Pedagogical centre ©

Mat Wright, British Council Photos

O'zbekiston Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chettillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hayotga tatbiq etilishi O'zbekiston ta'lim tizimida chet tillarini o'rgatish uchun qo'llaniladigan uslubiy yondashuvga katta o'zgarishlar kiritadi.

Farmonning ijrosini ta'minlash maqsadida Jahon tillari universiteti qoshida Chet tillarni o'qitish bo'yicha innovatsion markaz tashkil etilmoqda. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (OO'MTV) va Jahon tillari universiteti bilan hamkorlik qilgan holda Markaz va uning faoliyatining asosiy yo'nalishlari uchun kontseptsiyani ishlab chiqamiz:

  • Milliy standartlarni ishlab chiqish, tahlil qilish va monitoring qilish.
  • Materiallar ishlab chiqarishni o'z ichiga olgan o'quv kursi rejasi va o'quv dasturi.
  • Chet tillarni o'qitishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar va rivojlanish.
  • Ustoz va o'qituvchilarning rivojlanishi.