Biz O‘zbekistonda Britaniya Kengashining «New Directions» - 2-Ingliz tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha anjumanini e’lon qilishdan mamnunmiz.

Anjumanning maqsadi mahalliy va xalqaro darajadagi ingliz tilini baholashning tendentsiyalari va yondashuvlari bo‘yicha istiqbol va tushunchalarni taqdim etishdan iborat. U innovatsion yondashuvlar va amaliy yechimlarni taqdim etish uchun siyosat ishlab chiqaruvchilar, amaliyotchilar va tadqiqotchilarni birlashtiradi, bunda asosiy e’tibor amaliyotdan misollar va bajarilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlarga qaratiladi.

Sanalar: Juma 10 mart
Joy: Jahon tillari universiteti
Mavzu: Ingliz tilini isloh qilish va sifatli ta’lim

Kichik mavzular:

  • Til taʼlimi islohotiga yaxlit yondashuvlar: til oʻrgatish, oʻrganish va baholashga kompleks yondashuvni joriy etish
  • Salohiyatni roʻyobga chiqarish: siyosat, ishtirok va ta’sir
  • 21-asrda ish, oʻqish va shaxsiy ehtiyojlari uchun ingliz tili: 4 ta malakani boʻyicha imtihon qilish uchun dalillar
  • Sifatni baholash usullari va mahsulotlari orqali ingliz tili ta’limi sifatini ta’minlash

 

«New Directions» haqida

«New Directions in English Language Assessment» bu Britaniya Kengashining til imtihoni va baholash boʻyicha asosiy anjumanidir. 2013 yilda tashkil etilganidan buyon 12 ta anjuman boʻlib oʻtdi, oʻntasi Sharqiy Osiyoda va ikkitasi Lotin Amerikasida. Anjuman mahalliy, mintaqaviy va xalqaro darajadagi ingliz tilini baholashning tendensiyalari va yondashuvlari haqida istiqbol va tushuncha beradi.

«New Directions»ning maqsadlari:

  • Ta’lim tizimlarida ingliz tilini baholash sohasidagi zamonaviy ishlanmalar va ilgʻor tajribalar almashish uchun noyob platforma yaratish.
  • Mintaqaviy va xalqaro darajada siyosat ishlab chuqaruvchilar, ta’lim mutaxassislari, olimlar, oʻqituvchilar va baholash boʻyicha amaliyotchilar oʻzaro aloqada boʻlishlari, ma’lumot almashishlari va sohadagi etakchi oʻzgarishlardan xabardor boʻlishlari uchun dinamik makonni ta’minlash.
  • Mahalliy ehtiyojlarga javob beradigan va jahon standartlariga mos keladigan baholash yechimlarini topish uchun turli mintaqaviy va xalqaro mutaxassislar oʻrtasida doimiy muloqotga yordam berish.

 

«New Directions 2023» haqida

«New Directions» turkumi manfaatdor tomonlarni birlashtirib, tilni baholash va isloh qilishning asosiy mavzulari bo‘yicha munozaralarni davom ettiruvchi muvaffaqiyatli global anjumanlarimizga tayanadi. «New Directions» turkumi mahalliy darajadagi alohida dolzarb mavzularga qaratilgan boʻlib, oʻqitish, oʻrganish va baholashga yaxlit yondashuvda muammo va yechimlarni muhokama qilish uchun mahalliy va Buyuk Britaniya mutaxassislarini birlashtirishga qaratilgan. «New Directions» turkumidagi tadbirlarimiz ishtirokchilari oʻzlarining taʼlim kontekstiga eʼtibor qaratishlari va shu bilan birga turkumdagi xalqaro anjumanlar bilan bogʻliq holda til oʻrgatish, oʻrganish va baholash boʻyicha kengroq, global munozaraning bir qismi boʻlishlari mumkin.

«Sifatli taʼlim yili»da «New Directions» tadbiri Oʻzbekistonda til bilish darajasini baholash taʼlim tizimidagi taʼlim islohotlarini qanday ragʻbatlantirishi va shakllantirishi mumkinligini muhokama qiladigan forumdir.

Ma’ruzachilar

Yalpi majlis ma’ruzachilari

  • Professor Barri O’Sallivan O.B.E.
  • Gemma Belhauz, British Council
  • Yayra Abduraimova, Uzbekistan State World Languages University in Tashkent
  • Nodira Isamuhamedova, Westminster International University

Anjuman moderatorlari va maslahatchilari

  • Eydan Holland, British Council