Creative Spark: Oliy ta'limda ijodiy tadbirkorlik dasturining ilk yili muvaffaqiyatli yakunlaligi sababli dasturning ikkinchi yilida yana 12ta xalqaro hamkorlikni moliyalashtirishni e'lon qilamiz va bu loyiha ishtirokchilarini umumiy sonini 50taga etkazadi.

Hamkorlik Buyuk Britaniyadagi va dasturda ishtirok etayotdgan yettita mamlakatdagi oliy ta'lim va ijodiy muassasalar o'rtasida tuzilgan bo’lib, ularning har biri ko’pi bilan 40,000 funt sterling oladi. Sahifamizning pastki qismidagi barcha 12 ta hamko’rlik loyihalarini ro'yxatnitanishib chiqishingiz mumkin.

Agar dastur bo’yicha savolingiz bo'lsa, Creative Spark dasturining jamoasiga yoki bizning mahalliy ofisimizga murojaat qiling.

O`zbekistondagi mavjud hamkorlar

1chi hamkorlik

Ushbu hamkorlik Buyuk Britaniyadagi People 1st International, O'zbekiston san'at va madaniyatni rivojlantirish Jamg'armasi hamda Ipak yo'li xalqaro turizm universiteti (Samarqand) va Queen Margaret Universitety (QMU, Edinburgh), o'rtasidagi hamkorlikdir.  

Bu hamkorlik davlat/xususiy sheriklikni mustahkamlaydi hamda kreativ, madaniyat va turizm ta'limi uchun zarur bo'lgan tadbirkorlik ko'nikmalari oshirishga yo`lantirilgan. 

Loyihadan ko`zlangan maqsadlar: 

  • Madaniy meros va turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar bilan bir qatorda, ushbu hamkorlik universitet professorlarining professional rivojlanishi, biznes faoliyatini va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlarini berish 
  • Hamkorlar Buyuk Britaniya va O'zbekiston o'rtasidagi tadbirkorlikga oid bilimlar,  QMU Akademik Follovship dasturi orqali ilmiy-tadqiqot bazasi, ingliz til bilish ko`nikmasi, oilaviy biznesni tashkil etishni qo`llab quvvatlash va teng huquqlilikni targ`ib qilish kabi  imkoniyatlarga ega bo`lish. 
  • Ishtirokchilar e'tiborlarini qo'shimcha qiymatga ega bo`lgan kreativ mahsulot va xizmatlarga, eko-turizm va turizmning ijtimoiy va madaniy ta'sirlarini o`rganadilar.  

Kutiladigan natijalar: 

1. Kerakli va yuqori sifatli o'quv rejasini birgalikda yaratish; 

Natija – Ta`lim va sanoat uchun imkoniyatlar yaratib beradigan turizm mutaxassislari uchun professional rivojlantirish to’plami yaratish  

2. Sog’lom tadbirkorlik va yoshlar imkoniyatini ta'minlash maqsadida sanoat bilan hamkorlik  

Natija - "Innovatsion hab" orqali biznesdagi muammolarga yechim topish  

3. Tadbirkorlik ko'nikmalariga kompleks yondashuv orqali oliy darajadagi ta'lim va ta'lim siyosatini qo'llab-quvvatlash. 

Natija - Tadbirkorlik ko'nikmalarini dizayni va yetkazib berishning sifat standartlari 

2chi hamkorlik

Loyiha Buyuk Britaniya va ikkita O'zbekistondagi oliy ta`lim muassasalari hamkorligi hisoblanadi - London South Bank University (LSBU), Change School London, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti (TDTU), K.Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (MRDI)

Hamkorlik faoliyati ikki asosiy mavzuga yo`naltirilgan:  

