Creative Spark: Oliy ta’lim yo’nalishidagi tadbirkorlik dasturi
Creative Spark – besh yilga mo’ljallangan, oliy o’quv yurtlari va muassasalararo xalqaro hamkorlikni qo’llab-quvvatlovchi tashabbus bo’lib, uning maqsadi yetti mamlakat, ya’ni Markaziy Osiyo (Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston), Janubiy Kavkaz (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya) va Ukraina hududida, Birlashgan Qirollik ko’magi yordamida, tadbirkorlik ko’nikmalari va ijodkorlikka asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat.
Mazkur yetti mamlakatda oliy ta’lim sohasidagi islohotlarga yordam berish va ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida, tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantiruvchi ta’lim tizimini ishlab chiqishga yordam berish uchun, biz Birlashgan Qirollik tajribasidan foydalanamiz. Shu yo’l bilan dasturning birinchi yilida biz 10,000 talaba va yosh tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlay olamiz.
DASTURDA UCHTA MUHIM ELEMENT MAVJUD:
- O’liy o’quv yurtlari va Birlashgan Qirollikdagi ijodkorlik ko’nikmalarini o’stiradigan o’quv dargohlari hamda dastur amalga oshirilayotgan davlatlar bilan, tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantiruvchi ta’lim tizimini qo’llab-quvvatlash va tadbirkorlik markazlarini tashkil etish maqsadida, hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish.
- Talaba va ijodkor tadbirkorlarga, e’tiborga taqdim etish (pitching) g’oyalarini ishlab chiqish va o’z ishini boshlashdan, intelektual huquqlarini himoya etish va kredit liniyalarini olishgacha bo’lgan, tadbirkorlik ko’nikmalariga o’rgatuvchi o’quv-uslubiy majmualarini yetkazib berish.
- Tadbirkolik ko’nikmalari shakllanishi uchun ingliz tiliga e’tiborini qaratadigan, o’quv platformalari, onlayn kurslar va Ko’pchilik ishtirokidagi ochiq onlayn kurslardan (MOOC) shu jumladan tarkib topgan, turfa xil raqamli texnologiyalar asosidagi o’qitish kontenti mavjud bo’lgan, ingliz tilini o’rganish dasturlarini taqdim etish.