Sublimation Festival
Sublimation Festival – bu Toshkentda o'tkazilgan, kreaktivlik, inklyuzivlik va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o'zgaruvchan madaniy tadbir bo'lib, u global va mahalliy san'atkorlarni birlashtirib, madaniy to'siqlarni bartaraf etish va Markaziy Osiyo ijodiy manzarasini qayta ko'rib chiqishni ko'zda tutadi. Festival zamonaviy va an'anaviy san'at shakllarini noyob tarzda uyg'unlashtirdi.
O‘tkazilgan sanalar: 27–29 sentyabr 2024
Tadbir fotosuratlari bizning Flickr akkauntimizda mavjud.
Oxus Culture tomonidan tashkil etilgan inklyuziv fotografiya bo‘yicha master-klass
Britaniyalik eshitish qobiliyati cheklangan fotograf Stephen Iliffe Toshkentga tashrif buyurib, 13 ta eshitish qobiliyati zaif va g'olib bo'lgan yosh fotograflar uchun ikki kunlik master-klass o‘tkazdi. U ishtirokchilarga o‘zining ijodiy g‘oyalari, tajribalari va moslashuv strategiyalari bilan bo‘lishdi, amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar bilan qo‘llab-quvvatlandi.
O‘tkazilgan sanalar: 2–3 may 2024
Tadbir fotosuratlari bizning Flickr akkauntimizda mavjud.
139 Documentary Centre tomonidan tashkil etilgan ‘NOMSIZ’ kinofestivali
“NOMSIZ” kinofestivali butun Markaziy Osiyodan turli rejissyorlar va tashabbuslarni birlashtirib, mintaqaviy birlik va dialogni mustahkamlashga qaratilgan. Mustaqil, eksperimental kino orqali ijtimoiy va siyosiy dolzarb masalalarni yoritgan festivalning asosiy dasturida O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Hindiston va Buyuk Britaniyadan 56 muallifning 70 ta filmi namoyish etildi. Maxsus dasturda Londonda faoliyat yuritayotgan, innovatsion tarzda arxiv materiallaridan foydalanadigan nigeriyalik artist Onyeka Igwe va uning ustaxonasi, shuningdek, tarixiy materiallarni dekonstruktsiya qilish orqali yangi vizual narrativlar yaratish imkoniyatlarini namoyish etgan O'zbek dokumentalist Shuhrat Makhmudovga alohida e'tibor qaratildi.
O‘tkazilgan sanalar: 20–28 aprel 2024
Tadbir fotosuratlari bizning Flickr akkauntimizda mavjud.
Invisible Island Studio tomonidan zine yaratish bo‘yicha master-klass
Invisible Island Studio tomonidan o'tkazilgan ikki kunlik master-klassda rassom, fotograf va zine yaratuvchisi Andreas Lazslo Konrat o'z ijodiy tajribasi bilan bo'lishdi. Tashkentning Uchtepa tumandagi Invisible Island studiyasida o'tkazilgan tadbirda 30 ta arizadan 15 nafar ishtirokchi tanlandi. Master-klass davomida u zine yaratish jarayonida turli materiallardan foydalanish, dizayn va ver-stka texnikalarini muhokama qildi.
O‘tkazilgan sanalar: 12 va 14 fevral 2024
Tadbir fotosuratlari bizning Flickr akkauntimizda mavjud.