  • OTM hamkorlarimizga quyidagi imkoniyatlarni yaratish:  
  • Institutlarda o`z talabalari uchun tadbirkorlik faoliyatini mamlakatda keng targ’ib etuvchi va o`rgatuvchi etakchilarni yetishtirib chiqarish  
  • OTMlarni tadbirkorlik universitetlariga aylanishlari uchun strategiya va rejalarni ishlab chiqish 

Loyiha maqsadlar: 

  • Toshkent davlat texnika universiteti va K.Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tadbirkorlikga oid yangi o`quv dasturini yaratish  
  • Ikkita OTMda, TDTU va MRDI, tadbirkorlik habini qo`lla quvvatlash maqsadida tadbirkorlik vakillarini bilim va ko`nikmalarini oshirish.  
  • Universitet ichki yo`nalishiga muvofiq Toshkent davlat texnika universiteti  tadbirkorlik habini yaxshilash 
  • O`z biznesini yarata olish orqali kengroq imkoniyatlarga ega bo`lishga oid bilimlarni oshirish maqsadida tadbirkolik va tadbirkorlik ko`nikmalari haqida talabalarga kengroq tushunchalarni berish 
  • O`qituvchi tadbirkorlik ko`nikmalarini ta`lim beruvchisi kabi o`z mahorat va bilimlarini oshirishi  
  • Uzoq muddatli fikr almashinuvi va faoliyatlarni yo`lga qo`yishni qo`llab quvvatlash maqsadida Buyuk Britaniya va O’zbekistonlik hamkorlari o`rtasida hamkorlikni mustahkamlash  
  • Loyiha komandasi va boshqa Creative Spark hamkorlari orasida muloqot: Kreativ tadbirkorlik va kreativ ta’limga oid davra suhbatlarida qatnashish 

Rejalashtirilgan ishlar: 

  • TDTU va MRDI dan 60 nafar talabalarni biznes g'oyalarni ishlab chiqish va guruhlarni shakllantirish uchun jalb qilish. Saralab olingan o`nta g'oyani pre-accelerator dasturiga taqdim etish  
  • to`rtta kreativ tadbirkorlik chempionlarini (TDTU va MRDIdan 2tadan) biznes inkubatsiya va murabbiylik ko'nikmalarini oshirish uchun tanlab olish 
  • MRDI xodimlari o'quv dasturini ishlab chiqish uchun University of Goldsmith bilan birga hamkorlik qiladilar.  

3chi hamkorlik

Central Lancashire Universiteti (UCLan) va Toshkent tekstil va yengil sanoat instituti (TTYSI) o`rtasidagi Creative Spark hamkorligidan maqsad Buyuk Britaniya va O’zbekistondagi oliy ta`lim muassasalari orasidagi bilim almashishdan iborat.   

Ushbu hamkorlikdan maqsad O’zbekiston va Buyuk Britaniya tekstil va dizayn sanoatida yangi yo`nalishni yaratish. 

Loyihadan ko`zlangan maqsadlari:  

  • Mavjud tekstil, dizayn va reklamaga oid o’quv dasturlarini yangilash 
  • Talabalar tomonidan sanoat bilan bog’liq loyihalarni amalga oshirish uchun O`zbekistonda barqaror tadbirkorlik markazini tashkil etish  
  • Hamkorlikda tayyorlangan dizayn nusxalari orqali talabalarning global hamkorlik tajribalarini oshirish 
  • Barqaror hamkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun o`zaro ilmiy tadqiqot va bilim almashuv dasturini aniqlash  

Loyihadan kutiladigan natijalar:  

  • Hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar. 
  • Institut xodimlarining almashuv dasturi doirasida tashriflari (Buyuk Britaniya va O’zbekiston) 
  • Akademik o’quv dasturlarini qayta ko`rib chiqish 
  • Ta’lim va sanoat o’rasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tashkil etiladigan markaz modellarni aniqlash 
  • Hamkor institut talabalari UCLan tomonidan sanoat muammolarini yaxshilashga doir g`oyalarni rivojlantirish sessiyalarini tashkil etish  
  • Big Idea Challenge (talabalar o`rtasidagi musobaqa) uchun saralab olingan 10 g`oya egallari loyihalarini qo’llab-quvatlash uchun murrabiylik va yordam 
  • Creative Spark hamkorligining ikkinch yil uchun biznes hamkorlik rejasini yo’lga qoyish 
  • Ingliz tilini o’rganish manbalarini hamkorlar va ishtirokchilan bilan o`rtoqlashish 

