda IELTS testining o’zgartirilgan shakliga maxsus ehtiyojingiz bo’lsa, iltimos biz bilan darhol bog’laning.
BIZNING MANZIL:
2-qavat, A blok
Xalqaro biznes markazi
Amir Temur ko'chasi, 107B,
Toshkent, 100084, O'zbekiston
TELEFON
+99871 2050660