Mukammallikka sari yo'llar
Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Turkiya, Ukraina va O'zbekistonda mehnat faoliyatini boshlagan yoki universitetda o'qishni davom ettirayotgan talabalar ingliz tilini bilish darajasining yuqori bo'lmagan natijalar kuzatilmoqda. Ushbu masalani hal qilish uchun, bizning "Kelajak uuchun ingliz tili" dasturimiz tadqiqotlar va tahlillarni o'tkazishga, ta'lim tizimidagi yangiliklarni boshqarishga va ushbu yetti mamlakatda ingliz tili o'qituvchilarining doimiy kasbiy rivojlanishiga ko'mak berishga yo'naltirilgan.
Ushbu dastur orqali biz yoshlarga kelajakda ish topishlari va / yoki o'qishni davom ettirishlari uchun imkoniyat yaratib bergan holda, ularga til bilish darajasi yaxshilanish yo'lida yordam beramiz.
Birinchi yilga qaratilgan uch yillik dastur quyidagicha:
- Tadqiqot: Biz 16 yoshli bolalarning ingliz tilidagi ko'nikmalarini (maqsad, intilishlari va akademik imtiyozlari), sinf amaliyotlari va ingliz tili o'qituvchilarining munosabatlarini va bu mamlakatdagi ingliz tilining siyosatiga tavsiya beruvchi tahlil qilish uchun keng qamrovli tadqiqot o'tkazamiz.
- Til siyosati bo'yicha forum: So'ngra biz tadqiqot natijalarimiz bilan o'rtoqlashgan holda, mumkin bo'lgan yechimlarni ko'rib chiqamiz, ingliz tilini isloh qilish siyosati va o'qituvchilarning doimiy kasbiy rivojlanishiga e'tibor qaratamiz.
- O'qituvchilarni rivojlantirish: Biz o'qituvchilar bilan ishlash va ularning malakasini oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun raqamli innovatsiyalarni ishlab chiqish bo'yicha katta tajribaga egamiz. Shu munosabat bilan, biz o'qituvchilarning qaror qabul qiluvchilar bilan bog'lanishlari, kerakli resurslardan foydalanishlari va onlayn tarzda shaxsiy ta’lim tajribasiga ega bo'lgan virtual ta’lim modelini rivojlantirishiga sharoit yaratamiz.