Ta’lim sohasida olib borilayotgan tizimli o’zgarishlarga hissa qo’shish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi Bat Universiteti va Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda 2017-2018 yillarga mo’ljallangan o’quv rejasini qayta ko’rib chiqishga oid yo’l xaritasini tuzish bo’yicha qo’shma loyihani amalga oshirdi. Loyiha O’zbekistonda iqtisodiyot fani bo’yicha dars berish uchun o’quv rejasini isloh qilishga qaratilgan.
O’quv rejasini qayta ko’rib chiqish bo’yicha O’zbekistonning uchta oliy o’quv yurti (Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Toshkent To’qimachilik va yengil sanoat instituti va Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti) rahbariyati hamda Yan Crawford va Stephen Pavelinlardan (Bat Universiteti) tarkib topgan, Milliy loyiha jamoasining hamkorlikda olib borgan ishlari qatoridan ish beruvchilar, bitiruvchilar, talaba va o’qituvchilar hamda boshqa manfaatdor tomonlar ishtirokida o’tkazilgan ehtiyojlarni chuqurlashtirilgan tahlili, shuningdek iqitisodiyot yo’nalishida O’zbekistonning va xalqaro darajadagi o’quv rejalarning qiyosiy tahlili o’rin egalladi. Loyiha ostida, shu jumladan, O’zbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi 29 ta oliy o’quv yurtlari ilmiy-pedagogik xodimlari bilan maslahatlar o’tkazildi.
Qizg’inlik bilan olib borilgan ishlar natijasida, O’zbekistonning oliy o’quv yurtlarida iqtisodiyot fanidan dars berish bo’yicha o’quv rejasini qayta ko’rib chiqishga oid yo’l xaritasi va dars ishlanmasi namunasi tayyorlandi va barcha oliy o’quv yurtlari tomonidan namuna sifatida foydalanish uchun, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etildi. Loyiha yuzasidan yakuniy hisobotda o’quv rejasini qayta ko’rib chiqishdagi navbatdagi qadamlar bo’yicha tavsiyalar berildiki, maqsad – o’quv rejasi oliy ta’lim yo’nalishidagi xalqaro me’yorlar talablariga javob bersin.
Iltimos, o’quv rejasini xalqaro talablar darajasida bo’lishiga, biznes nuqtai-nazaridan dolzarbligiga erishilishida hamda mazkur yo’l xaritasi asosini tashkil etuvchi ishtirokni ta’minlashga yo’naltirilgan, yo’l xaritasi taqdimoti va o’quv rejasini ishlab chiqish prinsiplari bilan tanishing.