Big Idea Challenge 2022 g‘oliblari bilan tanishing!

Yoshlarni innovatsion “startap” yaratish va uni dunyoga taqdim etishga undaydigan Creative Spark dasturining Big Idea Challenge video-tanlovi yakunlandi. Yetti davlatdan talabalar, bitiruvchilar va yosh tadbirkorlar Creative Sparkning turli tadbirlarida faol ishtirok etib, o‘z biznes g‘oyalarini himoya qilish uchun bellashdilar. Bu yilgi musobaqa uchta yo‘nalishda o‘tkazildi:

Ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan kategoriya: 

Ijtimoiy inklyuzivlik va gender tengligi bilan bog'liq yoki jamiyatda kamchilikni tashkil etivchi qatlam vakillari va undan tashqari g'oyalar. Bunga eng muhtojlarga yordam berishga qaratilgan har qanday g'oya kiradi.

Kreativ ijodkorlikka yo'naltirilgan kategoriya: 

Yangi mahsulot, ko'rgazma yoki madaniy muhitni yanada jonli qilish usuli uchun g'oyalar. Ijodkorlarga yangi auditoriyani jalb qilish va muvaffaqiyatga erishishga yordam beradigan yangi g'oyalar.

Raqamli texnologiya kategoriyasi: 

Texnologiyadan innovatsion foydalanishga asoslangan va yangi dasturiy ta'minot yoki uskunalarni ishlab chiqish va qo'llashni o'z ichiga olgan g'oyalar.

Ishtirokchilarning ko'plab ajoyib g'oyalari bilan juda raqobatli jarayon bo'ldi.

O‘zbekistonlik g‘oliblarimiz:

Ecotopia - Kreativ yo’nalish gʻolibi

Nets against pollution - Raqamli texnologiyalar yo’nalishi g'olibi

Milliy Market - Ijtimoiy soha yo’nalishi g'olibi

EnergyProg - Xalq tanlovi gʻolibi

Barcha g'oliblar Launchpad dasturida joy, alohida murabbiylik va bepul startap imtiyozlarini o'z ichiga olgan qo'llab-quvvatlash mukofotlari paketini oldilar. Bundan tashqari, mamlakat chempionlari har biri £ 1000 GBP mukofot grantini qo'lga kiritdilar. Hozirda ishtirokchilar o‘z g‘oyasini ishlab chiqishda ularni qo‘llab-quvvatlaydigan va keyingi bosqichlarga yo‘naltiruvchi tajribali startap murabbiyi bilan ishlamoqda. Mentorlik dasturi yakunida ular o‘z bizneslarini amalga oshirish uchun barcha zarur ko‘nikma va bilimlar bilan ta’minlanadi.

Barcha g'oliblarni va final bosqichi g’oliblarini chin dildan tabriklaymiz!