Agar sizning oliy o'quv yurtingiz Buyuk Britaniyaning universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirishni istasa, bu - xodimlar va talabalarning harakatlari, birgalikdagi dasturlar, tadqiqotlarda hamkorlik yoki salohiyatni oshirish kabi yo'nalishlardan qay biri bo'lishidan qat'iy nazar, sizga yordam berish uchun ba'zi imkoniyatlar mavjud.
Buyuk Britaniya universitetlari blan hamkorlik qilish imkoniyatlari
- Creative Spark
- Oliy ta`limda islohotlar Going Global Partnerships dasturi
- Future English
- O’quv rejasini ko’rib chiqish bo’yicha Yo’l xaritasi
- Tadqiqot va Tadbirkorlik o’rtasida aloqalarni rivojlantirish bo’yicha o’quv kursi
- Going Global 2020
- Pedagogik innovatsiya markaziga ko'maklashish
- Talabalarning Milliy ilmiy-ma'rifiy markazi
- Oliy Ta'limni Baynalmilallashtirish
- Enterprise Award tanlovi 2019
- Xalqaro Loyihalar
- Turizm loyihasi uchun ko'nikmalar
- Buyuk Britaniya universitetlari blan hamkorlik qilish imkoniyatlari
- Kasb-hunar ta'limi almashuvi
- New Directions Turkumi O'zbekiston 2021
- «New Directions» O‘zbekiston 2023 turkumi
Erasmus+
25 yildan ziyod vaqt mobaynida Yevropa Ittifoqi Erasmus dasturini talabalar va xodimlarning harakatlanishini hamda Yevropa va undan tashqarida muassasalararo hamkorlikni rivojlantirish uchun moliyalashtirdi. Yangi dastur (Erasmus +) Yevropa va Yevropadan bo'lmagan oliy ta'lim muassasalari uchun Erasmus Mundus, Tempus, Alfa va Edulink kabi sobiq Evropa Ittifoqi dasturlari tajribasi va muvaffaqiyatlariga asoslanib, ta'lim sohasida hamkorlik qilish uchun bunga qadar bo'lmagan imkoniyatlarni taklif qiladi.
Evropa Ittifoqiga mansub oliy ta'lim muassasalari bilan EIdan bo'lmagan oliy o'quv yurtlari o'rtasida talabalar va xodimlarni almashishuvi; Qo'shma magistratura va Doktorantura darajalari; hamda muassasalararo hamkorlik uchun mablag' ajratishi mumkin. Ushbu mablag'larning ba'zilari to'g'ridan-to'g'ri Evropa Komissiyasi tomonidan boshqariladi. Buyuk Britaniyada Erasmus + dasturi Britaniya Kengashi va "Ecorys" o'rtasida hamkorlikni amalga oshiradigan Buyuk Britaniya milliy agentligi tomonidan boshqariladi. Britaniya Kengashi Erasmus+ dasturinining oliy ta'lim uchun markazlashtirilmagan faoliyatlarini boshqaradi.
Xalqaro kredit mobilligi
Erasmus + dasturi ilk marotaba Yevropa («Dastur») va Evropadan bo'lmagan («Hamkor») mamlakatlar o'rtasida xodimlar va talabalar almashinuvini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa Xalqaro Kredit Mobillik deb ataladi. Veb-sahifada ishtirokchi-davlatlar ro'yxati keltirilgan. Shuningdek u yerda dastur davlatlarini ham ko'rishingiz mumkin.
Ushbu moliyalashtirish uchun faqat "Dastur" mamlakatlaridagi muassasalargina ariza topshirishlari mumkin. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya universitetlari bilan aloqalari mavjud muassasalar ushbu moliyalashtirishni muassasalararo aloqalarni va potensial o'qitish va tadqiqot hamkorliklarini mustahkamlash vositasi sifatida ko'rib chiqish;ari mumkin.
Agar siz Buyuk Britaniya universitetlari bilan hech qanday aloqangiz yo'q bo'lsa-da, lekin Erasmus + mablag'laridan foydalanishni istasangiz, "Sheriklar uchun imkoniyat" shaklini yuklab olish va to'ldirish uchun hamkorlik bo'yicha imkoniyatlar veb-sahifasiga tashrif buyuring.
Agar siz qo'shma dasturlar, salohiyatni oshirish imkoniyatlari yoki boshqa dasturlar haqida ma'lumotga ega bo'lishni xohlasangiz, Evropa Ittifoqining Erasmus + bilan hamkorlik qilish bo'yicha ko'rsatmalariga murojaat qiling yoki 27 ta Hamkor-Davlatdan birida joylashgan bo'lsangiz, mahalliy Erasmus + ofisiga murojaat qilishingiz mumkin."
Ufq 2020
Horizon-2020 Yevropa Ittifoqi Tadqiqotlar va Innovatsiya dasturining eng yirik dasturi bo'lib, u etti yil mobaynida (2014 yildan 2020 yilgacha) 80 milliard evro miqdoridagi mablag'ni moliyalashtiradi va bunga ushbu mablag' jalb etadigan xususiy investitsiyalar kirmaydi. U etuk g'oyalarni laboratoriyadan bozorga olib chiqish orqali g'aroyib kashfiyotlar va dunyodagi ilg'or natijalarni va'da qiladi.
Tadqiqot va innovatsiyalarni birlashtirish orqali "Ufq-2020" mukammal ilm-fan va sanoatda etakchi bo'lishga erishishda hamda jamiyatimiz oldida turgan eng katta qiyinchiliklarning ba'zilarini engishda yordam beradi. Maqsad - Yevropalik va jahonning boshqa qit'alari vakillaridan iborat tadqiqotchilarni jahon darajasidagi ilm-fanni shakllantirish, innovatsiyalar yo'lidagi to'siqlarni olib tashlash yo'lida hamkorlik qila olishlari hamda davlat va xususiy sektorning innovatsiyalarni etkazishda birgalikda ishlashlarini osonlashtirishdan iborat.
Ufq-2020, Evropa Ittifoqi tashqarisidagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish uchun turli xil imkoniyatlar taqdim etadi. Biroq, hududlarga nisbatan ularning huquqiy va iqtisodiy maqomiga qarab turli qoidalar qo'llaniladi.
EURAXESS UK
Euraxess - Yevropa Ittifoqi tashabbusi bolib, u tadqiqotchilarning xalqaro mobilligi va kasbiy yuksalishini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Britaniya Kengashi Buyuk Britaniyadagi tadqiqot manzarasi, mobil tadqiqotchilar uchun amaliy ma'lumotlar va xalqaro tadqiqotlar uchun ish o'rinlari va moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumotga ega bo'lgan Euraxes BQ veb-saytini boshqaradi.
- Creative Spark
- Oliy ta`limda islohotlar Going Global Partnerships dasturi
- Future English
- O’quv rejasini ko’rib chiqish bo’yicha Yo’l xaritasi
- Tadqiqot va Tadbirkorlik o’rtasida aloqalarni rivojlantirish bo’yicha o’quv kursi
- Going Global 2020
- Pedagogik innovatsiya markaziga ko'maklashish
- Talabalarning Milliy ilmiy-ma'rifiy markazi
- Oliy Ta'limni Baynalmilallashtirish
- Enterprise Award tanlovi 2019
- Xalqaro Loyihalar
- Turizm loyihasi uchun ko'nikmalar
- Buyuk Britaniya universitetlari blan hamkorlik qilish imkoniyatlari
- Kasb-hunar ta'limi almashuvi
- New Directions Turkumi O'zbekiston 2021
- «New Directions» O‘zbekiston 2023 turkumi