Mazkur tadqiqot “Global muammolar tadqiqoti“ (GCRF) jamg’armasining granti so’vrindorlari bo’lmish Leisester universiteti jamoasi tomonidan o’tkazilgan bo’lib, unda ko’zlangan asosiy maqsad Covid-19 pandemiyasining O’zbekiston hunarmandchiligi sohasiga ko’rsatgan ta’sirini o’rganish edi.
Tadqiqotning maqsadi pandemiyaning madaniy me’ros bo’lmish hunarmandchilik sohasiga ko’rsatgan ta’siri va hunarmandlarga ushbu og’ir damlarni yengib o’tishda qanday yordam berish kerak, pandemiyadan katta aziyat chekkan mazkur sohani qanday qilib barqarorligini ta’minlash mumkinligi borasidagi fikr-mulohazalar keltirilgan.