Silviya Lahav Goldsmits Universiteti Ijodiy va madaniy tadbirkorlik kafedrasida ma’ruzachi bo’lib ishlaydi. Teyt Britan, Teyt Modern, Milliy Galereya, Milliy portretlar galereyasi hamda Viktoriya va Albert muzeyi kabi, Londonda faoliyat yuritadigan yirik muzeylar bilan hamkorlikda ishlashning yigirma yillik tajribasiga asoslanib, San’at muzeyida ta'lim, tarjima va aloqalar bo'yicha bir qator o’quv kurslarini olib boradi. U Byam nomidagi San’at shou institutida (San’at Universiteti qoshida) Tasviriy san’at bo’yicha diplom yoqlagan, dastlabki ta’lim darajasini Open Universitetidan, Magistrik darajasini Birbek kollejidan, Doktorlik darajasini esa, London Universitetidan olgan.
Virjiniya Batton hozirda Birlashgan Qirollik, Falmut San’at institutida rahbar bo’lib ishlaydi, Britaniya Teyt galereyasida (Teyt Britan) muzey eksponatlari muxofizi bo’lib ishlagan. U tajribali ilmiy rahbar va boshqaruvchi, san’at tarixchisi, yozuvchi, kurator, murabbiy va maslahatchidir. Muzeylarni boshqarish o’quv kursida Virjiniya kuratorlik jihatlari hamda keng qamrovli madaniy tadbirlarni boshqarish va o’tkazish tajribalari bo’yicha ma’ruzalar qiladi.
Doktor Jerald Lidstoun, London shahri, Goldsmits Universiteti qoshidagi Ijodiy va madaniy tadbirkorlik Instituti rahbari. London shahri, Goldsmits Universiteti qoshidagi Ijodiy va madaniy tadbirkorlik Instituti rahbari. San’atni boshqarish va madaniyat sohasidagi siyosat yo’nalishida magistrlik ta’limi asoschisi, Ijodiy va madaniy tadbirkorlik dasturi va Madaniyat sohasidagi siyosat, munosabatlar va diplomatiya yo’nalishida magistrlik ta’limi qo’shma asoschisi hisoblanadi. U Madaniyat va axborot vazirligi nomidan o’n ikki yildan ziyod vaqt mobaynida Vetnam, Hanoy Madaniyat universitetida San’atni boshqarish yo’nalishidagi ta’limni joriy etish bo’yicha ishl olib borgan. Ushbu faoliyat Ford Jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilgan va u, Vetnam madaniyatiga hissa qo’shgani uchun, milliy medal bilan taqdirlangan. U Slovakiyada san’atni boshqarish ta’limini joriy etish bo’yicha Britaniyaning (Tashqi ishlar vazirligi) to’rt yillik Nou-Xau loyihasi rahbari bo’lib ham ishlagan. Bu ishning natijasi o’laroq, san’atni boshqarish mavzusida dastlabki kitob Slovak tilida chop etildi, shuningdek Britanya Kengashining “Muzeylarga oshno bo’lish” deb nomlangan loyihasi amalga oshirildi.
Gerri Morris, Manchester shahri, Morris Xargrives Makintayr Ta’sischi direktori. Morris Xargrives Makintayr madaniyat, meros va xayriya sohalari bo’ylab xalqaro darajada ish olib boruvchi, strategiya va tadqiqotlar yo’nalishida maslahatlar beruvchi yetakchi tashkilot hisoblanadi. U oxigi 35 yil davomida Birlashgan Qirollik madaniyat sohasining bir qismi bo’lib, Teyt, Milliy galereya, Britaniya muzeyi, Chikago San’at instituti kabi, muassasalarda auditoriyani o’rganish bo’yicha katta loyihalarga boshchilik qilgan. Albatta bu hali hammasi emas.
Gerri Birlashgan Qirollik va butun dunyo muzeylari va galereyalariga muxlislar e’tiborini oshirish yo’nalishida faollik bilan ishlab, u bozor segmentasiyasi, auditoriya xilma-xilligi va auditoriyani rivojlantirish sohalarida yetakchi vazifasini o’tamoqda. U 2011 yil muvaqqat ko’rgazmalar bozorini noyob, ulkan tadqiqot qilish tashabbusi bilan chiqdi, bu esa, aksariyat muzey va gelereyalar uchun o’ta muhim hisoblangan strategik bozor to’g’risida yangi qimmatbaho ma’lumotlar taqdim etdi. Gerri bir necha nashrlar muallifi bo’lib, hozirda keng ko’lamda darslar o’lib bormoqda, shuningdek u Manchester Biznes maktabida Biznesni boshqarish magistri darajasini egallagan.