4chi hamkorlik

Ushbu loyiha Lester Universiteti (University of Leicester), Buyuk Britaniya va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti hamkorligi bo`lib, 2019 yilda hamkorlik faoliyati boshlangan.  

Dastur O`zbekiston OTM talabalari o`rtasida innovatsiya, kreativ va tadbirkorlikga oid semenarlarni ishlab chiqish va tashkil etishga yo`naltirilgan.  

Dasturning asosiy maqsadlar:  

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida innovatsion, kreativ va tadbirkorlikga oid semenarlarni ishlab chiqish va boshqa hamkorliklar orqali ushbu faoliyatlarni keng targ`ib qilish.  
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida innovatsion, kreativ va tadbirkorlikga oid semenar va kurslarni taqdim etish orqali uzoq muddatli loyiha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yaxshilash. 
  • Loyiha hamkor institutlar hodimlari o`rtasida ikki tomonlama g`oyalar, bilimlar hamda tadbirkorlikni o`qitish, unga oid manbalar va uslublarga oid  tajribalar almashuvini rag`batlantirish.  
  • Innovatsiya va tadbirkorlik korxonalarini yo`lga qo`yishga orqali O`zbekiston OTM talabalari uchun tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirish. 

Loyihandan kutilgan natijalar: 

  • Toshkent shaxrida OTMning 50 ta talabasi uchun innovatsiya, kerativlik va tadbirkorlikga oid treninglarni ishlab chiqish va amaliyotda sinab ko`rish, talabalar o`z ishlarini biznes g`oyaga aylantirish va biznes rejani ishlab chiqish uchun guruh bo`lib ishlashni rag`batlantirish. 
  • Qo`shimcha ravishda 100 nafar talaba uchun innovatsiya, kerativlik va tadbirkorlikga oid podkastlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish.  
  • Innovatsiya, kerativlik va tadbirkorlik doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti vakillari bilan tajribadan o`tgan treninglarni mukammallashtirish.

5chi hamkorlik

Creative Spark dasturi doirasida Londondagi Goldsmis Universiteti (Goldsmiths University of London), O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat instituti, Bonum Faktum Galereyasi va Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasi bilan hamkorlikda 2018 yildan beri hamda Kamoliddin Bekhzod nomli Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan 2019 yildan beri hamkorlikda ishlab kelinmoqda.  

Asosiy uchta yo`nalish doirasida faoliyat olib boramiz: 

  • Buyuk Britaniyadagi Goldsmis va Buyuk Britaniyadagi mustaqil Kreativ sanoat tashkilotlarining matn va metodologiyasidan foydalangan holda hamkorlikda Kreative tadbirkorlik moduli ustida ishlash, bu modul doirasida ishlangan matnlar asosida darslik yaratish  
  • Ushbu modullardan foydalangan holda Kreativ Tadbirkorlik salohiyatiga ega bo`lgan o`qituvchi va talabalarga ham fan ham kreativ biznes start-up boshlash uchun amaliy qo`llanma sifatida foydalanish va ta`lim berish 
  • Hamkorlar bilan universitetlarda va davlat darajasida kreativ tadbirkorlikni rivojlantirish uchun targ'ibot ko'nikmalarini rivojlantirish. Shu bilan birga,bu O'zbekiston oliy o'quv yurtlari uchun avtonom boshqaruvni ta'minlashni qo`llab quvatlashning bir qismidir. 

