O'zbekiston oliy ta'lim tizimi kadrlar tayyorlash sifatini har tomonlama rivojlantirish yo'li bilan yanada modernizatsiyalash va takomillashtirishga qaratilgan rivojlantirishni davom ettirmoqda. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni isloh qilish, universitetda tadqiqot olib borish va professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish yo'nalishalrida bir qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Britaniya Kengashi va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (OO'MTV) loyihalari orqali yo'lga qo'yilgan hamkorlik pedagogk kadlar salohiyatini oshirish, ularning kasbiy va tadqiqotchilik malakalarini oshirish va xalqaro miqyosga olib chiqish orqali Buyuk Britaniyada va O'zbekistondagi bir qator oliy o'quv yurtlarining salohiyatini oshirishga o'z xissasini qo'shdi.

Ushbu hamkorlik loyihalaridan biri Erasmus + IMEP loyihasi: O'zbekistondagi oliy ta'lim sohasida ta'lim va jarayonlarni baynalmilallashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan bo'lib, u quyidagilarni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan:

  • oliy ta'limdagi pedagog va rahbar kadrlarning kasbiy rivojlanishini davom ettirishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish; hamkor universitetlarda pilot kurslarni o'tkazish va OO'MTVga yangi dasturlar taqdim etish
  • iqtisodiyot, biznes, ta'limni boshqarish, turizm, tibbiyot, tillarni o'qitish va o'rganish kabi ko'plab sohalarda o'qitish va o'qish standartlarini takomillashtirish va davomiylikni ta'minlash; OO'MTVga jarayonini takomillashtirish bo'yicha standartlar tahlili va tavsiyalarni taqdim etish
  • o'qitish va o'quv jarayonlariga talabalarni jalb qilish
  • ish beruvchilarni o'qitish va bilm olish standartlarini takomillashtirishda jalb qilish.

OO'MTV tomonidan qo'llab-quvvatlangan ushbu loyiha ishtirokchilari Britaniya Kengashi, Yevropaning uchta universiteti va O'zbekistonning sakkizta oliy o'quv yurtlaridan iborat bo'ldi:

  • Rezekne Oliy maktabi (Latviya)
  • London Metropolitan Universiteti (Buyuk Britaniya)
  • Peloponnese universiteti (Gretsiya)
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  • O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi
  • Buxoro davlat universiteti
  • Namangan davlat universiteti
  • Samarqand davlat chet tillar instituti
  • O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi ilmiy-metodik markaz rahbari.