O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi “Ijodiy prodyuserlar” dasturining beshinchi yili boshlanganini e’lon qiladi.

Creative Producers Programme British Councilning Yevropa Kengroq hududlarida joylashgan davlatlar: Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Turkiya, Ukraina, O‘zbekiston va G‘arbiy Bolqon davlatlari rejissyorlari uchun qiziqarli kasbiy rivojlanish imkoniyati bo‘lib, bunda ular ko‘nikma va kasbiy aloqa tarmoqlarini kengaytirish uchun mashhur Curated Place (Buyuk Britaniya) prodyuserlik agentligi bilan hamkorlik qiladilar.

Ushbu dastur yangi loyihalar, jamoalar va ijodkor tashkilotlarni qo'llab-quvvatlash orqali yanada ulug'vor va dadil ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun Creative Production faoliyatini xalqaro miqyosda keng yoyish va targ'ib qilish uchun mo'ljallangan.  

Biz ijodkor prodyuserlarni san'at turlarida tajribalar o'tkazish va ishlashga chorlaymiz, shu sababli o'zingizni sinab ko'rish va dasturga ariza topshirish uchun ushbu noyob imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Seminarlar, xalqaro ishtirokchilar guruhini loyiha va g‘oya yaratish, uning mohiyatini ochib berish, uni qayerda, qachon amaliy yetkazish, buni qanday amalga oshirish masalalari va bu kim uchun mo'ljallanganligi xususida tadqiqot qilish uchun mo'ljallangan. Dasturning maqsadi - bu ijodiy qarashlar va texnik muammolardan tortib byudjetlar, logistika va auditoriyagacha bo'lgan ijodiy ishlab chiqarishning barcha jihatlarini tushunadigan, mahalliy asosga ega, ammo xalqaro miqyosda bog'langan barqaror va ilhomlangan ijodiy guruh hamjamiyatini yaratish.

Dasturning oʻtgan yillardagi faoliyati va ijodkor prodyuserlar loyihalari haqida koʻproq maʼlumotlarni bu yerdan topishingiz mumkin.

Dastur bosqichlari

Dastur bir necha bosqichlardan iborat bo'ladi:

  • 2024-yil 15-dan 19-yanvariga qadar Curated Place dan bo'lgan murabbiylar bilan bir haftalik onlayn seminar, 
  • 2024-yil 4-dan 8-martiga qadar Albaniyada bir haftalik oflayn seminar, 
  • Tanlangan ishtirokchilar uchun qisman moliyaviy yordam va Buyuk Britaniyada kasbiy aloqa tarmoqlarini o'rnatish imkoniyatlari dasturni muvaffaqiyatli yakunlagandan so'ng mavjud bo'ladi

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

  • Creative Producers badiiy va madaniy tadbirlar, ko'rgazmalar, festivallar va loyihalarda amaliy logistika va ijodiy jarayonlarni keltirib chiqaradigan ijodiy loyihaning harakatlantiruvchi kuchi sifatida keng qabul qilinadi.
  • Biz turli xil san’at sohasi vakillarini, jumladan, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlarni, madaniyat maskanlarining badiiy rahbarlari va ma’murlarini, rassomlar, kuratorlar, festival tashkilotchilari, teatr tanqidchilari va dramaturglari, rejissyorlar, raqqos(a)lar, musiqachilar va madaniy loyihalarni tashkil etish tajribasiga ega bo‘lganlar va ijodiy ishlab chiqarishda professional ko'nikmalarni rivojlantirish va xalqaro hamfikrlar bilan aloqa o'rnatish istagida bo'lganlarni ko'rik-tanlovda ishtirok etishini qutlaymiz. 

E'tibor bering Ijodkor prodyuserlar ham musiqa, hamda kinofilm musiqasini ishlab chiqarishda ishlashi mumkin bo'lsa-da, kinofilm ishlab chiqarish uslublari hamda rivojlangan Kinofilm va Musiqa sohasida kasbiy rivojlantirishdan o'tish uchun mo'ljallangan kurs ushbu dasturda qabrab olinmaydi.  

Potentsial nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • 18 yosh yoki undan katta bo'lish 
  • Yangi asar yaratishda 3 yildan 5 yilgacha tajribaga ega bo'lish
  • Madaniy va ijodiy sohalarga oid loyiha uchun noyob g'oya yoki konseptsiyani yaratish 
  • Loyiha taklifini rejalashtirishda ekobarqarorlik va tarqatish strategiyasini hisobga olish 
  • Buyuk Britaniyaning madaniy sohasi bilan hamkorlik qilishni hisobga olish 

Shartlar va qoidalar

Dastur onlayn va oflayn rejimda bo'lib o'tadi va ishtirokchilar quyidagilarni bajarishi shart: 