Hamkorlik kutilgan natijalar:  

  • O`zbekiston iqtisodiyotiga mos keladigan tadbirkorlik bo`yicha universitet uchun yangi modunil hamkorlikda ishlab chiqish  
  • Barcha madaniyat soha egalari va talabalar uchun tadbirkorlik bo`yicha qisqa kurslarni ishlab chiqish  
  • Mamlakatdagi hamkorlar bilan yangi kreariv biznes sohasida faoliyat yuritadiganar uchun har yili bo`lib o`tadigan ko`rgazma tashkil etish 
  • Kreativ Tadbirkorlik bo`yicha manbalar yaratish va keyinchalik darslik shakliga olib kelish. Buni doimiy ravishda yangilanib boriladigan manbaga sifatida foydalanish, chunki kitoblar chop etilgandan so`ng ularga o`zgartirish kiritish qiyin.  
  • Hamkor universitetlarda maxsus fan o`qituvchisi sifatida tadbirkorlik va amaliyotchilarni ta`lim jarayoniga jalb qilish   
  • Faoliyatni rivojlantirish orqali rasmiy va norasmiy ravishda hamkorlikni mustahkamlash. 
  • Universitet, mahalliy va milliy maydonda Tadbirkorlik ta`limi bo`yicha barcha hamkorlar uchun imkoniyatlarni rivojlantirish  
  • Hamkorlar uchun Creative Central Asia (Kreative Markaziy Osiyo) dastur faoliyatida qatnashish  

Erishilgan natijalar:

  • So`ngi 2 yil davomida 12 ga yaqin loyiha tadbirlari, semenarlar, xalqaro tashriflar va onlayn faoliyatlar yo`lga qo`yildi . 
  • O`zbekistonlik hamkorlar tomonidan dastlabki tadbirkorlik moduli bo`yicha ishlar taqdim etildi va hozirda ingliz tiliga tarjima qilinmoqda. Modul bo`yicha firk va moloxazalar almashilmoqda.

6chi hamkorlik

Ushbu hamkorlik London Metropolitan Universitetini O‘zbekistondagi uchta hamkor muassasalari: Xalq ta`limi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) bilan bog‘liq. Uning maqsadi yoshlar va talabalarni kreativ sohalar bilan tanishtirish va ularning taʼlim olishlari davomida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishdir. 

Hamkorlikning asosiy eʼtibori shundan iboratki, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan bilim va tajriba almashish bilan bir qatorda, ularning mahalliy darajada tadbirkorlikni o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik tafakkurini rag‘batlantirishga qaratilgandir. 

Dasturning asosiy maqsadlari:  

  • TDIU o‘quv dasturida tadbirkorlik bilan bog‘liq kontent yaratilishini qo‘llab-quvvatlash; 
  • Talabalar va ilmiy xodimlarga tadbirkorlikning tamoyillari va ularni qo‘llash to‘g‘risida qisqacha maʼlumot berish; 
  • Talabalar va benefitsiar ilhomlantirish maqsadida ilmiy xodimlar o‘rtasida tadbirkorlik tafakkurini keng tadbiq etish; 
  • Fikr almashish orqali mahalliy tadbirkorlik taʼlimining o‘sishini Buyuk Britaniyalik mutaxassislar tomonidan uzluksiz qo‘llab-quvvatlanishini taʼminlash; 
  • O‘zbekistonda innovatsiya va tadbirkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida mukammallik markazini yaratishni rejalashtirish

Loyihandan kutilgan natijalar: 

  • TDIU da yangi tadbirkorlik modulini yaratish va uni o‘qitish 
  • Hamkorlik doirasida hamda Creative Spark hamjamiyati uchun “Tadbirkorlik” modyuli kurslarini masofadan taʼlim berish. Ushbu tadbir Creative Spark Big Idea Challenge loyihasiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi va ettita dastur mamlakatlari va undan tashqarida 700 ga yaqin benefitsiarlardan iborat auditoriyani qamrab oldi.