Britaniya Kengashining O‘zbekistonda ingliz tilini baholash bo‘yicha 1-konferensiyasi o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
«New Directions in English Language Assessment» bu Britaniya Kengashi tomonidan har yili oʻtkaziladigan bir qator konferensiyalar boʻlib, ularda mahalliy va xalqaro miqyosda ingliz tilini baholash tendensiyalari va yondashuvlari bo‘yicha istiqbollar va tushunchalar taqdim etiladi. Konferensiya siyosat uchun mas’ul shaxslarni, amaliyotchilarni va tadqiqotchilarni innovatsion yondashuvlar va amaliy yechimlarni taqdim etish uchun birlashtirishga qaratilgan. Unda asosiy e’tibor real hayotiy misollar va bajarilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlarga qaratiladi.
Sanalar: 15-17 noyabr
Joyi: onlayn
Mavzular:
Birinchi kun | Siyosatdan amalga oshirishgacha |
Ikkinchi kun | Siyosatni amalga oshirish uchun oʻqituvchilarni tayyorlash |
Uchinchi kun | Oʻqituvchilar: Siyosat va oʻquvchilar natijalari oʻrtasidagi koʻprik |