  • Dasturning barcha bosqichlariga amal qilish (quyida "Asosiy sanalar"ga qarang) 
  • Ingliz tilini yaxshi bilish (CEFR bo'yicha B2 daraja) 
  • Onlayn trening uchun bir haftada 5 kunni to'liq ajratish 
  • Uy vazifasi uchun vaqt ajratish
  • Dastur taasurotlarini baham ko'rish uchun intervyular va/yoki bloglarda qatnashish 
  • Loyiha g'oyasining kelajakdagi har qanday namoyishida dastur va hamkorlarni eslatib o'tish 
  • Dastur ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish va birgalikda sahnalashtirishda ochiq bo'lish 
  • Muvaffaqiyatli nomzodlar kelajakda qo'shimcha taqdimotlar va British Council bitiruvchilari dasturlarida ishtirok etish uchun taklif qilinishi mumkin. 
  • Muvaffaqiyatli nomzodlar British Council bilan muntazam aloqada bo'lishlari, loyiha yangilanishlarini taklif qilishlari va loyiha monitoringi va baholashiga ko'maklashishlari talab qilinadi. 

Dastur ingliz tilida o'tkazilishi va tarjimasi taqdim etilmasligini yodda tuting. 

Biz faqat dastur talablariga muvofiq ravishda to'ldirilgan arizalarni ko'rib chiqamiz ("Ariza topshirish jarayo"ga qarang).

Ariza topshirish jarayoni

Nomzodlardan onlayn ariza shaklini to'ldirishlari va topshirishlari yoki quyidagi savollarga javob bergan holda 3 daqiqalik videoni yuborishlari so'raladi:  

  • Iltimos, bizga, nima uchun dasturning bir qismi bo'lishni xohlayotganingiz, bu sizning ijodiy amaliyotingizga qanday foyda keltirishi va sizning shahringiz va davlatingiz san'at sohasiga qanday foyda keltirishi haqida aytib bering. 
  • Iltimos, bizga, qo'llab-quvvatlash va moliyalashtirish mavjud bo'lgan taqdirda, siz ishlab chiqmoqchi bo'lgan loyiha turini amaliy misol sifatida keltiring. Loyiha haqida batafsil ma'lumot bering va nima uchun u hozir amalga oshirilishi muhim loyiha.

Onlayn arizalar yoki videolarni topshirishning oxirgi muddati 12-noyabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 23:59da. 

Tanlov bosqichi

Arizalarni baholash British Council va Curated Place vakillaridan tuzilgan baholash guruhi tomonidan amalga oshiriladi.  

Baholash guruhi arizalarni nomzodning qo'yilgan talablarga muvofiqligi va ariza formasida taqdim etilgan ma'lumotlarning sifati asosida baholaydi. Arizangizda, dasturga nima uchun qiziqayotganingizni va ushbu dastur sizning davlatingizdagi madaniy va ijodiy sohani rivojlantirishga hissa qo‘shishingizga qanday yordam beradi deb o‘ylashingizni aniq ifodalashingiz muhim.  

Muvozanatlangan ishtirokchilar guruhini tashkil qilish maqsadida biz, turli hil tajriba, millat va ijtimoiy/madaniy kelib chiqishga ega nomzodlar arizalarini qabul qilishni qutlaymiz va qo'llab-quvvatlaymiz. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun bizning Global Tenglik Siyosatimiz Qoidalari va Irqchilikka Qarshi Kurashish Chora-tadbirlari Rejasi bilan tanishib chiqing.  

Ariza topshirishning oxirgi muddati bo'lgan 12-noyabr, mahalliy vaqt bilan soat 23:59ga qadar toʻldirilgan va topshirilgan arizalar baholash guruhi tomonidan koʻrib chiqiladi.  

Tanlov jarayonidan so'ng, British Council qisqa ro'yxatga kiritilgan dastur nomzodlari bilan suhbat o'tkazishi mumkin.  

Muvaffaqiyatli nomzodlarga 25-noyabrgacha elektron pochta orqali xabar beriladi.  

Arizalar soni tufayli biz tanlovda muvaffaqiyatsiz deb topilgan arizalar haqida fikr-mulohaza bildira olmaymiz.

Asosiy sanalar

  • Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2023-yil 12-noyabr 
  • Qisqa ro'yxatga kiritilgan nomzodlar bilan onlayn intervyu: 2023-yil 16-18-noyabr 
  • Muvaffaqiyatli nomzodlarni xabardor qilish: 2023-yil 25-noyabr 
  • Onlayn ta'lim olish dasturi: 2024-yil 15-19-yanvar  
  • Oflayn ta'lim olish dasturi, Albaniyada, 2024-yil 4-8-mart
  • Tanlab olingan ishtirokchilar Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradilar: 2024-yil Iyul

Curated Place haqida

Creative Producers dasturi Curated Place yordamida amalga oshiriladi. 

Curated Place - bu xalqaro jamoat dasturlari, keng ko'lamli jamoat instalyatsiyalari, original buyurtmalar, rassomlarni rivojlantirish, musiqa strategiyasi, tadbirlar va barqaror ijodiy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ijodiy prodyuserlik kompaniyasi.

Loyiha muvofiqlik talablari va mezonlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun milan.lucic@britishcouncil.org bilan bog'laning.